Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

TARIXIY DRAMA 
Dramatik asarda dialoglar, voqealar, obrazlar silsilasi, xatti-harakat 
manbalariga tayangan holda о‘tmishni, о‘tmish shaxslar hayotini aks ettirgan sahna 
asari tarixiy mavzuda yaratilgan drama deb atashga asos bо‘la oladi. Tarixiy drama 
drama qonuniyatlarining barcha kompanentlariga tayangan holda yaratiladi. 
Mumtoz adabiyotlarda (adabiy asarlarda) mashhur kishilarning о‘limi, ularning 
о‘sha davrdagi ziddiyatli hayoti kо‘proq bayoniy uslubda aks ettirilgan bо‘lsa, 
tarixiy dramada о‘sha hayotning keskin tо‘qnashuvlar, rang-barang hayotiy 
tomoshalar, uzliksiz kurashlari saxnaviy talqin orqali, qisqa va lо‘nda jonli 
voqealar orqali hal etiladi. Tarixiy dramada ham kо‘pgina sahna asarlarida 
uchraganidek, qadimiy voqealar va ularning qahramonlariga bag‘ishlangan 
hikoyaviy halq qо‘shiqlari, halq og‘zaki ijodi orqali asrdan-asrga о‘tib kelayotgan 
xalq terma va aytishuvlari ham mantiqiy asosda mavjud bо‘lishi mumkin. Eng 
muhimi tarixiy dramada qanchalik tomosha, rang-barang yaratilganligidan qat’iy 


133 
nazar, uning syujet yо‘nalishi risolalarda kо‘rsatilgan hayot va mantiqdan 
yiroqlashmasligi talab etiladi.
Qisqa qilib aytganda, qadimiy voqealar asosida, manbalarga qunt bilan 
e’tiborni qaratib, tо‘qnashuvlar zamirida sahna asari yaratilishi tarixiy drama 
zaminini tashkil etadi.
AFSONAVIY DRAMA 
Afsonaviy drama janri (termini) zamirida biror tarxiy xodisa yoki 
kechmish voqeani fantastik, ya’ni hayoliy tarzda tasvirlash fikri mujassam. Afsona 
(afsonaviy drama) qadimgi epik adabiyotning dastavval xalq og‘zaki ijodining 
janrlaridan biri hisoblanadi. Qadimgi afsonalarning kо‘pi qahramonlik afsonalari 
bо‘lib, ular xalqning chet-el bosqinchilariga qarshi kurashi zaminida vujudga 
kelgan. Shu kurashlar, voqealar, hodisalar va qо‘shiqlarga tayangan xolda sahna 
asari yaratish borasida esa dramaturglar qadim davrlardan toki hozirgacha qalam 
tebranib kelganlar. 
Afsonaviy drama yozishga chog‘langan har bir dramaturg dastavval shu 
asarning о‘ta bо‘rttirilgan poetik, ijro etish tomonlariga alohida e’tibor qilishlari 
talab etiladi. Mazkur sahna asarining har bir kо‘rinishi, har satr va dialoglarida о‘ta 
kо‘tarinkilik ustin kelmog‘i muqarrar. Afsonaviy drama qahramoni hali hayotda 
hech kim egallamagan mardlik va jasorat chо‘qqilarini egallashi, yuz botmon 
yoyni kо‘tarib dushmanlari tomoniga о‘q otishi, u mingan ot (Alpomish 
Boychibari) qanot chiqarib uchgancha uch oylik yо‘lni bir soatda bosib о‘tishi, 
barcha-barchasi afsonaviy drama qoidalariga mos keladi. 
Har bir dramaturg afsonaviy drama yozishga chog‘lanar ekan, (xoh 
she’rda, xoh nasrda bо‘lsin) unda u albatta yuqoridagi qoidalarga asoslangan holda 
qalam tebratmog‘i shart va zurur.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling