Massajning fiziologik va gigiyenik asoslari hamda sport shikastlanishlarida qo`llanish hususiyatlari


Massajning tavsiya yoki ma’n etilishi holatlari


Download 1.81 Mb.
bet5/10
Sana07.02.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1174634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-тема массаж

Massajning tavsiya yoki ma’n etilishi holatlari

  • Massajning tavsiya yoki ma’n etilishi holatlari
  • Hamma sog‘lom odamlarda asab tizmining reaktivligi va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda massaj o‘tkazish o‘rinli. Massaj oluvchi uchun birinchi massaj muolajasi qisqa muddatli bo‘lgani ma’qul. Tana harorati ko‘tarilganda, o‘tkir yallig‘lanish holatlarida, teri kasallilklarida (zamburug', yiring, chipqon chiqqanda), terining o‘ta sezuvchanlik holatida, teri jarohatlanganda, haddan tashqari charchash va hayajonlanish holatlarida, qon ketishga moyil kishilarda, ko‘k tomirlarning ko‘zga ko‘rinarli kengayishida va yalliglanishida massaj ma’n qilinadi. Shu bilan birga tanada o‘smalar paydo bo`lganda massaj qilinmaydi. Churra tushganda, hayz ko‘rish davrida, homiladorlikda, siydik va o‘t pufaklarida tosh paydo bo‘lganida qorin sohasida massaj o‘tkazib bo‘lmaydi.

Massaj muolajasi 3ta bosqichdan tashkil topgan:

  • Massaj muolajasi 3ta bosqichdan tashkil topgan:
  • • kirish,
  • • asosiy,
  • • yakunlovchi.
  • 1. Kirish 1-5 minut davomida massaj oluvchini yengil silash va ishqalash usullari bilan asosiy bosqichga tayyorlashdan iboratdir. Bemorda issiq, yoqimli hissiyotni paydo qilish uchun usullarni iloji boricha tezroq maromda bajarish kerak.
  • 2. Asosiy bosqich 5-30 minut va undan ham ko‘proq vaqt davomida, kasalliklarning klinik-fiziologik xususiyatlari, ya’ni diagnozini hisobga olgan holda differensial maqsadga qaratilgan massaj usullarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
  • 3. Yakunlovchi bosqichda massaj usullarining intensivligi 1-5 minut davomida pasaytiriladi, massaj qilinayotgan sohani silash va uzluksiz vibratsiya bilan muolaja oxiriga yetkaziladi.

Massajning usuli va texnikasi

  • Massajning usuli va texnikasini o‘rganishdan oldin odam anatomiyasi va har bir usulning fiziologik ta’siri bilan tanishmogi lozim:
  • 1. Silash — usullarining fiziologik ta’siri Silash usuli faqat terida bajariladi. Bu juda mayin, engil usul hisoblanadi. Silash nerv tizimini tinchkntiradi, uzoq davom ettirilsa, og‘riqni qoldiradi. .
  • 2. Uqalash- maqsad muskul to'qimasiga ta'sir ko'rsatish. Uqalash paytida massaj qilinayotgan odamning qo' li ishqalashdagigi qarshi o‘laroq badanda sirg’anishdan tashqari teriga bosiladi va chuqurroqda yotgan to'qima qatlamlarini surib tortadi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling