Material xarajatlarining hisobi
Download 77.41 Kb.
|
3. Mod, meh va ustama xarajatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26.4. Ustama xarajatlarni taqsimlashning to’g’ri (bevosita) usuli
- Bo’linmalar Xizmat ko’rsatuvchi
- Xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalar xarajatlarini taqsimlash uchun axborot
- Ko’rsatkichlar Ishlab chiqarish bo’linmalari Xizmat ko’rsatish bo’linmalari
- Texnik xizmat ko’rsatish Moddiy texnik ta’minot
- Xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalar xarajatlarini to’g’ri taqsimlash usuli
- To’g’ri taqsimlash usuli Ishlab chiqarish bo’linmalari Xizmat ko’rsatish bo’linmalari
- Yordamchi ishlab chiqarish ishchilari ish haqi va nazorat
- Sug’urta va uskuna 15000 Uskunalar amortizatsiyasi
- Ishlab chiqarish boshqaruv xodimlari ish haqi 80000 Jami
- Uskunalar qiymati Ulu-shi Maydoni Ulushi
- Bo’linmalar Vaqt, soat Ulushi
- Jami: 26000
- Bo’linmalar Summasi, $ Ulushi
- Jami: 900000
- Bo’linmalar Mahsulot birligiga ishlov berishga ketgan vaqt, soat
- Ishlab chiqarish bo’linmasi Amaliy ishlab chiqarish quvvatida zarur*
26.4. Ustama xarajatlarni taqsimlashning to’g’ri (bevosita) usuli Korxonada mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish bo’linmalaridan tashqari ishlab chiqarish bo’linmalariga va bir-biriga xizmat qiladigan bo’linmalar mavjud. Xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalarning xarajatlarini taqsimlashning eng ko’p tarqalgan usuli to’g’ri (bevosita) taqsimlash usulidir. Bu usulga muvofiq xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalarning xarajatlari bevosita ishlab chiqarish bo’linmalariga o’tkaziladi. Bunda bir bo’linmaning ikkinchisiga qilgan xizmati hisobga olinmaydi, barcha xizmatlar asosiy (ishlab chiqarish) tsexlariga o’tkazilib, hisobdan chiqariladi. Bo’linmalar
Xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalar xarajatlarini taqsimlash uchun axborot
Xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalar xarajatlarini to’g’ri taqsimlash usuli
Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashga misol10 Uchta ishlab chiqarish bo’linmasi (ikkita stanok tsexi va bitta yig’uv tsexi), ikkita xizmat ko’rsatuvchi bo’linmasi (ombor va texnik xizmat ko’rsatish bo’limi) bo’lgan korxonaga bir yilda umumzavod ustama xarajatlari.
Shu bilan birga yana quyidagi axborotlar mavjud:
Texnik xizmat ko’rsatish bo’limi hisob yozuvlaridan ma’lum bo’lishicha boshqa bo’linmalarda o’tkazilgan texnik xizmat ko’rsatish ishlari vaqti quyidagicha, soat
Ishlab chiqarish tsexlariga berilgan materiallar (asosiy va yordamchi)ning qiymati quyidagicha, $:
Misolda keltirilgan ustama xarajatlar moddalarini ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalar o’rtasida taqsimlash uchun ustama xarajatlar tahlili vedomostini tayyorlash zarur. Aytaylik, korxona A mahsulot ishlab chiqarmoqda, ishlab chiqarilayotgan bu mahsulotni X stanok tsexida ishlov beriladi, so’ngra U stanok tsexiga o’tkaziladi, oxirgi bosqichda yig’uv tsexida yig’iladi, shundan so’ng tayyor mahsulotlar omboriga beriladi.
Topshiriq 6-1. «O’rta-g’arb ishlanmalari» kompaniyasining barcha ishlab chiqarish bo’linmalariga xizmat qiluvchi Chikago elektrostantsiyasi kelgusi yilda energiya hosil qilish byudjetini ko’rib chiqmoqda. Byudjet bir oylik asosda quyidagi atamalarda ifodalangan:
Bu elektrostantsiya kattaligini rejalashtirish chog’ida eng muhim omil edi. Byudjet yili davomida elektrostantsiyalarga xizmat qilishga kutilgan oylik xarajatlar 15 000 sh.b. ni tashkil qiladi. 6 000 sh.b. o’zgaruvchi xarajatlar va 9 000 sh.b. – doimiy sarflar. Talab qilinadi: 1. Elektrostantsiya xarajatlari uchun sarflarning yagona guruhidan (single-cost pool). foydalaniladi deylik. Ishlab chiqarish bo’linmalarining har biriga harajatlarning qanday miqdori taqsimlanishi lozim? Taqsimlash bazasi sifatida: a) haqiqatdagi ishlab chiqarish hajmini va b) bir oyda sarf qilinishi kutilayotgan elektr energiyasi sarfi ko’rsatkichlaridan foydalaning. 2. Endi o’zgaruvchi va doimiy xarajatlar uchun (variable-cost pool i fixed-cost pool). xarajatlarning guruhlaridan foydalanib turli stavkalar bo’yicha taqsimlash usulidan foydalanilmoqda, deylik. O’zgaruvchi xarajatlar kutilayotgan bir oylik energiya iste’moli bazasida taqsimlanadi. Doimiy xarajatlar quvvat bazasida taqsimlanadi. Har bir ishlab chiqarish bo’linmasiga qancha pul miqdori tasdiqlanadi? Nima uchun Siz taqsimlashning qo’sh stavkasi usuli bo’yicha taqsimlashni afzal ko’rardingiz? Umumiy xarajatlarni xarajatlarning ikki guruhi - doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarning kombinatsiyasi deb qarash chog’ida dualizm paydo bo’ladi). 6-2. «Meva sharbati» korporatsiyasi Sharqiy Mayamidagi zavodida (bu zavod «Apelsin sharbati» bo’linmasiga kiradi) apelsin sharbati, G’arbiy Mayamidagi zavodda esa («Greypfrukt sharbati» bo’linmasi) greypfrukt sharbati ishlab chiqaradi. Korporatsiya apelsin va greypfruktni Orlando viloyatidagi bog’bonlar shirkatlaridan sotib oladi. Uning o’z yuk avtomobillari bor. Mayamidagi har ikki zavod Orlandodan bir xil masofada joylashgan. Yuk mashinalari saroyi korporatsiyaning xarajatlar markazi sifatida ishlaydi. Har bir zavodga meva tashish uchun har galgi borish va kelish bilan bog’liq to’g’ri va bilvosita xarajatlarni qoplash uchun schet beriladi. Yuk mashinalari saroyining xarajatlari to’g’ri (asosiy xarajatlarni) (shoferlarning mehnat haqi yonilg’i va yo’l to’lovlari) va bilvosita xarajatlarni o’z ichiga oladi. Bilvosita xarajatlar shinalar va yuk mashinalarining eskirishini, sug’urta va davlat ro’yxatidan o’tish xarajatlaridan iborat. «Apelsin sharbati» bo’linmasi yil boshi byudjetida Orlandodan Sharqiy Mayamiga va orqaga 150 marta qatnashni rejalashtirdi. «Greypfrukt sharbati» bo’linmasi esa byudjetga Orlandodan G’arbiy Mayamiga va orqaga 100 marta qatnashni kiritdi. Rejalashtirilgan ana shu 250 qatnov asosida yuk saroyining byudjetdagi bilvosita xarajatlari575 000 sh.b.ni tashkil qildi. 1 yilda amaldagi natijalar quyidagilarni ko’rsatdi:
Yuk mashinalari saroyining rahbariyati yuk tashishga bilvosita sarflarni taqsimlashning yagona stavkasi usulidan foydalanadi. Talab qilinadi: 1. Byudjet sarflari va byudjet aylanma qatnovidan foydalanilsa, b) amalda bo’lgan sarflardan va amalda bo’lgan qatnov sonidan foydalanilsa, bitta aylanib qatnashga bilvosita sarflar stavkasi nimaga teng? 2. «Apelsin sharbati» bo’linmasi nuqtai nazaridan amaldagi sarflar /amalda bo’lgan qatnov soni o’rniga byudjet sarflari/ qatnovning byudjet sonidan foydalanish samarasi qanday bo’ladi? 6-3. (6-2 topshiriqning davomi). «Meva sharbati» korporatsiyasi bilvosita transport xarajatlarini (sarflarning ikki guruhidan foydalanib) har bir qatnovga taqsimlashning yangi usulidan foydalanish samaraligini o’rganishga qaror qiladi. Yil boshida byudjet bo’yicha bilvosita xarajatlari quyidagicha:
Download 77.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling