Karrali nisbatlar qonuni
J.Dalton (1766—1844) ko'pgina tajribalar o'tkazib, karrali nisbatlar qonunini kashf etdi. Uglerod monoksid bilan uglerod dioksididagi bir element — uglerodning teng miqdoriga to'g'ri keladigan ikkinchi element — kislorodning miqdori hisoblansa, uglerod monoksid (CO)da 12 massa qism uglerodga 16 massa qism kislorod to‘g‘ri keladi, uglerod dioksid (C 0 2)da 12 massa qism uglerodga 32 massa qism kislorod to‘g‘ri keladi.
Bu nisbatlar to‘g‘ri qisqartirilsa, uglerod monoksidda 3 massa qism uglerodga 4 massa qism kislorod, uglerod dioksidda esa 3 massa qism uglerodga 8 massa qism kislorod to'g'ri keladi, boshqacha qilib aytganda bu ikki birikmada uglerodning teng miqdoriga to ‘g‘ri keladigan ikkinchi element (kislorod) miqdorlari o'zaro kichik va butun karrali sonlar nisbatida bo'ladi (8:4=2:1). Dalton topgan karrali sonlar nisbati qonuni quyidagicha ta’riflanadi:
Agar ikki element o ‘zaro birikib, bir necha birikma hosil qilsa, bu birikmalarda bir elementning teng miqdorlariga to‘g ‘ri keladigan ikkinchi element miqdorlari o ‘zaro karrali kichik sonlar nisbatida bo‘ladi.
Dalton gazlar bosimini hisoblashda parsial bosimdan foydalanishni ko'zda tutib quyidagi qonunni ham ta’rifladi:
Gazlar aralashmasining umumiy bosim P alohida olingan gazlarning parsial bosimlari (P,, P2, P3, ... Pn) yigMndisiga teng.
P=P,+P,+P,+...+P 1 2 3 n
Boyl-Moriott qonuni. Doimiy haroratda gaz bosimi bilan hajmi orasidagi bog'lanishni ifodalaydigan qonun. Qonunga muvofiq, gaz hajmi qanchalik katta bo'lsa, bosim shunchalik kichik bo'ladi va aksincha, bosimning hajmga ko'paytmasi PV=const (bu yerda: P —bosim, V —hajm) bo'ladi.
Odatda gazlar hajmi normal sharoitda o'zgacha holatlarda o'lchanadi. Shu bois gaz hajmini normal sharoitlarga keltirish uchun Boyl-Moriott bilan Gey-Lyussakning gaz qonunlarini birlashtiruvchi tenglamasidan foydalaniladi:
Bu yerda: V — bosim P ga tengligi va T — haroratdagi hajm; V0 — normal bosim P0 va T0 haroratdagi (273 K) gazning hajmi.
Boyl-Moriott qonunini tasvirlovchi egri chiziq izoterma deyiladi. Ushbu qonun ideal gazlarga tatbiq etiladi, real gaz bu qonunga qisman bo'ysunadi. Biroq normal harorat (0°C) va normal bosim (760 mm.sim.ust.) ga yaqin sharoitda bu gazlar ushbu qonunga bo‘ysunadi, yuqori bosimda chetga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |