Matlab dasturidagi simulink paketini о‘rganish. Bir va uch fazali transformatorni tekshirish


-rasm. Asinxron mashina ko‘rsatkichlarini sozlash oynasi


Download 1.16 Mb.
bet11/14
Sana26.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1126742
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-laboratoriya ishi (2)

2.7-rasm. Asinxron mashina ko‘rsatkichlarini sozlash oynasi



  • uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi maydonlarda – klassik almashtirish sxema-larining ko‘rsatkichlari;

  • oltinchi maydonda – rotor inersiyasining momenti, yopishqoq ishqalanish koef-fitsienti va juft qutblar soni;

  • oxirgi maydonda – boshlang‘ich shartlar

O‘zgaruvchan holatlarni o‘lchashning universal blokini sozlash oynasi 2.8-rasmda ko‘rsatilgan.



2.8-rasm. O‘zgaruvchan holatlarni o‘lchashning universal blokini sozlash oynasi
Sozlash oynasining birinchi maydonida (Machine type) mashinaning turi ko‘r-satiladi. Uni tanlash natijasida sozlash oynasi tegishli mashinaga mos tarzda o‘zgaradi.
O‘lchashlar bloki oynasining maydonlarida o‘lchash yoki kuzatish kerak bo‘la-digan tegishli kattaliklar belgi qo‘yib tanlanadi.


2.4. Connector Power System Blockset kutubxonasi modellarini kirishlari va chiqishlari orasidagi bog‘lanishlarning bloklari. Bu bloklar 2.9-rasmda ko‘rsatilgan, bloklarning vazifasini ularning grafik ko‘rinishi ochib beradi. Bus Bar sozlash shkalasida kirishlar va chiqishlar soni ko‘rsatiladi.

2.9-rasm. Kutubxona modellarining kirishlar va chiqishlar orasidagi bog‘liqlik bloklari


Power System Blockset
2.5. Measurement – o‘lchash bloklari. Bu bloklar 2.10-rasmda ko‘rsatilgan..

2.10-rasm. Measurement kutubxonasi
Voltage Measurement Current Measurement bloklari tokning kuchlanishini o‘lchash uchun, shuningdek Simulink asosiy kutubxonasi o‘lchash bloklarini Power System Blocksets kutubxonasi bloklari bilan ulash uchun mo‘ljallangan. Impedance Measurement bloki tekshirilayotgan sxemaning ikki nuqtasi orasidagi to‘la qarshi-likni chastotaga bog‘liqligini o‘lchash imkonini beradi
Multimeter bloki alohida e’tiborga ega. Bu blok, Multimeter (2.11-rasm) bloki-ning sozlash oynasidagi Measurement oynasidan tanlangan mos elementlarning elektrik o‘zgaruvchilarini o‘lchash imkonini beradi, va ikkita maydondan iboratdir.
Birinchi maydonda (Availble) Refresh tugmachasi bosilgandan so‘ng tegishli o‘lchanadigan o‘zgaruvchilar paydo bo‘ladi.
Ularning barchasi yoki bir qismi Select tugmachasi yordamida natijalarni qayd-lashga o‘lchash uchun ikkinchi oynaga o‘tkazilishi mumkin.
Displey signals at simulation stop bayroqchasi o‘lchanayotgan signallarni alohida grafik oynaga vaqtga bog‘liqlik ko‘rinishida chiqarishga imkon beradi.
Bu blok tekshirish davomida juda qulay va keyinchalik ko‘p ishlatiladi.
Multimeter bloki o‘zining chiqishi bilan tashqi o‘lchagichlarga ham ulanishi mumkin.






Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling