Materiallarni chiqim qilish paytida qanday baholash usullari qoʻllaniladi va ularni tavsiflang? №4 «Tovar-moddiy zaxiralar»


Download 192.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana21.06.2023
Hajmi192.8 Kb.
#1644491
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
2 5226659626509938865

 
 
148-savol 
Taʼminot jarayoni va uni hisobga olishning mazmunini bayon 
qiling. 
Ta’minot jarayonida korxona mol yetkazib beruvchilardan asosiy 
vositalar, xomashyo, materiallar, yoqilg‘ilar va mahsulot ishlab 
chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun zarur 
bo‘ladigan boshqa buyumlarni sotib oladi. Bunday tovar-moddiy 
qiymatliklar hisobda haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi. Sotib 
olinadigan tovar-moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxi ikkita asosiy 
miqdor: ularning xarid narxi va transport-tayyorlov xarajatlaridan iborat. 
Xarid narxi – bu xaridor va mol yetkazib beruvchi o‘rtasida 
tuzilgan shartnomaga muvofiq mol yetkazib beruvchilar tomonidan 
to‘ldi-riladigan tovar hamda hisob-kitob hujjatlarida (schot-faktura;
to‘lov talabnomasi va boshqalar) ko‘rsatilgan qiymatdir. Erkin 
iqtisodiyot sharoitida tovar-moddiy zaxiralar talab va taklif darajasidan 
kelib chiqqan holda bozor narxlarida xarid qilinadi. 
Transport-tayyorlov xarajatlari tovar-moddiy zaxiralarini mol
yetkazib beruvchilardan temir yo‘l, suv transporti yoki avtotransportda 
tashib keltirish, ularni yuklash va tushirish, tabiiy kamayish natijasida 
yo‘lda yo‘qolishi hamda ta’minot-savdo korxonalarining ustama 


xarajatlaridan tashkil topadi. Transport-tayyorlov xarajatlari sanoatning 
bir qancha tarmoqlarida tovar-moddiy qiymatliklarining sezilarli qismini 
tashkil etadi. Ularning miqdori yuklarni tashish masofasi, savdota’minot
korxonalarining uzoqligi, transport vositalarining turlari va 
boshqa omillarga bog‘liq. №4-«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 
BHMSga muvofiq transport-tayyorlov xarajatlari sotib olingan tovarmoddiy 
zaxiralar qiymatiga qo‘shiladi. 
Ta’minot jarayoni korxonaning ta’minot rejasi (grafigi) asosida 
amalga oshiriladi. Uning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
korxona tomonidan sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning 
miqdori, muddati, turlari va hokazo. Shu munosabat bilan ta’minot 
jarayonini hisobga olishning asosiy vazifalari ta’minotning haqiqiy 
hajmini va sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy 
tannarxini aniqlashdan iborat. Buxgalteriya hisobining analitik va 
sintetik schotlari tizimida sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning
miqdori va turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanib, ular 
ta’minot jarayonini miqdor va qiymat jihatidan nazorat qilishni 
ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi tizimidan korxonaning 
barcha turdagi tovar-moddiy qiymatliklarini sotib olish hajmi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham olish mumkin. 
149-savol 

Download 192.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling