- Davolovchi massaj- Turli kasalliklar va jarohatlarni oldini olish maqsadida qo`llaniladi, uning quyidagi turlari farqlanadi: -klassik massaj-shikastlangan yuza yaqinida yoki ustida qilinadi;
- -segmentar massaj-maxsus refglektor ta`sir orqali ichki organ-to`qimalarga ta`sir qilinadi;
- -periostal massaj-suyak usti nuqtalariga reflektor ta`sir qilinadi;
- -nuqtali massaj-ma`lum bir sohada ogriq bo`lganda qilinadi;
- -apparatli massaj- vakuum, ultratovush, elektrostimulyatsiya, ionlashtiruvchi usullarni qo`llash orqali qilinadi;
- Davolovchi massajni reabilitolog vrach, massajist, hamshira yoki bemorni o`zi o`ziga qilishi mumkin.
Sport massaji - Sport massaji
- Sport massaji- prof.Sarkizov-serazini tomonidan tadbiq etilgan bo`lib, sportchi tarafidan razminka davomida bajariladi.
- -tiklovchi;
- -dastlabki;
- -trenirovkali;
- -gigiyenik turlari farqlanadi. Massaj turi- sport turiga, yuklama miqdoriga bogliq bo`lib, sport masgulotlari davomida qilib boriladi.
Qayta tiklovchi massaj - Qayta tiklovchi -massaj-turli xildagi yuklamalar(aqliy, jismoniy), toliqishdan so`ng sportchini tezda o`zini tiklab olish maqsadida foydalaniladi. Taymlar orasidagi vaqtdan unumli foydalangan holda ruhiy, mushak tarangligini kamaytirish, tanadagi ogriqni o`tkazishni yahshilash, umumiy va mahalliy ish qobiliyatini tiklash maqsadida qo`llaniladi.
- Futbol, tennis, kurash va boshqa
- sport musobaqalari orasidagi vaqtida qo`l keladi.
O`z-o`zini massaj qilish (samomassaj) - Har kunlik massajdan foydalanishda birovning xizmati doim ham qo`l kelavermaydi, shunday vaqtda o`z-o`zini massaj qilishni foydasi ham kam bo`lmaydi buning uchun quyidagilarga rioya qilish kerak:
- -massajni limfa tugunlar bo`ylab limfa oqim yo`nalishida qilish kerak;
- -qo`l massajida bilakdan limfa tugunlar oqim yo`lo qo`ltiq osti limfa chigaliga borib qo`yilsin;
- -oyoqlarni massajida tovondan yuqoriga qarab tizza osti va chov sohalariga borib quyiladi;
- -bo`yin massaji o`mrov usti limfa chigaliga qarab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |