2.14-rasm. Fourier bloki sozlash oynasi
2.15-rasm. Active & Reactive Power bloki sozlash oynasi
Three-Phase Library – uchfazali zanjirlar kutubxonasi. Three-Phase Library kengaytirilgan kutubxona turli belgilanishga ega uch fazali zanjirlardan tashkil topgan (2.16-rasm). Ushbu kutubxonada: yoki passiv ko‘rsatkichlar, yoki aktiv va reaktiv quvvat qiymatlarida berilgan ketma-ket va parallel uch fazali yuklamalar to‘plami; ta’minot manbai bloki; uch fazali induktiv bog‘lanishli zanjir; uch fazali transformator; uch fazali kalit va uch fazali tarmoqdagi buzilishlarni modellash-tiruvchi blok mavjud.
2.16-rasm. Three-Phase Library kutubxonasi
Elektr zanjirlarni modellashtirishda Power System Blosckset asosiy kutub-xonasining Povergui bloki alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu blok, elektr zanji-rining tekshirilayotgan modeliga o‘rnatilgan xolda, elektr zanjirining har qanday uchastkasidagi toklar, kuchlanishlar va ularning boshlang‘ich fazalarini o‘lchash imkoniyatini beradi. Blokni elektr sxema bilan bog‘lash uchun Multimeter, Voltage Measurement va Current Measurement o‘lchash bloklari xizmat qiladi. Bundan tashqari Powergui bloki Power System Blockset kengaytirilgan paketini Control System kengaytirilgan paketi bilan bog‘lash imkonini beradi. Bu elektr zanjirlaridagi chastotaviy tavsiflar va o‘tish jarayonlarni tekshirishga imkoniyat yaratadi.
Powergui blokining sozlash oynasi 2.17-rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |