Materiyavauningharakati. Materia L a t modda mánisin ańlatıwshı abektiw borliq


Download 32.02 Kb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi32.02 Kb.
#1018359
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
M a t e r i y a v a u n i n g h a r a k a t i

Avogadro qonuni. Italyan olimi Amedeo Avogadro birikmalarning sifat va miqdoriy tarkibini ular hosil qiladigan gazsimon moddalar hajmlari nisbatidan sistemali ravishda aniqlashni boshlab berdi. Natijada u qator gazlarning formulalarini to'g'ri aniqlashga erishdi. Avogadro vodorod, azot va kislorod atom holda emas, balki ikki atomli molekulalar holida mavjud bo'lishini amalda ko'rsatdi. U gazlarning molekulyar massalarining nisbiy massalarini aniqlashning oddiy hamda ishonchli usulini topdi. Molekulani moddaning eng kichik zarrachasi sifatida qabul qilib, moddaning barcha xossalarini o'zida namoyon qiluvchi bu
zarracha o'zida atomni ham mujassamlaganini bilgan holda masalani to'g'ri hal qildi. Shunda u 1811 -yili o'z qonunini quyidagi ko'rinishda e’lon qildi:
Bir xil temperature va bosimda olingan gazlarning baravar hajmida bo'lgan molekulalar soni teng bo‘ladi.
Fransuz fizigi Perren atom va molekulalar awal mavjudligini tekshirish maqsadida olib borgan tajribalariga asoslanib zarrachalarda doimiy harakat mavjudligini isbotladi. Suspenziyadagi zarrachalaming o'rtacha tezligini aniqladi, kinetik energiyasini hisoblashga muvaffaq bo'ldi. Zarrachalar
kinetik energiyasi gaz molekulasi kinetik energiyasiga mos tushib kinetik nazariyasini tasdiqladi. Perren zarrachalari vodorod molekulasiga qaraganda 1012 baravar og'ir bo'lishiga qaramay, ulaming kinetik energiyasi deyarli bir xil chiqdi. Mana shu ma’lumotlar atom va molekulalarning real mavjudligini
to'laligicha isbotladi. Perren tajribalari bir gramm-molekula gazdagi molekulalar sonini hisoblab topishga imkon berdi. Mana shu kattalik endilikda Avogardo soni nomi bilan malumdir. Avogadro sonining aniq qiymati 5,02296 Ѓ} 0,0006 bo'lsada, uni 6 ,02 -1023 ga teng deb qabul qilingan.
Har qanday gazning gramm-molekulasi normal sharoitda 22,4/ hajmni egallaganligi tufayli 1 ml gazda shu sharoitda 2,7-1010 ta molekula mavjud bo'ladi. Molekulalar diametric juda kichik sonlarni tashkil etadi. Agar molekulani sharsimon deb belgilasak, unda uning diametri santimetming milliondan bir ulushiga ham to'g'ri kelmaydi. Masalan, kislorod molekulasi diametri taxminan 3,210’8 sm, vodorodniki 2,610'8 sm va
vodorod atominiki esa l ,0 1 0 8sm atrofidadir. Ism3 hajmdagi molekulalar sonini yer sharimizdagi barcha odamlar soniga baravar kelishi mumkinligi hisoblangan. Atom va molekulalarning chiziqligi kattaligi angstrem (A) yoki nm larda o'lchanadi.

Download 32.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling