Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

qarab qolgach, taassuf ila bosh chayqaydi, og‘ir xо‘rsinadi.) Bola ketibdi-da 
baribir. Atta-ang, atta-ang. Yaxshigina usta bо‘lib qoluvdi-ya, kasofat!
G ye n j a m u r o d (g‘ashi kelib). Kasofatingizning о‘rnini bildirmayapmiz 
lekin, bobo! Ana, siz yо‘g‘ingizda bir emas, ikkita qayiq yasab qо‘yganmiz!
T i l o v b ye r g a n (hayajondan). Tо‘rtta de! 
J u m a b o y (unga о‘qrayib). Ikkita, ikkita! 


65 
Genjamurod choldan pinhona, “kallang ishlamaydi” degan kabi kо‘rsatgich 
barmog‘ini chakkasiga burab qо‘yadi. 
O r o l b o b o (ruhlanib). Barakalla, chirog‘larim, barakalla! Xо‘sh, yana 
nima yangilik? 
T i l o v b ye r g a n. Siz birdan ketib qoldingiz, mana, bugun birdan kelib 
qoldingiz – yangilik shu! 
Baravariga kulib yuborishadi. 
O r o l b o b o (о‘rnidan og‘ir qо‘zg‘alib). Asr payti kepqolgandir, men 
namozimni о‘qib olay endi... bir haftalik qilib!
Chol о‘choqboshidan oftobasini olib, uy orqasiga о‘tadi. Yigitlar qaytib ishga 
tutinadi. 
Jumaboy qandaydir taxtani aylantirib kо‘zdan kechirayotganida uning bir uchi 
dastgoh adog‘ida turgan tranzistorga tegib ketadiyu shо‘x yalla yangraydi. 
Qoraqalpoqlarning mashhur “Dembermas”i!.. 
Ana shu tarona asnosi hovli qorong‘ilashib, keyin yana asta yorisha 
boshlaydi.
Tong! Uzoqlardan kelayotgan dengiz shovqinlari boyagi qо‘shiqqa qorishib
uni bosib ketadi. Ana – tо‘lqinlar bir-biriga urilib shaloplashi, jonsarak mavjlar 
shiviri, eshkaklarning bir maromdagi g‘ichir-g‘ichiri... Ana – chag‘alaylarning 
betinim chug‘ur-chug‘uriyu suvga tо‘sh urib uchayotgan oqchorloqlar sasi... 
Yeru osmon g‘ayrioddiy, g‘ayritabiiy bir yog‘dular, charog‘onlik qо‘ynida... 
Tom boshidagi ona qayiqda O r o l b o b o miz tik turibdi. Qalpog‘i qо‘lida, 
quvonchdan kо‘zlari chaqnab har yonga alanglayotir. 
Chetan ortidan shogirdlar sasi eshitiladi: “Kо‘rdi! Ana, qaranglar – kо‘rdi!” 
O r o l b o b o (hayqira-qiyqira). Mana, keldi! Axiyri keldi! Suv, suv!.. 
Orolimiz suvga tо‘ldi, odamlar! Yashasin, dod! Shu kunni kо‘rdim-a! Endi о‘lsam 
armonim yо‘q... (Qо‘llarini kо‘kka chо‘zib.) Omonating ol, egam! Roziman, bariga 
roziman! Shukr, shukr...
Chol shunda bir qalqiydiyu oyoqlari mayishib, bо‘shasha-bо‘shasha, baayni 
suvga chо‘kayotgan misol, qayiq ichida kо‘rinmay ketadi. 


66 
Atrofni sukunat chulg‘aydi – purhikmat, tantanavor bir sukunat!.. 
Chol qayiq ichiga “chо‘kib” ketgach, andak sukunatdan sо‘ng, chamasi, chetan 
ortida bu manzarani – nima bо‘lishini kuzatib-poylab turishganmi, birin-ketin sh o 
g i r d l a r kirib keladi. Ular hovli о‘rtasida saf tortib, tomboshiga baqraygancha 
qotib qolishadi. 
Bir vaqt chetan eshik og‘zida yelkasiga safarxalta osgan notanish libosli yigit 
paydo bо‘ladi. A m ye t! U ohista yaqinlashib, uch о‘rtoqni orqasidan birvarakay 
quchib oladi. 
T i l o v b ye r g a n (vahima ichida). Amet! Senmisan? Osmondan 
tushdingmi, nima balo?.. 
A m ye t (aybdorona). Keldim. Kо‘nglim bir nimani sezganday bо‘laverdi... 
Tо‘rt о‘rtoq yig‘lamsiragancha quchoqlasha ketadi. 
Sizlarni... Orolni unutolmadim, jо‘ralar. Keldim. 
J u m a b o y (tomboshiga ishora qilib). Yuragi yorilib о‘lib qoldi bobomiz... 
Kо‘zlariga ishonmagan-da! 
A m ye t (yuzini changallab). Men, hammasiga men aybdor!.. (U jahl bilan 
yelkasidagi safarxaltani yerga otadi.) 
T i l o v b ye r g a n. Endi nima qildig-a, bolalar, nima qildik? 
J u m a b o y (sarkorlikka о‘tib). Yuringlar. Olib tushish kerak...
Birin-birin qayiq-narvonga tirmashib, tomga chiqa boshlaydilar. 
G ye n j a m u r o d (chiqayotib). Aytib edim-ku, bu ishimizning oxiri zil 
bо‘lib chiqadi, deb!.. 
J u m a b o y (tepadan, jerkib). Qо‘y endi sen ham shu paytda!.. Har ne 
bо‘lgandayam murodiga yetdi-ku bobomiz! Suvni kо‘rganday bо‘lib ketdi...
Yigitlar tomda qayiqni qurshab, baravariga unga engashadilar. 
Amet beixtiyor cholning qalpog‘ini olib, boshiga qо‘ndiradi. 
T i l o v b ye r g a n (izillab). Bobojon, о‘lmang! Kо‘zingizni oching... 
A m ye t. Kechiring, ustoz, beoqibat shogirdingizni kechiring... 
J u m a b o y (о‘qrayib). Bо‘ldi!.. Qani, oldik! 


67 
Tomboshida tо‘rt о‘g‘lon – tо‘rt shogird qayiq-tobutni dast kо‘tarib turibdi! 
G‘oyibona vidolashuv...
O r o l b o b o (ovozi). Kelganing chinmi, Amet bolam? Bobongning о‘lishini 
kutib yurganmiding yo?..
A m ye t (ovozi, titrab). Unday demang, bobojon, unday demang. Keldim, 
mana. Butunlay keldim.
O r o l b o b o (ovozi). Bilib qо‘y, Orol chaqirdi seni, Orolimiz! Ishonmasang, 
ana – atrofga boq, suvning о‘zidan sо‘ragaysan!
A m ye t (ovozi). Sizlarni tashlab qayoqqa ham borardim, bobo?!
O r o l b o b o (ovozi). Ota bolasi emas, Orol bо‘lib qaytdim de? Barakalla, 
chirog‘im! Bobongning vasiyati – anovi qalpoqni hech qachon boshingdan 
qо‘ymagaysan!
A m ye t (ovozi). Ruhingiz xotirjam bо‘lsin, bobo, sizdan meros bu qalpoq 
hamisha boshimda tug‘!.. 
T i l o v b ye r g a n (ovozi, yig‘i aralash). Bizlarni kechiring, bobojon... 
G ye n j a m u r o d (ovozi). Men sizni bugun bildim, Orol bobo! О‘zimni ham 
endi taniyapman. Sarkashroq bolangizning qiliqlaridan о‘tarsiz, bobojon...
J u m a b o y (ovozi). Bunday bо‘lib chiqishini kim о‘ylabdi deysiz, Orol 
bobo! Biz sizni bir suyuntirmoqchi edik-da...
O r o l b o b o (ovozi). Bu dunyodan, sizlarning baringizdan rozi bо‘lib 
ketyapman, qaroqlarim, yig‘lamanglar, men uchun kо‘zyoshi qilib yurmanglar. 
Sizlar bor ekansiz, bobongiz о‘lmagan, о‘lmaydi. Sizlar bor ekansiz, Orol 
о‘lmaydi, Orolimiz tirik! Toabad bor bо‘lgay, omin! 
Qayiq-tobut nogahon bir silkinib, boshlar uzra ohista kо‘tarila boshlaydi. 
Yuksala-yuksala, kо‘k dengizi sari suzib ketadi... 
Tо‘rt о‘g‘lon osmonga qо‘l chо‘zib, uni gо‘yo kuzatib qolgan... 
Uzoqlardan kelayotgan dengiz shovqinlari tobora kuchayadi. Ana – tо‘lqinlar 
bir-biriga urilib shaloplashi, jonsarak mavjlar shiviri, eshkaklarning bir maromdagi 
g‘ichir-g‘ichiri... Ana – chag‘alaylarning betinim chug‘ur-chug‘uriyu suvga tо‘sh 
urib uchayotgan oqchorloqlar sasi... 


68 
Dramatik ushbu asarda yozuvchi har bir personajning hatti-harakati, ichki 
dialoglarini tо‘laqonli yetkazib beradi. Voqealar gо‘yoki, bitta Orol bobo atrofida 
sodir bо‘ladi. Dramaturgiyada voqealar tizgini maqsad sari rivojlanib boraveradi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling