Matematik tahlil


Download 114.22 Kb.
bet1/20
Sana18.06.2023
Hajmi114.22 Kb.
#1588296
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

MATEMATIK TAHLIL


SH. A. ALIMOV, R. R. ASHUROV


II Bob. Sonli ketma-ketliklar




Ÿ 2.1. Ketma-ketlik limiti







  1. Sonli ketma-ketlik deb natural sonlar t'oplamida aniqlangan va haqiqiy qiymatlar qabul qiluvchi f : N R funksiyaga aytiladi. Agar f (n) = xn deb belgilasak, sonli ketma-ketlik deganda natural sonlar bilan nomerlangan quyidagi haqiqiy sonlar to'plamini tushinish mumkin:

x1, x2, ..., xn, ... (2.1.1)

{ } { }
Biz (2.1.1) sonli ketma-ketlikni qisqa qilib {xn} orqali belgilaymiz. Odatda formal qat'iylik tarafdorlari bu ketma-ketlikni {xn}n=1 ko'rinishda, yoki, unga teng kuchli bo'lgan, xm m=1, xk k=1, ..., simvollar yordamida belgilashni afzal ko'rishadi. Lekin biz uni, albatta, agar bunda xato tushunishlarga yo'l qo'yilmasa, yuqoridagi
ko'rinishda belgilaymiz. Bunda xn sonni ketma-ketlikning n-elementi yo'ki hadi deb ataymiz.
Bundan buyon, ¾nomer¿ deganda biz natural sonni tushunamiz. Bundan tashqari, ushbu bobda sonli ketme-ketlikni biz ko'pincha qisqaroq qilib ketma-ketlik deb ataymiz.
Sonli ketma-ketliklar uchun tabiiy ravishda arifmetik amallarni aniqlash mumkin.

{ } { } { }
Ta'rif. Ikki xn va yn ketma-ketliklar yig'indisi deb xn + yn ketma-ketlikka aytamiz.
Shunga o'xshash, ikki {xn} va {yn} ketma-ketliklarning ayirmasi deb {xn

yn} ketma-ketlikka, ko'paytmasi deb {xnyn
} ketma-ketlikka va nisbati deb
xn
{ yn }


{ }
ketma-ketlikka (oxirgi holda yn ketma-ketlikning barcha elementlari noldan farqli

ƒ
deb talab qilish zarur, ya'ni yn = 0) aytiladi.
Ketma-ketlikning eng asosiy xossasi - bu uni limitining mavjudligidir. Limit deganda shunday haqiqiy son tushuniladiki, unga ketma-ketlikning hadlari, ularning nomeri oshgan sari, istalgancha yaqinlashadi. Boshqacha aytganda, ixtiyoriy (istalgancha kichik bo'lgan) musbat (odatda bu sonni ε, ya'ni ¾epsilon¿ deb atalmish yunoncha
harf bilan belgilashadi) son uchun ketma-ketlikning biror nomeri (ε ga bog'liq bo'lgan va odatda N orqali belgilanadigan) dan boshlab barcha hadlari limitdan o'sha musbat songa farq qilsin. Shunday qilib biz quyidagi ta'rifga kelamiz.
Ta'rif. Ixtiyoriy ε > 0 olinganda ham shunday N = N (ε) nomer topilsaki, barcha n ≥ N lar uchun
|xn − a| < ε (2.1.2)
tengsizlik bajarilsa, a son {xn} ketma-ketlikning limiti deyiladi.
1

Agar xn ketma-ketlik a limitga ega bo'lsa, odatda


lim xn = a
n→∞

deb yozishadi, yoki, ba'zan,

deb ham yozishadi.





Download 114.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling