Matematika-informatika fakulteti matematika yo`nalishi 22. 04-guruh talabasi Turodov Zohidjon Umidjon o`g`lining “Analitik geometriya” fanidan


Download 0.84 Mb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1584459
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdurahimova Muattar 22.04 (2)

Kurs ishining dolzarbligi: Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish oʻqituvchining gʻoyaviy e’tiqodi, kasb-mahoratiga, san’ati, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bogʻliqdir. Ta’lim-tarbiya jarayonini toʻgʻri tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarini safarbar etish oʻqituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir. Matematika fani oʻsib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda oʻquv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. U oʻquvchi tafakkurini rivojlantirib, ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, oʻquvchilarda maqsadga yoʻnaltirganlik, mantiqiy fikrlash, topqirlik xislatlarini shakllantirib boradi. Shu bilan bir qatorda mulohazalarning toʻgʻri, goʻzal tuzilganligi, oʻquvchilarni didli, goʻzallikka ehtiyojli qilib tarbiyalab boradi.
Ta’limning barcha bosqichlarida matematika fanini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining koʻlamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4708-son qarori qabul qilindi.
Insoniyat kamoloti hayotning rivoji texnika va texnologiyalarning takomillashib borish asosida fanlar oʻqitilishiga boʻlgan talablarini hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uygʻunlashtirish maktabda oʻquvchilarga matematikani oʻqitishdan koʻzda tutilgan asosiy
maqsadlardan biridir. Matematika fani oʻquvchilarni iroda, diqqatni toʻplab olishni, qobiliyat va faollikni, tasavvurining rivojlangan boʻlishini talab etib, mustaqil, ma’suliyatli, mehnatsevar, intizomli va mantiqiy fikrlash hamda oʻzining qarash va e’tiqodlarini dalillar asosida himoya qila olish koʻnikmalarini rivojlantirishni talab qiladi.
Hozirgi zamon darsiga qoʻyiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan boʻlishidir, ya’ni darsdan koʻzlangan maqsad hamda oʻquvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu xajmini belgilash uning murakkabligini aniqlash, avvalgi oʻrganilgan mavzu bilan bogʻlash, oʻquvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak boʻladigan jihozlarni belgilash va qoʻshimcha koʻrgazmali qurollar bilan boyitish, qoʻshimcha axborot texnologiyalardan foydalangan holda muammoli vaziyatni yaratishdir. Dars davomida oʻqituvchi oʻquvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling