Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
sanay ketadi.) Bir, ikki, uch... yetti, sakkiz, tо‘qqiz... Iye, shoshma, suv nega
buncha sarg‘ish? Ana, mavjlari ham, tо‘lqinlar ham sap-sariq!.. Ha-a, bо‘ldi, bо‘ldi – loyqalangan. Loyqalanib-loyqalanib tо‘ladi-da suv! Lekin... xuddiki qum deysan, qumning о‘zginasi-ya!.. Kо‘zingni yiribroq qarasang-chi, kallavaram, qum bо‘lmay nima u axir?! Orol suvga tо‘lganmish! Suvlari mavjlanib yotganmish! Sen yasagan qayiqlar suzib yurganmish!.. Har erta shu ahvol-a! Tushingni ana – qumga, qumliklarga ayt! He, esini yegan telba chol! Oroling seni tashlab ketganiga necha zamonlar bо‘ldi-ku! Qochib qolgan u – yuzlab chaqirim nariga. Endi qaytmaydi, ey nodon! Sen esa bir ovulda bir о‘zing sо‘ppayib о‘tiribsan. Qо‘ni- qо‘shni ovuldoshlaring allaqachon kо‘ch-kо‘ronini kо‘targan, hovli-joylari boyо‘g‘liga makon bо‘lib yotibdi, ana! Ammo – har birining tomida bittadan qayiq. Sen yasagan qayiqlar, shogirdlaring yasagan qayiq. Hamon bir nimadan umidvordek, oftobda qaqrab-qovjirab, bekor yotibdi bari. Suvga tashna, suvga ilhaq. Suzadigan suv bо‘lmasa, mavju tо‘lqinlar bо‘lmasa, yasagan qayig‘ing kimga kerak?! Lekin boshqa nima ish kelardi qо‘lingdan? Otameros, bobomeros kasbing shu-da, qayiqsozlik. Bir zamonlar yetti pushting yasab о‘tgan qayiqlar Orolni obod qilgan. Navbat senga kelganda esa, ming darig‘ki!.. Baxtingga, uzoq- yaqin ovullardan uch-tо‘rtta bekorchi yosh-yalang topilaqoldi. Ular ham senga о‘xshagan devonasifat chiqib, qavatingga kirdi. Mana, endi tuppa-tuzuk qayiqsoz! Ayniqsa, Amet degani. Iloyim, kо‘z tegmagay shu bolaga... (Qariya qayiqning ikki yonidan ushlab eran-qaran joyidan qо‘zg‘aladi. Yotoq-qayiq uzra ajab bir qiyofada qad rostlab, osmonga boqadi.) Quyosh! Bugun ham chiqibdi. Har kuni chiqadi. Charchamaydi, erinmaydi. Qarimasmikan shu? Qariydi, qariydi. Qishga borib bu ham qariydi. Senga о‘xshab qoladi – harsillab, qarashlari xira tortib... Ammo kо‘klam kelganda tag‘in charaqlab ketadi-da. Yasharib... Sen-chi, sen ham qaytib yashararmikansan? Tavba de, tavba de! О‘zingni quyoshga teng kо‘rding-a, manglayi qora! Yoshlik chog‘laring, Orol bо‘ylarida Oykumushning belidan quchganlaring yodingdan chiqibdi-da, noshukur?! Ha, esingni tanib, kо‘rgan- 62 bilganing – Orol bо‘ldi. Kо‘m-kо‘k mavjlararo otang qayiqda eshkak eshib borayotir, sen uning qо‘ynida... Shundan oting “Orolbola” bо‘lib ketdi. Keyin – Orolboy, endilikda – Orol bobo. О‘zingning oting-chi, xо‘sh, о‘zingning chin oting nima edi? E, kimning esida bor deysiz! “Orol” bо‘lsa kerak-da... Ishqilib, yoshingni yashading, oshingni oshading endi, birodar... Uff! Nechaga kirdim о‘zi? Xuddi ming yildan buyon bormanu yana ming yil о‘lmaydigandekman-a! Yо‘-о‘q, Orolboy, hozirlikni kо‘ravering, bugun bо‘lmasa, ertaga... Yoshligingiz ham, umringiz ham Orol bilan ketgan, qaytmaydi endi u! Uff!.. (Qariya engashib, qayiq ichida qarmoqqa ilashib yotgan kattakon baliqni dumidan kо‘taradi, u yon-bu yon aylantirib qaraydi.) Yirikkina! Xudoyim bu kecha ham siylabdi. Qulluq, qulluq! Qariya bir qо‘lida qalpog‘i, bir qо‘lida baliqni osiltirib tom qirg‘og‘iga keladi va avaylabgina qayiq-narvondan hovliga tushadi. Yonboshdagi о‘choq taraf yurib, baliqni qozonga soladi-da, ustunga ilig‘liq sochig‘ini yelkasiga tashlab uy orqasiga о‘tib ketadi. Darvoqe, asarning qо‘shimcha sarlavhasi “Devonaning orzusi” ataladi. Axir kishilik jamiyati, hayot ana shunday devonalarning sirtdan qaraganda xomxayol, afsona bо‘lib tuyuladigan orzulari, intilishlari tufayli ilgarilamaydimi, taraqqiy etmaydi?! Yana asarga qaytamiz: Namozshom payti. J u m a b o y va G ye n j a m u r o d qayiqsozlik bilan band. Odatdagi yumushlar: о‘lchash, taxta qirqish, yelimlash, bо‘yoq-sо‘yoq... Bir о‘ram eski sim kо‘tarib hovliga T i l o v b ye r g a n kiradi. T i l o v b ye r g a n (qо‘lidagini yerga tashlab). Juma-a, ovulingda shisha degan matoh qolmabdi-yov! Amet bilib aytgan ekan: kecha ertalab bu yoqqa kelayotib, Jang‘il momoning tomiga chiqib qarasam, rostdan ham Orol taraf suvga tо‘lganday, oftobda charaqlab kо‘zni oladi! J u m a b o y (ishdan bosh kо‘tarib). Men ham kо‘rdim. Xuddi suvning о‘zi! Shu ish Ametning xayoliga qayoqdan kepqoldi ekan-a?.. 63 T i l o v b ye r g a n. Bilasan-ku, kitobni kо‘p о‘qigan u. О‘ziyam kallali. О‘tagan maxsumning bolasi-da, mullazoda! G ye n j a m u r o d. Mullangning bolasi bugun allaqaylarda salat kesib yuribdi. Kallali emish!.. J u m a b o y. Kim nima desa desin, baribir zо‘r ish bо‘ldi shu. Malades Amet! G ye n j a m u r o d. Bobong kо‘rmaganidan keyin bu hammasi bir pul, oshnam! О‘sha kishi uchun qilindi-ku, tо‘g‘rimi? T i l o v b ye r g a n. Shunday, shunday. Bо‘lmasa kimga kerak edi bu tashvish, bu tomosha! (Daf’atan kuyinib, iztirob bilan.) Haqiqatan ham, haqiqat yо‘q ekan-a, jо‘ralar! Anovi xorazmlik ham va’dani katta qilib, hammamizni laqillatib ketdi. Shaxsiy kо‘llari bor emish!.. Nomard ekan, qip-qizil nomard! Biz esak, ahmoq bо‘lib qayiq yasab о‘tiribmiz unga! He, enangdi sendaqa!.. G ye n j a m u r o d (battar olov qalab). Sen esa, bobo kelib qolsa kо‘rmasin deb, qayiqlarini manovi qо‘shnining somonxonasiga yashirib yuribsan!.. J u m a b o y (yerda yotgan sim о‘ramini bir tepib). Nomard ham gapmi!.. Ikki kunga qoldirmay olib kelaman degan odam, qorasiniyam kо‘rsatmadi-ya! Huv, bobomiz ketganining ertasi kuni edi-da, a? T i l o v b ye r g a n. Bir haftalar bо‘pqoldi-yov... G ye n j a m u r o d. Roppa-rosa sakkiz kun!.. Xuddi shu choq chetan eshik g‘iyqillab, Orol bobomizning о‘zi paydo bо‘ladi! Bir lahza hayratda qotgan shogirdlar guvva borib, talasha-tortisha uning bо‘yniga osiladi: “Keldingizmi, bobojon, keldingizmi?”, “Ustoz, ustoz!”, “Sog‘inib ketdik sizni, bobo!..” O r o l b o b o (ularni baravar bag‘riga bosib, kо‘zlari jiqqa yosh). Chirog‘larim!.. Sherlarim, burgutlarim... Shogirdlari cholni kо‘tarib kelib, e’zoz bilan xos о‘rindig‘iga о‘tqazadilar. О‘zlari yon-verida chо‘nqayib, allanechuk achinish aralash unga kо‘z tikadilar. 64 T i l o v b ye r g a n (yig‘lamsirab). Nima bо‘ldi sizga, bobojon, buncha qolib ketdingiz? O r o l b o b o (qо‘l siltab.) E, sо‘ramanglar, bolalarim... Qochdim, qochib keldim! Kо‘rdilaring, “mazangiz yо‘q, mazangiz yо‘q” deya nima balodir qilib uyiga olib ketdi-yu, qamab qо‘yganday ahvolga soldi-ya meni! Anovi dо‘xtir dugonasi kunda ikki mahal ukol qilib ketadi, uxlaganim uxlagan, kо‘zlarimni ocholmayman! Deputatligiga kerakmish-da kasofatning... Xayriyat, bugun peshinlarmidi, tо‘p-tо‘sindan bir odam yо‘qlab kelib, “Shogirdlaringiz ne xayolda sizga qarab о‘tiribdi”, desa bо‘ladimi! Xizrmi deysan, allaqayoqlardan daraklab boribdi-yey! Sizlarni eshitdimu qо‘ygan poyloqchilarini ham dog‘da qoldirib, kо‘zni ishqay-ishqay yо‘lga tushdim... T i l o v b ye r g a n (о‘rnidan irg‘ishlagudek). Xorazmlik, xorazmlik! Nomard emas ekan-a!.. O r o l b o b o. Unisini bilmadim, bolam. Ammo juda-a siposifat о‘zi! Mudrab-garangsib yotuvdim, na otini sо‘rabman, na kimligini. Qarang-a, umrimda kо‘rmagan notanish bir kishi!.. Ha, aytganday, xо‘shlashayotib, “Shogirdlaringizga salom ayting, ishlarim kо‘payib qoldi, biror haftalarda xabarlasharman”, deydi. Sizlarni qayoqdan biladi, hayronman. Tanish ekansizlar-da? J u m a b o y (sheriklariga kо‘z qisib, vazminlik bilan). Sizning shogirdingiz bо‘lganimizdan keyin bizni ham birov-yarim tanib qolgandir, qaydam. Dunyoda insofli odamlar ham bor deysiz-ku о‘zingiz, bobo! О‘shanday insonlardan bо‘lsa kerak-da u. Insofli odam boshqa bir insofliga qayishib yuborsa nima qipti?! O r o l b o b o. Kim bо‘lsayam baraka topsin ishqilib, baraka topsin!.. Hay, о‘zlaringdan gapiringlar, qani? Ametboyimiz kо‘rinmaydi?.. (Shogirdlari yerga Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling