Pivo va alkogolsiz ichimliklar sanoati.
Tarmoqda yiliga 18 mln. dal. Pivo, 19 mln.dal. alkogolsiz ichimliklar va 380 mln.
shisha mineral suvi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan 16 ta yirik korxona bor.
Qo’shma ("Koka-kola – LTD" AQSh), "O’zbekParpe" (Hindiston) va boshqa
korxonalar barpo qilindi.
Tuz sanoati.
Qoraqalpog’iston (Qo’ng’irot) va Surxondaryo (Xujaituzkon) korxrnalarida yiliga
250-300 ming tonna tuz ishlab ishlab chiqarilmoqda.
Choy sanoati.
Bizda asosan chetdan kelgan xom-ashyo asosida qadoqlash korxonalari mavjud
bo’lib, yiliga o’rtacha 12 ming tonna choy qadoqlanadi. Mustaqillikdan keyin zamonaviy
dastgohlar bilan jixozlangan korxona va qushma korxonalar soni ko’paydi.
Tamaki sanoati.
Tarmoq korxonalari Toshkent (UzBAT) Samarqand, Urgutda. Har birining yillik
quvvati 25 ming tonna tamaki.
Sintetik kovish vositalari sanoati.
Bu tarmoq korxonalari asosan Toshkent, Olmaliq, Chirchiqda joylashgan bo’lib,
"Uzmaishiykimyo" birlashmasiga qarashli bo’lib, turli maxsulotlar ishlab chiqariladi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Agrofirma – muayyan turdagiqishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish va uni sanoat usulida qayta
ishlashni qo’shib olib boradigan korxona.
Do'stlaringiz bilan baham: |