Materiallari
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
AMALIY MASHG`ULOT
MATERIALLARI Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash Reja:
Umumiy ma’lumotlar. Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligi. Loyihaviy tayyorgarlik bosqichlari. Ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi. Texnologik tayyorgarlik bosqichlari. Texnologik tayyorgarlikni tashkil qilish. qilishning ba’zi bir masalalari aynan esa: potok usulini joriy qilish, ish o‘rinlari va uchastkalarni tashkil qilish va jihozlash, transport vositalari va material, xomashyo, yarim fabrikatlar, mahsulotlarni saqlash vositalarini tanlash va hokazolar hal qilinadi. Loyihalashtirilgan texnologik jarayon va shu asosda tanlab olingan asbob- uskunalar, ulaming ish rejimidan kelib chiqqan holda mahsulot birligi uchun ish vaqti, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya va ishlab chiqarishning boshqa elementlari sarfi aniqlanadi. 5. Texnologik tayyorgarlik bosqichlari Texnologik loyihalashtirish yo‘nalish texnologiyasini loyihalashtirishdan boshlanadi. Uning mazmuni shundan iborat-ki, bunda asosiy operasiyalami bajarish ketma-ketligi aniqlab olinadi va sexlarda bu operasiyalami amalga oshiruvchi asbob- uskunalar guruhiga biriktiriladi. Bir vaqtning o‘zida jihozlarni tanlash, vaqt me’yorlari hisobi va ish razryadini belgilash amalga oshiriladi. Ishchilardan talab qilinadigan malaka darajasi va mutaxassisligi ko‘rsatib o‘tiladi. Marshrut texnologiyasiga muvofiq har bir sex va uchastkaga ularning ixtisoslashtirish, korxona ishlab chiqarish tuzilmasidagi o‘rni va roliga qarab ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning ma’lum bir qismi biriktiriladi. So‘ngra har bir sex va uchastka uchun operasion texnologiyalar ishlab chiqiladi, bu operasion texnologiyalaming mazmuni texnologik kartalarda o‘z ifodasini topadi. Texnologik kartalar har bir ishlab chiqarish operasiyasini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar va parametrlar ko‘rsatiladi. Individual va kichik seriali ishlab chiqarishlarda, shuningdek, ishlab chiqarish texnologiyalari nisbatan oddiy boigan korxonalarda texnologik jarayonlami ishlab chiqish odatda yo‘nalish texnologiyasini ishlab chiqish bilan cheklanadi. Ommaviy va yirik seriali ishlab chiqarishlarda marshrut texnologiyasi izidan nisbatan mufassalroq boigan operasiyalar bo‘yicha texnologiyalar ishlab chiqiladi. So‘ngra bu etapda taklif qilinadigan barcha mumkin boigan texnologiyalardan eng maqbuli tanlab olinadi. Bunda ko‘rsatkichlar taqqoslanadi, mahsulot tannarxi va har xil variantlardagi ishlar hajmi solishtiriladi. Ishlab chiqarishning tanlangan texnologiyasi barcha variantlar bilan solishtirganda mahsulot tannarxining nisbatan pastroq boiishi bilan birga mehnat unumdorligining oshishi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatining talab darajasida boiishini ta’minlashi lozim. Texnologik jarayonning eng yaxshi varianti ishlab chiqarishning berilgan sharoitlarida, boshqa istiqbolli variantlar ishlab chiqilgunga qadar boigan muayyan vaqt oraligi uchun rasmiy sifatda namunaviy deb qabul qilinadi. Namunaviy texnologik jarayonlaming qoilanilishi texnologik operatsiyalar sonining cheklanishiga olib keladi. Ular bir tipdagi mahsulotlarga ishlov berish uslublari va bunda qoilaniladigan texnologik jihozlarning birxillashuvini amalga oshirish imkoniyatini beradi, harajatlar va texnologiyalarni loyihalashtirish davomiyligiga chek qo‘yuvchi shart-sharoitlami yaratadi. Namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish quyidagi bosqichlami nazarda tutadi: berilgan guruhdagi mahsulotga ishlov berishning texnologik yo‘nalishini aniqlash, operasiyalar bo‘yicha texnologik jarayonni tanlash, berilgan guruhdagi mahsulot uchun alohida Umumiy ma’lumotlar Moddiy-texnik bazani rivojlantirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil qilish bo‘yicha korxona faoliyati ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligini taqdim qiladi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Tayyorlanayotgan mahsulot, texnika, texnologiyalarni takomillashtirish, qo‘llaniladigan materiallar tarkibi, ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog‘liq amaliy tadqiqotlar o‘tkazish; Yangi mahsulotni loyihalashtirish va avval ishlab chiqarilganini modernizasiyalash; Mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonini ishlab chiqish; Tashqaridan maxsus asbob-uskunalar, jihozlar va yarim fabrikatlar sotib olish; Ishlab chiqarishning moddiy-texnik ta’minoti; Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; Me’yor va me’yoriylikni, boshqaruv apparatining texnologik, texnik va tashkiliy tuzilishini, ma’lumotlar ta’minotini ishlab chiqish. Texnik tayyorgarlik yangi yoki modernizasiyalangan mahsulotni samarali o‘zlashtirish, yangi murakkab mashina va asbob-uskunalami joriy qilish, yangi texnologiyalarni kiritish va ishlab chiqarishni tashkil qilishda o‘zgarishlar qilish maqsadida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligi masalasiga fan va texnika yutuqlari asosida ishlab chiqarish jarayonlarini nisbatan yuqoriroq texnik va ijtimoiy texnik darajaga o‘tkazishni toiiq kafolatlovchi texnik, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratib berish ham kiradi. Ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligi loyihalashtirish va texnologik tayyorgarligini o‘z ichiga oladi. Har xil turdagi, oichamdagi va yo‘nalishdagi korxonalarda ishlab chiqarish tayyorgarligining har xil bosqichlari, har xil toialikda berilgan bo‘lishi mumkin. Lekin har qanday holatda ham ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha bajariladigan ishlarning asosiy qismi korxona vakolatlari doirasida qoladi. Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligi Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligi yangi mahsulotni loyihalash va avvaldan ishlab chiqarilayotganini modemizasiyalash, shuningdek, korxona yoki uning alohida bo‘limlarini qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish loyihasini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Loyihalash jarayonida mahsulotning tasviri, uning tuzulishi, fizik-kimyoviy xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi, texnik-iqtisodiy va boshqa ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Loyihaviy tayyorgarlikning natijalari texnik hujjatlar - chizmalar, kimyoviy mahsulotning resepturalari, materiallar, detallar va birikmalarning spesifikasiyalari, tayyor mahsulot namunalari va hokazalar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Yangi mahsulotni loyihalashtirish loyiha-texnologik va ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-texnologik markazlar, shuningdek korxonaning loyihalash bo‘limlari va laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning loyihaviy tayyorgarligining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Mahsulot sifatini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish; Qurilmaning texnologik darajasini oshirish, bunda mahsulot tayyorlanishidagi harakatlarni yengillashtirish, ishlab chiqarishning berilgan topshiriq hajmida mahsulot tayyorlashning progressiv usullarini qo‘llash imkoniyati tushuniladi. Bu mahsulot tayyorlashda ishlab chiqarish manbalaridan yaxshiroq foydalanishni ta’minlaydi; Buyum qurilmasini tayyorlash va takomillashtirish hisobiga yangi mahsulot tannarhining pasayishi, mahsulot birligiga ketadigan materiallar sarfming kamayishi, mahsulotdan foydalanish bilan bogiiq bo‘lgan ekspluatasion harajatlaming kamayishi; Mahsulotni loyihalash paytida amaldagi standartlar va birxillashtirilgan yarim fabrikatlardan foydalanish; Mehnatni muhofaza qilish va texnika havfsizligi shuningdek, yangi mahsulotni ekspluatasiya qilish va ta’mirlash qulayligini ta’minlash. 3. Loyihaviy tayyorgarlik bosqichlari Buyurtmachi (korxona) buyurtmachi topshirig‘iga ko‘ra loyihalash tashkiloti tomonidan tuziladigan loyiha (texnik) topshirig‘i yangi mahsulotni loyihalashtirishda boshlang‘ich hisoblanadi. Loyiha topshirig‘ida mahsulot nomi, uning belgilanishi, qoilash sohasi, ishlab chiqarish jarayoni va foydalanishda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ko‘rsatiladi. Loyiha topshirig‘i darajasida yangi qurilma yoki buyumning ilgari ishlab chiqarilganlariga nisbatan prinsipial farqlari aniqlangan bo‘lishi, original buyumlar zarurligining asoslari va ro‘yxati keltirilgan boiishi iste’molchi uchun ham, ishlab chiqaruvchi uchun ham hisoblangan samaradorlikni hisobga olgan holda yangi mahsulot samaradorligining batafsil hisob-kitoblari keltirilgan boiishi lozim. Buyurtmachi loyiha topshirig‘ining tahlili va buyum yechimining mumkin boigan turli xil variantlarini taqqoslash, amalda boigan va ishlab chiqilayotgan buyumlarning qurilmaviy va foydalanishdagi o‘ziga hosligini hisobga olgan holda echimlarni solishtirma baholash, shuningdek patent materiallari asosida texnik taklif tuziladi.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling