11.4 Magnitli materiallarning asosiy ko‘rinishlari
Magnetizm hodisasining mazmuni shundan iboratki, ba’zi mod-
dalar boshqa moddalarni tortish, itarish yoki ta’sir o‘tkazish kuchiga
ega. Bu hodisa ming yillardan beri ma’lum. Biroq, bu magnetizm
hodisasining negizini tashkil etuvchi uslublar va mexanizmlar feno-
menini tushuntiruvchi omillari nozik masala bo‘lib, yaqin kunlarga-
cha olimlar bu hodisa haqida to‘liq tushunchaga ega emasdilar.
Ko‘pgina zamonaviy texnik qurilmalar magnetizm hodisasi va
magnit materiallarni qo‘llash asosida barpo etilgan. Bular: kuchla
nish elektrogeneratorlari va transformatorlar, elektrodvigatellar, radio
va televideniya, telefonlar, kompyuterlar, tovush va video texnika
sistemalari.
Magnit xossalari quyidagi yaxshi ma’lum bo‘lgan moddalarda aks
etadi, bu temir, ba’zi po‘latlar, tabiiy temir zaxiralari. Magnit may-
doni barcha moddalarga ko‘p yoki kam miqdorda bo‘lsa ham ta’sir
o‘tkazishi, hammaga ham yaxshi ma’lum emas.
Mazkur bobda magnit maydonlar hosil bo‘lishining qisqacha tas-
nifi beriladi, magnit maydonlar bilan bog‘liq turli vektor kattaliklari
muhokama qilinadi, magnit xossalarini ifodalovchi parametrlar va
dia, para, ferro,ferrimagnetizm kabi hodisalar ko‘riladi. Undan
tashqari magnit materiallardan misollar keltirilib, o‘ta o‘tkazuvchan
lik hodisasi yoritiladi.
Magnit dipoli. Magnit kuchlari elektr quvvatlangan zarrachalar
harakati natijasida paydo bo‘ladi. Bu kuchlar birlamchi bo‘lmish
elektrostatik kuchlarga nisbatan ikkilamchidir. Magnit kuchlarni
maydonlar nuqtayi nazari tomonidan izohlash qulay. Bunda bu
kuchlarni omil oldidagi harakat yo‘nalishlari ko‘rsatuvchi kuchlanish
chiziqlari xayolan nazarda tutiladi. Magnit maydon strukturasi kuch-
lanish chiziqlari bilan aks ettiriladi. 11.7rasmda elektr toki aylanasi
va magnitlangan naycha atrofidagi kuchlanish chiziqlari ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |