Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSIQALI DRAMA
Hayitmat Rasul “Xatarli ishq” (afsonaviy drama) 134 Birinchi parda, uchinchi kо‘rinish. Saroy. Taxtda Orol mamlakati shohin qizi Durxon malika libosida mag‘rur о‘tiribdi. О‘ng yonida shohona libosda bir barzangi (amir) yigit. Chap yonida qozi-yu uloma, soqchi-yu suvoriyga qadar uning og‘ziga tikilishgancha tik oyoqda jim turishibdi. Zulm iskanjasida qolgan halqning nolasi yiroqlardan quloqqa chalinadi. Saroy ahliga xos kiyingan Murodbek, Qurboniy, Murodbekning onasi, singlisi Firdavs, Malika Durxonning kо‘ziga qarashga jur’at etolmay, bir chekkada qо‘l qovushtirib turishibdi. Durxon yalang‘och qilib ustiga zanjir bilan bog‘langan dehqonni sо‘roq qilishda davom etadi. Durxon - ... Ayt, sendan sо‘rayapman!? Nega ataylab men bergan farmonga qarshi yо‘l tutding? Dehqon – Bosqinchi farmonin, benomuslardek Bajo keltirmoqqa tamom or qildim Durxon – Bosqinchi? Dehqon – Ha, shunday. Siz taxtga chiqib, О‘zin ozod, hur deb his qilgan elni Sitam daryosiga g‘arq qilmoqdasiz. Sizga hamroh bо‘lib kelgan sarbozlar, El-ulusning bisotida neki bor, Hammasini talab-tortib olmoqda. Mening sultonligim hurmatin qilib... Durxon – Sultonligim?.. Siz qanaqa sultonsiz? Bundan rosa ikki haftacha avval, Halq oldida, sultonlikdan voz kechib, Tilxat yozib, viloyatning izmini Menga topshirgansiz! Unutdingizmi? Qarab tursam, mening bо‘lg‘usi erim, PARDA MUSIQALI DRAMA 135 Musiqali dramada ham dramaga hos bо‘lgan xususiyatlar tо‘la mujassam bо‘ladi, ammo muallif dramada butun voqealarni xatti-harakat asnosida bayon etgan bо‘lsa, musiqali dramada esa aytilmoqchi bо‘lgan fikr, falsafa va g‘oya aniqligi muallifning she’riy matnida (Ariya, arioza, rechitativ, xor, duet) ifoda etiladi. Musiqali drama yaratishda eng birinchi navbatda muallif shu musiqiy asarga kuy bastalovchi (bastakor) kompozitor bilan bamaslahat ish olib boradi. Musiqali asarda obrazlar xarakterlari, tо‘qnashuv (konflikt), dil-izhorlarini bayon qilishlar dramaturgning she’rlarida kompozitor bastalagan musiqalarda о‘z aksini topadi. Dramatik, ya’ni drama asarlarida qahramon kechinmalari monolog, nutqiy faryod va nolalar orqali bayon qilinsa, musiqali dramada shu dardu-alamlarning barchasixor, xoral, ommaviy, musiqiy dramatizmga yо‘g‘rilgan raqs, hatto yoritkichlarning musiqaga hamohangligi orqali ifoda etiladi. Musiqali dramada hatto qahramonning yig‘lash holatlari ham musiqiy ohanglar orqali bayon qilish hollari ham bot-bot uchrab turadi. Musiqali dramaning drama asaridan farqi shundaki, dramaturg barcha voqealarni ochishda о‘z she’r., xor, duet, rechitativ kabi teskistlari zamirida butun bir musiqiy dramatik holat yaratishi shart. Qisqa qilib aytganda, raqsu alyorlar, voqealar tafsilotini, kо‘proq qahramon kechinmasini (ariya, duet, rechitativ, xor va h.k.z.) musiqiy ijroda bayon qilish asosiga qurilgan asar musiqali dramaning mag‘zini tashkil etadi. Shuni ham ta’kidlash joizki, musiqali drama janr yо‘nalishi, yozilish uslubi har jihatdan murakkabligi tufayli drama asaridan atroflicha ustun turadi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling