Materiyavauningharakati. Materia L a t modda mánisin ańlatıwshı abektiw borliq


Kimyo tarixidan qisqacha ma’lumot. Mamlakatimizda


Download 32.02 Kb.
bet2/6
Sana28.12.2022
Hajmi32.02 Kb.
#1018359
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
M a t e r i y a v a u n i n g h a r a k a t i

Kimyo tarixidan qisqacha ma’lumot. Mamlakatimizda
kimyo fani va sanoatining rivojlanishi.
Kimyo inson amaliy faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelgan fundamental fanlarning biridir. Yashash uchun bo'lgan kurashda inson Yer yuzida vujudga keluvchi hodisalami o'rgandi, tabiiy boyliklardan foydalandi, bularni bir-biriga aylanishini o'yladi. Rudalardan metallami ajratishni o'rgandi, qotishmalar tayyorladi, bulardan turli buyumlar yasadi.
Shishani eritib, undan turli buyumlar tayyorladi. Qadimiy Misrda kimyoviy jarayonlarga asoslangan mahsulotlar tayyorlanganligi tarixdan ma’Ium. Toza temir ishlab chiqarish, rangli shisha tayyoriash, terini oshlash, o'simliklardan doridarmon sifatida foydalanish, bo'yoq chiqarish, hidli moddalar komponentlarini yetkazish va boshqalami bilganlar. Shu bois ham kimyo faniga Misrda asos solinganligi haqida ma’lumotlar
bor. Ana shu davrlarda kimyoviy jarayonlardan Xitoy, Hindiston, Movarounnahr va ulaiga yaqin mamlakatlarda ham qo'llanilganligi ma’lum. Necha ming yillik qazilma topilmalar orasidagi keramik buyumlar, qog'oz, bo'yoq va boshqa ashyoviy dalillar fikrimiz isbotidir.
Qadimda olimlar tabiiy hodisalarni o'rganar ekanlar atrofdagi materiya tuzilishiga ahamiyat berdilar, uni
o'zgartirishga va o'z ehtiyojlariga moslashtirishga urindilar. Bu borada yunon olimlarining xizmati katta bo'ldi. Ular fikricha, moddalarning asosi yagona bo'lib, turli-tuman ko'rinishda namoyon bo'ladi. Suv, havo, olov, keyinroq ular qatoriga tuproqni qo'shib, elementlarga nom (Empedokl) berishdi. Shu davrda materiya tuzilishini falsafiy jihatdan tushuntiruvchi yo'nalish ham vujudga keldi. Mazkur yo'nalishning mashhur vakili bo'lgan Demokrit tabiatdagi barcha jismlar mayda, qattiq va bo'linmas zarrachalardan tashkil topganligi haqida fikr bildirib, bularni atomlar deb ataganligi ma’lum. O'rta asrlarda fan alkimyogarlar tomonidan rivojlantirishga harakat qilindi. Arab alkimyogarlari bu borada munosib hissa qo'shishdi, ammo Yevro'pa alkimyosida vujudga kelgan ma’lum oqimlar fan rivojiga salbiy ta’sirini o'tkazib keldi.
Kimyo fani rivojlanishi faqat Uyg'onish davriga kelib o'zining to'g'ri ilmiy yo'liga tushib oldi. Yadrokimyo asoschisi Paratselsning kimyoviy preparatlardan meditsinada muvaffaqiyatli foydalanishi boshqa sohalarga o'z ta’sirini o'tkazdi. Agrikola ishlari tufayli kimyoviy jarayonlar metallurgiyaga kirib keldi. XVII asrga kelib fan tabiat hodisalarini o‘rganishning sxolastik yondashuvlardan voz kechdi hamda o'zining tajribaga
asoslangan xulosalariga suyana boshladi. Bunda R. Boyl ishlarining ahamiyati katta bo‘ldi. U birinchi bo'lib fan tajriba va undan kelib chiquvchi qonuniyatlarning mujassamlashuvidan kelib chiquvchi fikrlarni ilgari surdi. U kimyogarning vazifasi tajriba g'ilish, natijalami tahlil qilgan holda nazariya yaratish mumkinligini uqtirdi. Vujudga kelgan flogistan nazariyasi ham barbod bo‘ldi. Ana shundan so'nggina fan to'g'ri yo'lga tusha boshladi. Kimyoning alohida fan bo'lib ajralib chiqishida (XIX asr) massaning saqlanish qonuniga suyanildi: reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalarning massasiga teng.
Bunda M.V. Lomonosov bilan A. Lavuazyening xizmatlari katta bo'ldi. Lavuazye kimyoviy reaksiyalarda moddalarning umumiy massasigina emas, balki o'zaro birikayotgan moddalar tarkibiga kiruvchi har bir element massasi ham saqlanishini isbotladi. 1905-yili A. Eynshteyn jism massasi (m) va energiyasi (E) orasida quyidagi nisbat bilan ifodalanuvchi bog'lanish borligini ko'rsatdi:
E : m e 2
bu yerda, с — numing vakuumdagi tezligi, u 2,997925 •10s m/s yoki taxminan 300000 km/s ga teng. Bu Eynshteyn tenglamasi nomi bilan ma’lum: massa o'zgarganda tegishli energiya ham o'zgaradi.
1861-yili A.M. Butlerov tomonidan kimyoviy tuzilish nazariyasining kashf etilishi va 1869-yili D.I. Mendeleyev tomonidan elementlar davriy sistemasining e’lon qilinishi kimyoning rivojlanishiga buyuk hissa bo'lib qo'shildi. Ushbu kashfiyotlar tufayli 40 dan ortiq yangi element topildi, mingminglab yangi sintezlar amalga oshirildi, tabiat yaratmagan ajoyib xossali birikmalar vujudga keltirildi. O'tda kuymaydigan
polimerlar, hosildorlikni oshiruvchi organik va mineral o 'g 'itla r, qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi
ishlatiladigan gerbitsidlar, dori-darmon, sintetik kiyimkechak, suv ostida ishlatishga mo'ljallangan kabel simlar
kimyo tufayli vujudga keldi. O'tgan asming 40-yillaridan boshlab Vatanimizda o‘g‘it sanoati uchun asos bo'lgan ammiak ming tonnalab ishlab chiqarila boshlandi, ko'plab sement, qurilish materiallari, tibbiyot va
qishloq xo'jaligi preparatlari yaratildi. Hozir kimyo sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlardan foydalanmayotgan biror sohani ko‘rsatish qiyin.
Kimyo fani va sanoatining katta odimlar bilan rivojlanayotganligi boshqa sohalarning rivojiga ham ijobiy ta’sir
etmoqda. Qator yirik kimyo ishlab chiqarish birlashmalari, o'nlab zavodlar, sex va korxonalar turli xil mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Bu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar chet ellarda ham ma’lum va mashhurdir.
Respublikamizda joylashgan 5 ta kimyo yo'nalishidagi ilmiytadqiqot instituti, oliy o ‘quv yurtlaridagi fakultet, kafedra va tarmoq ilmiy tashkilotlarida kimyo muammolari hal etilmoqda.
Mamlakatimizda kimyo fani va sanoatini jadal rivojlantirish, xususan kimyo korxonalarining quvvatini yanada
oshirish, mahsulot sifatini ko'tarish, oziq-ovqat mahsulotlarini ko'paytirish, kimyo yutuqlaridan amaliy foydalanish vazifalari turibdi. Tabiiy gaz, toshko'mir, neft, kondensat va boshqa xomashyolardan foydalanish samarasi ko'tarilmoqda.
Biotexnologiya rivojlantirildi, chiqitsiz texnologiyaga keng yo‘l ochildi, chorvachilik mahsulotlarining mahsuldorligi, qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligini oshirish uchun kimyoviy vositalar ko'plab ishlab chiqarilmoqda. Qisqacha qilib aytganda, kimyo yutuqlaridan xalq xo'jaligining barcha sohalarida ko‘p va samarali foydalanilmoqda.

Download 32.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling