Mashinasozlik sanoati
Download 38.35 Kb.
|
mashinasozlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elevator sanoati.
- Non sanoati
moy sanoati. Bu tarmoqda hozirgi kunda yillik quvvati 3 mln.t. moyli o’simlik urug’larini qayta ishlaydigan 19 ta korxona ishlab turibdi. Bu korxonalarda yog’, mayonez, margarin mahsulotlari, kirsovun, atirsovun, texnika moyi va boshqalar ishlab chiqariladi. Xom- ashyo sifatida chigit, raps, zig’ir masxar urug’i, soya, meva danaklari ishlatiladi. Tarmoqda oziq-ovqat sanoati umumiy mahsuloti xajmining 40%ga yag’in beradi. Paxta moyi eksportga ham chiqariladi. Toshkent, Qo’qon, Farg’ona, Kosonsoy, Guliston, Kattaqo’rg’on, Denov, Urganch, Andijon, Yangiyo’l shaharlarida yog’-moy kombinatlari va yog’ ekstraktsiya zavodlari ishlab turibdi. Tarmoq korxonalari xorijiy firmalar uskunalari bilan jixozlanmoqda va bunda " Alfa-Laval" (Shvetsiya) Krupp, Sket (Germaniya) "Jen-Braun", "Korver", "Kraun" (AQSh), "Bolistra" (İtaliya) hamda Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermoqda. Elevator sanoati. O’zbekiston o’zining g’alla mustaqilligni dasturini amalga oshirishga kirishi bilan Respublikada don mahsulotlarini etishtirish ko’paydi. 1997 yilda bizda 3,8 mln.t. don etishtirildi. Qurilayotga va qayta jihozlanayotgan elevatorlar avtomatik dispecherlik boshqaruv sistemalari g’alla xaroratini avtomatik holda masofadan o’lchaydigan qurilmalar bilan jihozlangan. Barcha viloyatlarda joylashgan elevatorlar soni 45 taga etdi, ularning sig’imi 4,5 mln.t. g’allaning 65%i elevatorda saqlanadi. Un tortish sanoati. XIX asrning ohirlarida O’zbekistonda zavod tipidagi un tortish korxonalari paydo bo’ldi. 1956 yilda "Uzdontayyorlov" negizida Respublika don mahsulotlari vazirligi tuzildi, 1992 yilda "Uzdonmahsulot" kontserni, 1994 yildan davlat aktsiadorlik korporatsiyasiga aylantirilgan. Keyingi yillarda sutkasiga 120 dan 500 tonnagacha don tortadigan 23 ta korxona qurildi. G’alla mustaqilligni tamirlash dasturi amalga oshirishi bilan ilgarigi g’allani chetdan olib kelib ishlaydigan korxonalar mahalliy don mahsulotlari bilan taminlanmoqda. Hozirgi "O’zdonmahsulot" korporatsiyasi tarkibida 9 navli un, manniy yormasi ishlab chiqaradigan 52 zavod mavjud ularning 17 tasi zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan. Non sanoati O’zbekistonda sanoat usulida non pishiradigan birinchi korxona Toshkent non zavodi 1929 yilda ishga tushgan. Keyinchalik yirik shaxarlarda (Toshkent, Nukus, Jizzax, Angren, va b.) yirik non zavodlari va nonvoyxonalar qurilib ishga tushirildi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin non sanoati korxonalarini zamonaviy uskunalar bilan jixozlash non turlarini ko’paytirish yo’nalishlarida muxim ishlar amalga oshirildi. Non sanoati korxonalarida nonning 300 dan ortiq turi tayorlanadi. Download 38.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling