Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

BUFFONADA 
Buffonada aslida italyancha buffonata – tegajaklik, hazilomuz sо‘zidan 
olingan bо‘lib, voqean jiddiy ravishda oshirib yuborilgan holatda tasvirlash 
ma’nosini anglatadi. 
Buffonada dastlab ochiq maydonda ijro etiladigan qadimgi halq 
teatrlaridan kelib chiqqan bо‘lib, uning elementlari V.Shekspir, J.Molyer, 
pirandello va N.V.Gogolning drama va komediyalarida kо‘proq uchraydi. 
Masalan, Gogol’nig “Uylanish” asaridagi Podkolyosinning о‘z qallig‘idan 
yashirinib, derazadan oshib qochib ketishi buffonadaga yorqin misol bо‘la oladi. 
Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidagi qiziqchilar bobi ham 
о‘zbek buffonadasiga yaqqol misoldir. Buffonadada komiklikning imkoniyatlari 
katta bо‘lganligi uchun u qiziqchi, masxaraboz hamda sirk qiziqchilari ijodida 
kо‘proq uchraydi. Shu kunga kelib buffonada zamonaviy komediyalarga janr 
sifatida faol kirib kelayotganligi ham uning ijodiy olamning har bir yо‘nalishiga 
zarurligidan dalolat beradi. 


138 
GIPERBOLA 
Giperbola sо‘zining, ya’ni giperbola atamasinng tub ildizi grek halq 
sо‘ziga mansub bо‘lib, huperbole – mubolag‘a ma’nosini anglatadi. Giperbola u 
yoki bu narsa, xususiyat, voqea va belgini о‘ta kuchaytirib, orttirib tasvirlash 
vositasi hisoblanadi. Mubolag‘a vositasida ijodkor tasvirlayotgan obyektni boshqa 
obyektlardan ajratib, bо‘rttirib kо‘rsatish, uni goh maqtash; goh masxaralashga 
erishadi. Shuning uchun giperbola, ya’ni mubolag‘a turli halqlarning qadimgi 
eposidan tortib hozirgi yozilayotgan asarlargacha keng qо‘llanilib keladi va 
kelajakda ham qо‘llanishda davom etadi. 
XOTIMA 
Insoniyat olami sirli, murakkab voqealarga boy. Shu sirli voqealar 
asosida roman, qissa, doston va dramalar yaratish, shu bahonada odamlar ma’naviy 
hayotining taraqqiyotiga hissa qо‘shish ijod dunyosini vakillarining muqaddas 
burchi hisoblanadi. Nosir ijodkor yaratgan roman yoki qissa, shoir yaratgan she’r 
yoki doston о‘qish orqali odamlar ongiga о‘z ta’sirini о‘tkazsa, dramatik asarda 
kuzatish orqali, ya’ni tomosha qilish orqali ta’sirga ya’ni ma’lum bir g‘oyaviy 
tushunchaga ega bо‘linadi. 
О‘quvchi, jumladan tomoshabin asrlar davomida ijodkordan siyqasi 
chiqqan adabiy yoki dramatik asarlar shaklidan qochib, har doim yangi yо‘nalish, 
yangi shaklda asarlar yozib berishni (matbuot, radio, televideniye orqali) talab qilib 
kelganlar va bu talablar shu kunga kelib oliy daraja kasb etdi, desak adashmagan 
bо‘lamiz. 
Xо‘sh, bu talablarni ijodkor qay yо‘sin, qay darajada amalga oshira 
oladi? Albatta о‘qish va izlanish, hayotning murakkab tomonlarini sinchkovlik 
bilan kuzatish orqaligina amalga oshirishi muqarrar. 
Nasriy asar yaratishda yozuvchi shu asar voqeasidan kelib chiqqan holda 
(ya’ni davr hayotini e’tiborga olgan holda) shakliy о‘zgarish hosil qilsa, dramaturg 
yangi yaratadigan sahna asarida davrning murakkab dramatizm va kolliziyaga boy 


139 
tomonlarini sinchkovlik bilan kuzatgan holda shakliy yangilik yaratishga muvaffaq 
bо‘ladi. 
Shu sababli har bir dramaturg (ayniqsa yosh qalam sohibi) hech 
ikkilanmasdan tesha tegmagan mavzu va voqeani qalamga olishga chog‘lanish 
bilan birga, uning yangicha tomoshaviylikka yо‘g‘rilgan, о‘ta rang-baranglik hosil 
qilgan, ayni paytda g‘oyaviy yuksaklik kasb etgan, gо‘zal obrazlar xatti-harakatiga 
asoslangan, shakli yangi va murakkab drama yoki komediya yaratishga 
chog‘lanishi shart va zarur. 
“Hamsa” yaratishda navoiy bobomiz: “Oson ermas bu maydon ichra 
turmoq, Nizomiy pandasiga panja urmoq”, deb buyuk ijodkorlar asarlari, ya’ni 
ularning ta’siri orqali besh doston (“Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”. 
“Saba’iy sayyor”, “Saddi Iskandariy”, “Hayrat ul-Abror”) yaratishga kirishar ekan, 
unda u eng avvalo о‘sha buyuklarning e’tiboridan chetda qolgan olamshumul 
voqealarni yangi shakl orqali, fikrlar va g‘oyalarning kengaytirilgan yо‘nalishi 
orqali rо‘yobga chiqarishga intilganligiga ishonch hosil qilamiz. Biz bо‘lajak 
dramaturglar esa buyuklar maktablarini chetlab о‘tmagan holda, о‘z ijodimizda 
uslubiy yо‘nalish borasida, uning yangilikka yо‘g‘rilgan qirralarini mustahkamlash 
va murakkab yо‘nalishda ularning yechimini barqaror qilish borasida har soniya, 
har soat atroflicha о‘ylab qalam tebratmog‘imiz muqarrar. 
Ijodda, jumladan dramaturgiyada yangi shakl yaratish uchun eng avvalo 
inson hayotining uzviyligiga tayanish va shu uzviy hayotning davriy о‘zgarish 
holatlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik talab etiladi, zero hayot har doim 
yangilikka yuz tutish bilan zavqlidir. 
Har bir ijodkor ha deganda dunyoni lol qoldiradigan mumtoz asar yarata 
olmaydi, chunki u yashayotgan davr hayoti inqilobiy о‘zgarishlarni boshdan 
kechirishga muvaffaq bо‘lmagan. Shu sababli asar shakliy о‘zgarishida albatta
yangi inqilobiy о‘zgarishlar katta rol о‘ynaydi, ya’ni asar shakliy о‘zgarishida 
yangi inqilobiy о‘zgarishlar katta ahamiyat kasb etadi. Ammo ijodkor inqilobiy 
о‘zgarishlar bandasi bо‘lishdan о‘zni asrab, uning g‘alabasini kutmasdan, hatto 
turg‘un hayot ichidan ham tesha tegmagan voqealar va shu voqealar asnosida yangi 


140 
shaklga jo bо‘lgan roman, qissa, doston va (ijodiy fontaziyani faol ishga solgan 
holda) dramalar yaratish uning muqaddas burchiga aylanmog‘i shart va zarur.
Qisqagina qо‘llanmada bayon qilingan adabiy yо‘nalishga mansub 
atamalar, ijod olamiga ta’magirlik bilan emas, jahongirlik shiori ostida kirib 
kelishga chog‘langan har bir yosh qalam sohibi uchun oz bо‘lsa ham yaratish 
bobida tayanch vazifasini о‘tashiga ishonch bildiramiz. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling