Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
AXBOROT-BU BILIM, BILIM-KUCH, KUCH ESA G‘ALABA DEMAKDIR
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
17
AXBOROT-BU BILIM, BILIM-KUCH, KUCH ESA G‘ALABA DEMAKDIR Karimova Marg‘uba Toshkent shahar Yunusobod tumani 265-maktabning informatika fani o‘qituvchisi Annotatsiya:Ushbu maqolada informatika faning kelib chiqish tarixi bayon etilgan. Shuningdek, maqolada O’zbekistonda informatika sohasi rivoji uchun qabul qilingan qarorlar haqida ham ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: Informatika, informatsiya, axborot, kommunikatsiya ,kompyuter, EHM,fan. Siz informatikaning turli davlatlarda turlicha fan sifatida o‘rganilishini bilasizmi? Bu fan AQShda computer science-kompyuter fani ,Buyuk Britaniyada computing science-hisoblash fani sifatida o‘rganiladi. Informatika ( fransuzcha: Informatique, inglizcha: computer science - komputer fani (AQSh- da), computing science - hisoblash fani (Buyuk Britaniyada)), axborotshunoslik — ilmiy infor- matsiya (axborot, xabar, maʼlumot)ning mohiyati, umumiy xossalari va xususiyatlarini, shun- ingdek, ilmiy kommunikatsiya tizimi (oʻsha ilmiy informatsiyani tarqatish usullari va vositalari majmui)ni oʻrganish bilan shugʻullanadigan ilmiy fan; inson faoliyatining EHM, kompyuterlar bilan bogʻliq boʻlgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi. Uning markaziy tushunchasi — ijtimoiy hayotning istalgan sohasi va tarmoqlaridan olinadigan maʼlumotlar, yaʼni ilmiy infor- matsiya. XXasrga kelib xuddi avvaldan buyurtma qilingani kabi, dasturiy boshqaruvli hisoblash mashi- nalari ishlab chiqarish uchun il-miy va texnik sharoitlar yuzaga kelgan edi. Ishlab chiqarilgan ele- ktron hisoblash qurilmalari axborotni «qog‘ozsiz» texnologiya asosida izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish imkoni-ni bera boshladi. Buning negizida XX asrning 50 yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi. Informatika atamasi fransuzcha informatique (information – axborot va automatique – avtomati-ka) so‘zi negizida hosil bo‘lgan. Uning mazmuni «axborot bilan avtomatik ishlash» deb tushuniladi. Informatika kompyuter texnikasini qo‘llashga asoslangan bo‘lib, inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash vaundan foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi fandir.Qisqacha qilib aytganda informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo‘llash usullarini o‘rganuvchi fandir. 20- asr 60-yillari oxiriga qadar Informatika termini oʻrniga hujjatnomalar yoki hujjatnoma va informatsiya termini ishlatilgan. Fan-texnika inqilobi, EHM, informatsiya texnikasi vositalari (mikrofoto suratga olish, nusxa koʻchirish texnikasi va h. k.) va boshqaning paydo boʻlishi Informatika fan sifatida taraqqiy etishiga imkon tug‘dirdi. Ayniqsa, kompyuterlar tarmogʻi va u bilan bogʻliq ravishda internet tizimining rivojlanishi umuman Informatika, xususan, Informatika kommunikatsiya tizimining yanada taraqqiy etishiga sabab boʻldi. Informatikaga berilgan ta’rifga ko‘ra, uning asosiy vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin: – ixtiyoriy xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish; – axborot jarayonlarini tadqiq etishdan ilingan jarayonlar negizida axborotni qsyta ishlaydigan axborot tizimi va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish; – jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy muhandislik mummolari yechimlarini ishlab chiqish va tatbiq etishni ta’minlash. Informatika fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: hisoblash sistemalari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish; uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadigan axborot nazariyasi; inson bajarayotganda aniq bir intellektual kuch (mantiqiy xulosa, o‘qitish, nutqni tushunish, vizual idrok etish, o‘yinlar va hokazo)ni talab qiladigan masalalarni hal etuvchi dasturlar ishlab chiqishni ta’minlaydigan sun’iy intellekt usullari; loyihalashtirilayotgan sistema vazifasi tahlili va ular javob berishi kerak bo‘lgan talablarni aniqlashni o‘z ichiga olgan sistemali tahlil; mashina grafikasi usullari, animatsiya, multimedia vositalari• butun insoniyatni yagona axborot uyushmasiga birlashtiruvchi global kompyuter tarmog‘ini ham o‘z ichiga oluvchi telekommunikatsiya vositalari; ishlab chiqarish, fan, ta’lim, tibbiyot, savdo, qishloq xo‘jalik va boshqa turdagi barcha xo‘jalik hamda ijtimoiy faoliyatni o‘z ichiga oluvchi turli xil ilovalar ishlab chiqish. 65 17 Oʻzbekistonda ham Informatika masalalariga katta eʼtibor berildi. Masalan, 1993 -yilda informatsiyalashtirish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi, 1994-yil Oʻzbekiston xukumati Respublikani informa-tizatsiyalashtirish konsepsiyasini qabul qildi, shu yili EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazasini huquqiy himoya qilishga doir qonun ishlab chiqildi. Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kompyuterlashtirish va informatsiya kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi farmoni (2002 yil 30.05) chiqdi va Vazirlar Mahkamasining Kompyuterlashtirish va informatsiyakommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi qarori (2002 yil 06.06) qabul qilindi. Biz XXI asr-axborot asrida yashamoqdamiz.Fan,texnika, ayniqsa axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan ushbu davrda har bir inson axborot haqidagi tushunchalarga ega bo‘lishi zarur.Shunday ekan yangi bilimlar olishdan aslo to‘xtamang. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.O’z ME Birinchi jild.Toshkent, 2000-yil 2. B. Boltayev, M. Mahkamov, A. Azamatov, S. Rahmanqulova. Informatika. 5-sinf darsligi. «O’zbekiston», 2008. 3. B. Boltayev, A. Azamatov, A. Asqarov, M. Sodiqov, G. Azamatova. Informatika va hiso- blash texnikasi asoslari. 8-sinf uchun darslik. – Toshkent: 2008. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling