2.11-rasm. Multimeter bloki sozlash oynasi
2.6. Powerlib Extras –kengaytirilgan kutubxonalar. Powerlib Extras kutub-xonasi 2.12-rasmda keltirilgan. Ushbu kutubxona qo‘shimcha oltita bo‘limlardan iborat.
2.12-rasm. Powerlib Extras kutubxonasi
Measurements – o‘lchashlarning qo‘shimcha bloklarini kutubxonasi. Mea-surements kengaytirilgan kutubxona 2.13-rasmda ko‘rsatilgan. Kutubxona nosinu-soidal davriy signalni garmonik tashkil etuvchilargaajratish bloki (Fourier bloki), nosinusoidal davriy kuchlanish yoki tokning effektiv qiymatini o‘lchash bloki (RMS bloki), aktiv va reaktiv quvvatni o‘lchash bloki (Active & Reactive Power bloki) dan iborat.
2.13-rasm. Measurements kutubxonasi kengaytmasi
Uch fazali signallarni o‘zgartirishning uchta bloki mavjud.
3-Phase Sequence Analyzer bloki to‘g‘ri, teskari va nolli ketma-ketliklarning simmetrik tashkil etuvchilarini hisoblaydi.
Transformation dq0 to abs Transformation bloki uch fazali tizimni ikki fazaliga va teskarisiga o‘zgartirishni amalga oshiradi.
Total Harmonic Distorsion bloki gormonik koeffitsientlarni o‘lchaydi.
Three-Phase V-I Measurements bloki uch fazali zanjirlardagi kuchlanish va toklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan.
5.14-rasmda misol sifatida Fourier blokini sozlash oynasi ko‘rsatilgan.
Blokning sozlash maydonlarida asosiy chastota va tekshirilayotgan garmoni-kaning tartib raqami belgilanadi.
Bir fazali va uch fazali zanjirlardagi quvvatni o‘lchash uchun sozlash oynasi 2.15-rasmda ko‘rsatilgan Active & Reactive Power bloki xizmat qiladi.
Sozlash maydonida o‘lchash amalga oshirilayotgan chastota beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |