Material xarajatlarining hisobi
Materiallarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimini farqlash
Download 77.41 Kb.
|
3. Mod, meh va ustama xarajatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24.3. Ishlab chiqarishga berilayotgan materiallarning qiymatini baholash
24.2. Materiallarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimini farqlash
Materiallarni hisobga olishning ikki tizimi mavjud2: - Materiallarni hisobga olishning davriy tizimi; Materiallarni hisobga olishning uzluksiz tizimi. Materiallarni hisobga olishning davriy tizimi – bu hisobga olishning shunday tizimiki, yil davomida material zahiralar hisobi batafsil olib borilmaydi, yil oxirida esa zahiralarning haqiqatda qanchalik mavjudligini aniqlash uchun inventarizatsiya o’tkaziladi. Ishlab chiqarishda sarflangan materiallarning tannarxini inventarizatsiya tugamaguncha aniqlab bo’lmaydi, chunki bu materiallarni tannarxini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi: Davr boshida materiallar qoldig’i + Shu davrda xarid qilingan materiallar - Hisobot davri oxirida materiallar qoldig’i = Ombordan ishlab chiqarishga berilgan materiallarning tannarxi Ko’p korxonalarda materiallarni davriy hisobga olish tizimidan foydalanadi, chunki u ko’p miqdorda idora ishlari talab qilmaydi. Zahiralarni davriy baholash tizimining asosiy kamchiligi joriy paytda qancha zahira mavjudligi to’g’risida batafsil yozuvlarning yo’qligidir. Bunday axborot omborda zarur zahiralar qolmasligiga yo’l qo’ymaslik hamda moddiy zahiralarga sarflangan mablag’ni nazorat qilish uchun tovar moddiy zahiralarini boshqarishni samarali yuritishdan tashqari xaridorlarning talablarini tezkorlik bilan inobatga olish imkonini bergan bo’lar edi. Bunday axborotni ta’minlaydigan tizim, zahiralarni uzluksiz hisobga olish tizimi deb ataladi. Bunday tizimda material zahiralarini xarid qilish va ishlab chiqarishga berish to’g’risida muntazam yozib borish yo’li bilan zahiralarning uzluksiz hisobi ta’minlanadi. Natijada hisobot yili davomida mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar va zahiralar miqdori aniq bo’ladi. 24.3. Ishlab chiqarishga berilayotgan materiallarning qiymatini baholash Moddiy zahiralarni baholash quyidagi usullardan birini qo’llash orqali amalga oshiriladi3: 1. Yalpi identifikatsiyalash usuli; 2. LIFO usuli (Last-in, first-out LIFO); 3. O’rtacha qiymat usuli (Average-cost AVECO); 4. FIFO usuli (First-in, first-out FIFO); 5. NIFO usuli (next-in, first-out NIFO ); 6. Me’yoriy qiymat usuli. Yalpi identifikatsiyalash usuli – materiallar zahiralarini baholashning bu usulida materiallar zahirasi tarkibidagi birliklar hisobot davrining oxirida u yoki bu operatsiya natijasida olingan zahira sifatida aniq belgilangan bo’ladi. Katta qiymatli materiallarni sarflash chog’ida yalpi identifikatsiyalash usulidan foydalanish mumkin. Bu usuldan ayrim hollardagina foydalanish qulaydir, lekin ikkita muhim kamchiligi tufayli keng tarqalmagan. Birinchidan, ko’p hollarda tovar moddiy zahiralar birliklarining sotib olinishi va sarflanishini kuzatib turish qiyin. Ikkinchidan, agar korxona bir turdagi materialni xarid qilish va iste’mol qilish bilan shug’ullansa, qanday materiallar sarflangan va qaysilari sarflanmaganligini ancha shartli ravishda aniqlash mumkin bo’ladi. FIFO (FIFO) usuli – tovar-moddiy zahiralarni birinchi turkum (dastlabki xarid qilingan turkum) bo’yicha hisobga olish usuli, bu usulga muvofiq zahiralarni qanday tartibda sotib olingan bo’lsa shunday tartibda foydalaniladi, ya’ni ishlab chiqarishga (sotishga) dastlab tushgan zahiralar xarid vaqtidagi birinchi qiymat bo’yicha baholanishi nazarda tutiladi, demak, davr oxiridagi zahiralar so’nggi xarid qiymati bo’yicha baholanadi. Misol:
Download 77.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling