Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
MATEMATIKADA TAQRIBIY HISOBLASHLAR
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- YAQINLASHISH XATOLIGI
17
MATEMATIKADA TAQRIBIY HISOBLASHLAR Sirdaryo Viloyati Sirdaryo tumani 23- umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi Kenjayeva Xurshida Nuriddinova Tel +998972752819 Annotatsiya: Amaliy masalalarni yechishda ko‘pincha turli miqdorlarning taqribiy qiymatlari bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Taqribiy qiymatlar, odatda, ko‘p miqdordagi narsalarni, masalan, o‘rmondagi daraxtlar sonini sanashda; asboblar yordamida turli kattaliklarni, masalan, uzunlik, massa, temperaturani o‘lchashda; sonlarni yaxlitlashda hosil qilinadi. Kalit so‘zlar: xatoliklar, nisbiy xisoblash, yaqinlashish xatoligi, kasr sonlar, taqribiy hisoblash Biz hayotda juda ko‘p taqribiy hisoblashlardan foydalanamiz. Misol tariqasida; 1) Mustaqil O’zbekistonning birinchi pochta markasi o‘zbek shoirasi Mohlaroyim Nodiraga bag‘ishlangan bo‘lib, 2 million nusxada muomalaga chiqarildi; 2) sinfda 36 nafar o‘quvchi bor; 3) O’zbekistonda 10 000 dan ortiq umumta’lim maktablari, litseylar, kollejlar bor; 4) Navoiy—Nukus temiryo‘lining uzunligi 342 km; 5) ishchi kassadan 70 600 so‘m pul oldi; 6) so‘nggi yillarda O’zbekistonda g‘alla ekini maydonlari 300 ming gektarga ko‘paydi; 7) Òoshkentdan Buxorogacha bo‘lgan masofa 500 km; 8) bir kilogramm bug‘doyda 30 000 dona bug‘doy doni bor; 9) Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa 1,5·108 km; 10) O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ida 12 ta yulduz bor. 2, 5, 10- misollarda miqdorlarning qiymatlari aniq, qolgan hollarda esa taqribiy. Bundan ko‘rinib turibdiki, taqribiy hisoblashlar bizga juda zarur hamda ular orqali har xil amallar bilan bosh qotirmaymiz. Shu bois aniq miqdorga ko‘ra ko‘pgina xatoliklarga yo‘l qo‘yamiz. Yaxshisi ularni siz bilan ko‘rib chiqsak: YAQINLASHISH XATOLIGI Amaliy jihatdan taqribiy qiymatning aniq qiymatdan u yoki bu tomonga chetlashishini, ya’ni aniq qiymat bilan taqribiy qiymat orasidagi ayirmaning modulini (absolut qiymatini) bilish muhimdir. Miqdorning aniq qiymati bilan uning taqribiy qiymati orasidagi ayirmaning moduli yaqinlashishning absolut xatoligi deyiladi. Shunday qilib, agar a — aniq qiymati x ga teng bo‘lgan miqdorning taqribiy qiymati bo‘lsa, u holda absolut xatolik |x –a| ga teng bo‘ladi. Yaqinlashishning absolut xatoligi ko‘pincha oddiygina qilib xatolik deyiladi. NISBIY XATOLIK Ayni bir miqdorning turli yaqinlashishlari aniqligini taqqoslash uchun absolut xatolikdan foydalaniladi. Agar turli miqdorlarning yaqinlashishlari taqqoslansa, u holda absolut xatolik yetarli emas. Yaqinlashish sifatini baholash uchun nisbiy xatolik tushunchasi kiritiladi. Nisbiy xatolik deb miqdorning absolut xatoligining uning taqribiy qiymati moduliga nisbatiga aytiladi. Shunday qilib, agar a son x ning taqribiy qiymati bo‘lsa, u holda absolut xatolik |x –a| ga teng, nisbiy xatolik esa x-a/ a ga teng. Nisbiy xatolik odatda protsent (foiz) larda ifodalanadi. Download 4.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling