Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
1 MATLUBA ISOKOVA DRAMATURG MAHORAT О‘quv qо‘llanmasi 2 О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI MATLUBA ISOKOVA DRAMATURG MAHORATI fanidan о‘quv qо‘llanma Mazkur о‘quv qо‘llanma О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bakalavriat bosqichining ta’lim yо‘nalishlariga mо‘ljallangan. Toshkent – 2020 3 О‘quv qо‘llanma О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasida kо‘rib chiqilib, о‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan. Taqrizchilar: S.Qodirova - san’atshunoslik fanlari doktori, professor I.Abduraxmonov - - san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent 4 ANNOTATSIYA Mazkur о‘quv qо‘llanmada «Dramaturg mahorati» fani turkumidan berilgan. Unda dramaturgik qonun-qoidalar, ularning dramaturgik talablar asosida asarlarning tahliliy va sahnaviy jarayonlari aks etadi. Shuningdek, Dramaturg mahoratning asar yaralishidan to sahnagacha bо‘lgan ketma-ketlikdagi о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlar haqida kо‘pgina ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, talabalar dramaturgiyaning mohiyati va vazifalari xaqidagi ma’lumotlarni chuqurroq о‘rganishlari, bilishlarida va о‘z bilimlarini oshirishlarida katta yordam beradi. “Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi dramaturgiyasi” mutaxassislarini tayyorlashda jahon va о‘zbek sahna asarlarining sahnalashtirilishida teatr va ekranning о‘rni kattadir. Fanni о‘qitish jarayonida, dramaturgiya – sintez san’at sifatida о‘rganiladi. Shu bois “dramaturg mahorati” boshqa san’at turlari nazariyasi va tarixi bilan bog‘langan holda bosqichma-bosqich о‘rgangan holda olib boriladi. Ushbu о‘quv qо‘llanmasida “dramaturg mahorati” fanining maqsadi, vazifalaridan kelib chiqib ma’ruzalar tayyorlangan. Hamda ushbu fanni о‘qitishda kо‘rgazmali hamda zamonaviy interaktiv axborot - kommunikatsion texnologiya vositalarini qо‘llash, dars jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash va sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi haqida tahliliy kо‘nikmalarini yuzaga keltirish kabi masalalar yoritilgan. Fanni о‘rgatish jarayonida talabalarning mustaqil ta’lim olishini boshqarish, ta’lim jarayonida interfaol metodlarni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо‘llash masalalariga, mavjud audiovizual mahsulotlardan samarali foydalangan holda ularni mustaqil tahlil qilishni о‘rgatishga ham, alohida e’tibor qaratilgan. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling