Matlab dasturidagi simulink paketini о‘rganish. Bir va uch fazali transformatorni tekshirish


Download 1.16 Mb.
bet9/14
Sana26.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1126742
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-laboratoriya ishi (2)

MATLAB DASTURIDAGI POWER SYSTEM BLOKSET PAKETINING POWERLIB KUTUBXONASINI O‘RGANISH


1. ISHDAN MAQSAD:
Matlab dasturidagi Power System Blokset paketining Powerlib kutubxonasidan foydalanib turli sxemalarni yig‘ishni o‘rganish.


2. UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Power System Bloskset kengaytirilgan paketi
Power System Bloskset kengaytirilgan paketning Powerlib kutubxonasi 6 ta bo‘limdan (2.1-rasm), oxirgi Extras bo‘limi esa qismchalardan iboratdir.





2.1-rasm. Powerlib kutubxonasi


2.1. Electrical Sources – elektr energiya manbalari. Bu kutubxona bosh-qarilmaydigan va boshqariladigan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanish va tok manbalaridan tashkil topgan (2.2-rasm).





2.2-rasm. Electrical Sources kutubxonasi


AS Voltage Source blokining sozlash oynasi 2.3-rasmda ko‘rsatilgan. Oynaning ko‘rsatkichlar maydonida kuchlanish amplitudasi, boshlang‘ich faza va chastotaning qiymatlari o‘rnatiladi.
Measurements maydoni manbaning chiqish ko‘rsatkichlarini o‘lchash va kuzatish uchun mo‘ljallangan Multimeter blokini ulash imkonini beradi.
Boshqariladigan manbalar bloki Simutink Block Library asosiy kutubxonalarning tuzilmaviy yoki funksional sxemalarini Power System Blockset kutubxonasi element-lari bilan bog‘lash imkoniyatini beradi.



2.3-rasm. AS Voltage Source blokining sozlash oynasi


2.2. Library Power Elements – passiv elementlar kutubxonasi. 2.4-rasmda kutubxonaning passiv elementlari ko‘rsatilgan:
1–ketma-ket va parallel passiv elementlar R, L, C, ular ushbu elementlar ko‘rsat-kichlarida (Om, Genri, Farada – RLC Brench), yana aktiv, reaktiv induktiv yoki reaktiv sig‘imli quvvat qiymatlari (RLC Lond) ko‘rinishida berilishi mumkin.
2–Chiziqli transformator (Linear Transformer) va real magnit o‘zakli transfor-mator (Saturable Transformer), o‘zak uning to‘yinishini hisobga oladi.
3–Magnitaviy bog‘lanishli o‘zaro induksiyali zanjirlar (Mutual Inductance).
4–Nochiziqli element (Surge Arrester), u kirish va chiqish signallari orasidagi talab etilayotgan nochiziqli bog‘liqlikni shakllantirish imkonini beradigan
5–Kalit (Breaker), uning ochiq holatidagi ko‘rsatkichlari (qarshilik, induktivlik) sozlash maydonida beriladi. Shu erning o‘zida nolli chiqish signalidagi kalit holati (ochiq, yopiq) xam beriladi.
6–Uch fazali ikki cho‘lg‘amli va uch cho‘lg‘amli transformatorlar (There-Phase Transformer, Two windings, Three windings).
7–Bir fazali va uch fazali uzatish liniyasining ko‘rsatkichlarini amalga oshiruvchi bloklar (PI Section Line, Distributed Parameters Line).


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling