Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


haqiqatan ham yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

haqiqatan ham yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir va о‘z 
dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yо‘qotmaydigan, ta’bir joiz bо‘lsa, 
masalalarning masalasidir.
Shu ma’noda, bugungi kunda yurtimizda tobora keng tarqalib 
borayotgan “О‘z bolangni о‘zing asra!”degan da’vat faqat quruq shior bо‘lib 
qolmasdan, har bir ota-ona, har bir fuqaroning qalbiga, yuragiga chuqur kirib 
borishi, amaliy harakatga aylanishi uchun ijodiy tashkilotlarimiz ham о‘z 
mas’uliyatini jiddiy ravishda qayta kо‘rib chiqishlari davr talabiga aylanmoqda.
Biz bir narsani hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur. Agar 
“ommaviy madaniyat” tahdidi faqat chetdan – G‘arbdan kirib keladi, desak, qattiq 
adashamiz. Bu balo, afsuski, о‘zimizdan, о‘z oramizdan ham chiqishi mumkin. 
Men bu gaplarni osmondan olib aytayotganim yо‘q. Yurtimizda nashr etilayotgan 
ayrim gazeta-jurnallar, kitoblarni, suratga olinayotgan ba’zi klip va kinolarni
efirga berilayotgan qо‘shiq va raqslarni kuzatib,sog‘lom fikrlaydigan har qanday 
odam shunday xulosaga kelishi tabiiy.
Eng yomoni, badiiy ijod sohasida jaholat kо‘rinishlari kuchayib bormoqda. 
Biz “jaholat” deganda odatda diniy jaholat, aqidaparastlikni tushunamiz. 
Lekin bugungi hayotiy jarayonlar jaholat hamma sohada ham uchrashi, agar unga 
qarshi о‘z vaqtida kurash olib borilmasa, о‘ta og‘ir oqibatlarga olib kelishi 
mumkinligini kо‘rsatmoqda.


21 
Biz bugun jaholat degan baloga iqtisodiyot sohasida ham, ta’lim-tarbiya, 
sog‘liqni saqlash, madaniyat tizimida ham, qо‘yingki, hayotimizning barcha 
jabhalarida duch kelyapmiz va bu illat qо‘l-oyog‘imizda bamisoli kishan bо‘lib 
turibdi. Bu kishandan xalos bо‘lmasdan turib, taraqqiyot va rivojlanish haqida hech 
qanday sо‘z bо‘lishi mumkin emas.
Ayni vaqtda, madaniyat sohasida jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, 
yoshlarimizni haqiqiy san’atni anglashga о‘rgatish, ularning estetik olamini 
sog‘lom asosda shakllantirish bо‘yicha oldimizda juda muhim vazifalar turibdi.
Shu nuqtai nazardan, kino sohasi faoliyatiga baho beradigan bо‘lsak, bu 
borada muayyan yutuqlar bilan birga, jiddiy nuqson va kamchiliklar ham yaqqol 
kо‘zga tashlanadi. Ba’zi filmlarda mayda maqsadlar bilan yashaydigan, hayotga 
faqat iste’molchilik kayfiyati bilan qaraydigan kimsalar asosiy qahramon sifatida 
tasvirlanayotgani tashvish uyg‘otmasdan qо‘ymaydi. Eng yomoni, nomdor 
san’atkorlar, hatto “О‘zbekiston xalq artisti” degan yuksak unvonga sazovor 
bо‘lgan aktyorlar ham mana shunday kinolarda turli bachkana rollarni ijro 
etmoqda. Avval durustgina filmlar yaratgan rejissyorlar ham, sal о‘tmasdan, xom-
xatala asarlar bilan tomoshabinlarning ixlosini qaytarmoqda.
Yaqinda “Toshkent haqiqati” gazetasida shu mavzudagi bir maqolani 
о‘qidim. Maqola muallifi ayrim kinolarimizning xorijiy filmlardan aynan kо‘chirib 
olingani, ya’ni adabiy о‘g‘rilik – plagiatga yо‘l qо‘yilayotgani haqidagi fikrlarni 
bayon etib, aniq misollarni keltiradi. Afsuski, bu milliy kinolarimizga nisbatan 
bildirilayotgan yagona tanqidiy fikr emas. Bunday maqolalarni matbuotda kо‘plab 
uchratish, bunday fikrlarni juda kо‘p odamlardan eshitish mumkin. 
О‘zingiz ayting, ijodkorning sha’ni, g‘ururi, san’atga sadoqat degan 
tushunchalar qayoqda qoldi?
Vaholanki, hozirgi vaqtda biz kino sohasiga davlat byudjetidan har yili 
milliardlab sо‘m mablag‘ ajratyapmiz. Birgina shu yilning о‘zida “О‘zbekkino” 
milliy agentligiga byudjetdan 12 milliard 400 million sо‘m ajratiladi.


22 
Yoki bо‘lmasa, respublikamizdagi mavjud 37 ta teatr faoliyatini ta’minlash 
uchun ham har yili katta miqdorda mablag‘lar yо‘naltiriladi. Bu yilning о‘zida 
ushbu maqsadda davlat byudjetidan 81 milliard sо‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. 
Albatta, davlatimiz, jamiyatimiz san’at rivoji uchun hech narsani ayamaydi. 
Lekin bu borada kutilgan natijaga erishilayaptimi? Bu savolga bugun ijobiy javob 
berish qiyin ekanini, о‘ylaymanki, hammamiz yaxshi bilamiz.
Aksariyat teatrlarimizning repertuarlari g‘oyaviy-badiiy jihatdan nochor, 
ulardan о‘rin olgan spektakllarda bugungi kun nafasi, odamlarni о‘ylantirayotgan, 
hayajonga solayotgan jiddiy ijtimoiy muammolar о‘z aksini topmayapti.
Afsuski, teatrlarimiz kо‘proq maishiy mavzulardagi yengil-yelpi, bachkana 
asarlar, odamga na ma’naviy oziq, na estetik zavq beradigan tomoshalarni 
namoyish etishga о‘rganib qolgan. Hurmatli teatr arboblarimiz о‘zlarining matbuot 
va televideniyedagi chiqishlarida kо‘pincha ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxо‘ja 
Behbudiyning “Teatr – ibratxonadir” degan hikmatli sо‘zlarini keltirishni yaxshi 
kо‘radilar. Lekin mana shu dono sо‘zlarni faqat og‘izda aytmasdan, о‘z 
faoliyatimizda ularga amal qilsak, ayni muddao bо‘lardi, deb о‘ylayman.
Men goh-gohida madaniyat sohasiga mas’ul bо‘lgan rahbarlarimizdan 
“Qachon endi, bir yaxshi spektakl yoki kinofilm yaratib, bizni taklif qilasizlar”, 
deb sо‘rab turaman. Afsuski, shunda ular xijolat tortib, “Shavkat Miromonovich, 
hali sizga kо‘rsatadigan munosib asarlar yaratolganimiz yо‘q, bizga yana ozgina 
fursat bering”, deyishadi. Mayli, men tushunaman, bu ijodiy jarayon, lekin har 
qanday muddatning ham chegarasi bо‘lishi kerak-ku. О‘zingiz ayting, xalqimizga 
manzur bо‘ladigan film va spektakllar qachon yaratiladi?
Bugun bir fikrni alohida ta’kidlab aytishni zarur, deb hisoblayman. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling