Material xarajatlarining hisobi
Download 77.41 Kb.
|
3. Mod, meh va ustama xarajatlar
Masalan, mahsulot ishlab chiqarish uchun asosiy bo’linmada 10 soat , B bo’linmasida 5 soat va V bo’linmasida 3 soat asosiy mehnat talab qilindi. Bu holda ustama xarajatlarning 33 sh.b. miqdori mahsulotga o’tkaziladi (10 soat x 0,4 sh.b./mehnat-soati + 5 soat x 4 sh.b./mehnat-soati + 3 soat. x 3 sh.b./mehnat-soati ) 26.3. Ustama xarajatlarni taqsimlashning amaliy va rejali stavkalari Ustama xarajatlarni amaldagi miqdoriga asoslanib taqsimlash stavkasini hisoblash ko’pincha bir qancha muammoni keltirib chiqaradi: • buyurtmalarning tannarxini hisoblash hisobot davri tugaguncha kechiktirilishi lozim, chunki ustama xarajatlar va ishlab chiqarish hajmini bundan oldin hisoblab bo’lmaydi; • ustama xarajatlar ham, ishlab chiqarish faoliyati ham oy sayin o’zgaradi va ustama xarajatlarni taqsimlash stavkalarining ko’p darajada o’zgarishiga olib keladi. Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning reja stavkasini hisoblash quyidagi harakatlarni o’z ichiga oladi9: 1. Ustama xarajatlar prognoz miqdorini hisoblash 2. Ustama xarajatlarni taqsimlash bazasini tanlash 3. Kelgusi davr uchun prognoz qilingan ustama xarajatlar miqdorini bazaning prognoz miqdoriga ajratish 4. Ushbu stavkadan foydalanib, ustama xarajatlarni mahsulotning har bir turiga o’tkazish. Reja stavkasini hisoblash uchun foydalaniladigan prognoz ma’lumotlari amalda haqiqiy ma’lumotlarga mos kelmaydi. Bunday holatda mahsulot tannarxiga o’tkazilgan ustama xarajatlar haqiqatda qilingan ustama xarajatlar summasidan farq qiladi, bu esa ustama xarajatlarning to’la taqsimlanmasligiga olib keladi yoki ustama xarajatlarning ortiqcha taqsimlanishiga sabab bo’ladi: To’la taqsimlanmagan ustama xarajatlarni yoki ortiqchasi bilan taqsimlangan ustama xarajatlarni ikki usul bilan hisobdan chiqarish mumkin: 1. Tuzatish kiritilgan (korrektirovka) summasi "Realizatsiya qilingan mahsulot tannarxi" schetiga o’tkazish orqali. 2. Tuzatish kiritilgan (korrektirovka) summani uchta "Tugallanmagan ishlab chiqarish", "Tayyor mahsulot" va "Sotilgan mahsulot tannarxi" schetlari qoldig’iga mutanosib taqsimlash orqali. USTAMA XARAJATLAR
Download 77.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling