Materiyavauningharakati. Materia L a t modda mánisin ańlatıwshı abektiw borliq
Download 32.02 Kb.
|
M a t e r i y a v a u n i n g h a r a k a t i
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekvivalentlar qonuni.
Kimyoning stexiometrik qonunlari
Tarkibning doimiylik qonuni. Biror toza moddaning turli namunalari analiz qilinar ekan, doimo bir xil natijalarga ega bo‘linadi. Masalan, yaxshilab tozalangan okean suvi, daryo suvi, dengiz suvi, quduq suvi, ko‘l suvi, yog‘och yondirilganda yoki murakkab modda parchalanganda hosil bo‘luvchi suv —tajribada 1 qism vodorodga 8 qism kislorod to‘g‘ri keladi. Uglerod monoksid yoki uglerod dioksid turli yo‘llar bilan olinsalarda ular tarkibi bir xilligicha qolaveradi. Boshqa har qanday modda uchun ham shunday natijani ko'rish mumkin, ya’ni: Mazkur kimyoviy birikma qanday usul va sharoitda olinishidan qat’i nazar bir xil tarkibga ega bo'ladi. Bu qoida tarkibning doimiylik qonuni deb ataladi. Mazkur qonun Prust nomi bilan bog'liqdir. Ekvivalentlar qonuni. XIX asrda kimyoviy birikmalar tarkibi va o'zaro birikkan elementlarning miqdoriy nisbatlariga ahamiyat berildi. Ingliz olimi J.Dalton kimyoviy elementlaming muayyan miqdordagina o'zaro birika olishini aniqladi va mazkur miqdorlami ≪birikuvchi miqdorlar≫ sifatida tarifladi. Vaqt o'tishi va fanning rivojlanishi orqasida bu ibora o'rniga ekvivalent iborasi ishlatila boshlandi. Masalan, suvda 1,008 massa qism vodorodga 8 massa qism kislorod to'g'ri keladi. 1,008 massa qism vodorod uning ekvivalenti sifatida qabul qilingan bo'lib, bu miqdor bilan birikuvchi sakkiz massa qism kislorodning bir ekvivalentidir. O'zga elementlar ekvivalentlarini aniqlashda vodorod bilan kislorod elementlarining ekvivalentlari birlik sifatida qabul qilingan. Har bir elementning 8 massa qism kislorod yoki 1,008 massa qism vodorod bilan birika oladigan miqdori mazkur elementning ekvivalenti deyiladi. Masalan: 1,008 massa qism vodorod bilan 18,9984 (yaxlitlanganda 19) massa qism ftor birikadi yoki almashinadi, bundan ftor elementining ekvivalenti 19 ga tengligi ma’lum bo'ladi. Shu yo'l bilan natriy elementi uchun uning ekvivalentini 23 ga, kaliyniki 39 ga teng qilib olinadi. Ekvivalent so'zi teng miqdorli, teng qiymatli degan ma’noni anglatadi. Xulosa qilib aytganda, elementlarning bunday miqdorlari qoldiqsiz birikishi va almashinishi mumkin. Shu asosda ekvivalentlar qonuni vujudga keldi, u shunday ta’riflanadi: Download 32.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling