Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-mavzu: Uzbek dramaturgiyasining dastlabki davri 1. Dramaturgiyada ilk izlanishlar
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Asarda remarkaning о‘rni nimada? 2. Asarni yozishda dramaturg mahorati va g‘oyaning о‘rni haqida gapiring 3. Dramaturgning asar ustida ishlash prinsiplari nimada? 4-mavzu: Uzbek dramaturgiyasining dastlabki davri 1. Dramaturgiyada ilk izlanishlar 2. Jadidlar kim va ularning qilgan ma’rifat yо‘lidagi fidoyiligi 3. Behbudiyning “Padarkush” asarining tarbiyaviy ahamiyati Biz adabiyot tarixiga nazar solsak. Bizga ma’lumki, eramizdan avvalgi XIII-V asrlarda – dunyo adabiyoti, aniqrog‘i grek adabiyoti rivoj topdi. Grek adabiyotining о‘lmas daholari Gomer, Sofokl, Esxil, Aristofanlar yuzaga keldi. Ularning badiiy asarlari qariyb uch ming yildan beri dunyo xalqlarining ma’naviy durdonalari bо‘lib kelmoqda. 30 Undan keyin Rim adabiyotida yuksalish bо‘ldi. XVI asrda Yevropa xalqlaridan ingliz adabiyotida adib Shekspir, Marlo kabilarni adabiyot maydoniga chiqish dunyo madaniyati rivojiga yorqin rang bо‘lib kо‘rindi. XVIII asrda Gyote, Shillerlar olmon xalqi madaniyatiga shon-shuhrat keltiradi. XIX asrda Gyugo, Dyuma, Standel, flober, Mopassanlar fransuz adabiyotining о‘lmas daholari bо‘lib qad kо‘tardi.Bu davrlarda rus adabiyoti ham о‘zining Pushkin – Turgenov.Chexov, Gogol kabilar bilan dunyo ma’naviyatiga ulkan hissa qо‘shdi. О‘zbek adabiyoti ham qariyb ming yillik davrida “Alpomish”, “Tohir va Zuhro” kabi xalq dostonlari. Mahmud Qoshg‘ariy, Yassaviy, Navoiy, Bobur, Ogahiy, Nodira kabi о‘nlab daho adiblarning asarlari bilan dunyoga yuz tutdi. XX asrda о‘zbek adabiyoti Abdulla Qodiriyning nasriy- romanchilik asarlari bilan boyidi. Dramaturgiyaga asos solindi. Oybek, Abdulla Qahhor, Said Asqad, Mirmuxsin, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, О‘lmas Umarbekov, О‘tkir Hoshimov kabi iste’dodli adiblar nasriy asarlarni rivojlantirishgan bо‘lsa, о‘zbek adabiyotining nazm yо‘nalishing XX asr gulshanini yaratgan G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Shayxzoda, Shukrullo, Asqad Muxtor, Turob Tо‘la, Ramz Bobojon, Hamid G‘ulom, Erkin Voxidov, Anvar Isroilov, Jamol Kamol, Abdulla Oripov kabi о‘nlab iste’dodlar qad kо‘tardi. Dramaturgiyada yorqin iz qoldirgan adiblarni filologiya fanlari doktori Hofiz Abdusamadov о‘zining “Drama nazariyasi” kitobida milliy adaiyotimiz xalq xayotiga juda yaqinlashib ketdi, u bilan uyg‘unlashdi, uni sevimli adabiyoti bо‘lib qoldi. Xuddi ana shu davrda eng qiyin janr bо‘lgan dramaturgiya paydo bо‘ldi va u baquvvat namunalarini bera boshladi. Nihoyat, ular rivoj topgan mamlakatlarda yaratilgan pyesalar bilan raqobatlasha oladigan saviyaga kо‘tarildi. Bunga Behbudiy, Xamza, Fitrat, CHо‘lpon, Yashin, Abdulla Qahhor, Uyg‘un Shayxzoda, Sobir Abdulla, G‘ulom Zafariy, Xurshid, Said Ahmad asarlarining ayrimlari chet mamlakatlarning sahnalaridan joy olib tomoshabinlarni ijobiy baholariga sazovor bо‘lganini asos qilib olishimiz mumkin. Bulardan tashqari Izzat Sulton, Nazir Safarov, Ziyo Said, Zinat Fatxullin, Umarjon Ismoilov, Shukrullo, Erkin Vohidov, О‘lmas Umarbekov, Ramz Bobojon, Hamid G‘ulom, Odil Yoqubov, Abdulla 31 Oripov A.Irohimov, Sharof Boshbekov,, Haydar Muhammad, M.Xayrullayev, S.Imomov kabi qator dramaturgalar yetishib chiqdiki, ulardan har birini о‘ziga xos badiiy xizmatlari bor” 1 . Bu nomlar qatoriga aniq faol ishlayotgan dramaturg Xayitmat rasul, Erkin Hushvaqtov, S.Sirojiddinovlarni qо‘shish mumkin. О‘zbek dramasining tug‘ilishi jadidlarning о‘zbek milliy teatr san’atini yaratish yо‘lidagi faoliyatlari bilan bog‘liq. Ular teatrni milliy madaniyatning yangi shakli sifatida targ‘ib qilish bilan birga, uning g‘oyaviy asosini tashkil etuvchi repertuar – drama, tragediya va komediyalarni yaratish, ijrochi truppalarni uyushtirish, ularning iqtisodiy va boshqarish muammolarini hal etishni ham о‘z zimmalariga oldilar. Jadidlar о‘zbek teatrining ham targ‘ibotchisi, ham yaratuvchisi bо‘lib maydonga chiqdilar. Ularning kо‘pchiligi bir vaqtda targ‘ibotchi, tashkilotchi, dramaturg, rejissyor, aktyor sifatida ijod qilgan fidoyilar edilar. Ular asosan Ma’rifat orqali insonlar ongu-shuurini tarbiyalashni, nodonlikka qarshi kurashishni, xalq madaniyatini kо‘tarishni, eski urf-odatlarni tanqid qilishni maqsad qildi va bu intilish jadidchilar yozgan pyesalarning g‘oyaviy asosini belgilab berdi. Jadid teatri va dramaturgiyasining muhim xususiyati — uning oila hayotini tasvirlash bilan inson qalbiga kirib borish, uni ma’rifiy tarbiyalash va shu orqali jamiyat hayotida avj olib borayotgan milliy uyg‘onish g‘oyalarini tarannum etishda kо‘ringan edi. Jadid ma’rifatparvarlari yoqqan ma’rifat mash’ali qariyb 1930- yillarga qadar yangi g‘oya va intilishlar bilan teatr hamda dramaturgiyaga kirib kelgan ahli san’at yo’llarini yoritib turdi. Ma’rifatparvarlik g‘oyalari singdirilgan Mahmudxо‘ja Behbudiyning «Padarkush» fojiasi (1914 yil 27 fevralьь) о‘zbek teatrining asosiy yо‘nalishini belgilab berdi. «Padarkush»dan keyin «Turon» truppasi Abdulla Qodiriyning «Baxtsiz kuyov», Abdulla Avloniyning «Advokatlik osonmi?», «Pinak», Hoji Mu’inning «Mazluma xotin» pyesalarini sahnalashtiradi. 1 Ҳ.Абдусаматов “Драма назарияси”. Тошкент 2000 йил Ғ.Ғулом. “Адабиёт ва санъат” нашри. 5 б 32 “Butun jadid dramasi mohiyatiga kо‘ra ma’rifatchilik yо‘nalishida rivojlandi va Yevropa dramaturgiyasining realistik prinsiplariga tayandi. Ular eng avvalo qahramonlar obrazlarining xarakterini ochish, syujet va kompozitsiya tuzish, shuningdek ijtimoiy va sotsial qarama – qarshiliklarni aniqlash kabilarda о‘z ifodasini topdi. M. Behbudiy, A.Avloniy, Hamza, G‘.Zafariy, Fitrat kabi adiblarning asarlari bunga misol bо‘ladi. О‘sha paytlardayoq mavzuiy va uslubiy farq ochilib qoldi. Tarixiy mavzudagi va zamonaviy muammolarga bag‘ishlangan pyesalar paydo bо‘ldi. Dramaturglar tragediya, dramalar yozdilar, ular dastlab havoskorlar jamoalarida, sо‘ngra professional teatrlar sahnalarida namoyish etildi” 1 . О‘zbek milliy teatrining beshigi bо‘lgan «Turon» teatr truppasi о‘zbek adabiy dramasi bilan bir zamonda tug‘ilib, bir sharoitda shakllanish jarayonini boshidan kechirdi. Oktabr tо‘ntarishi Turon xalqlarining boshiga tushgan ofat deb ta’riflandi. Dramaturglar Milliy istiqlolga chorlovchi «Temur sag‘anasi» (1918), «Chin sevish» (1920), «Hind ixtilolchilari» (1923) kabi asarlar yozdi. Hamza Hakimzoda Niyoziy esa «Boy ila xizmatchi» pyesasida erkini boy berib, bosqinchining quliga aylangan davlatda xalqning ikki tomonlama – mahalliy va kelgindi hokimlar zulmi ostida qolganini bayon etdi. О‘zbek teatrining tug‘ilganiga о‘n yil bо‘lmayoq Abdurauf Fitratning «Chin sevish», «Abulfayzxon», CHо‘lponning «Yorqinoy», Hamza Hakimzodaning komediya va dramalarining yaratilishi, eng qimmatlisi, bu asarlarni ovrupacha drama estetikasi talablari darajasida bо‘lishi shu izlanishlarning mantiqiy natijalari edi. Shu davrda о‘zbek dramaturgiyasi barcha yо‘nalishlar bо‘yicha rivojlanish yо‘liga kirdi. Drama, komediya, satirik komediya, tragediya, musiqali drama janrlarida yetuk asarlar paydo bо‘ldi. Fitrat va Hamzaning yuqorida nomlari tilga olingan pyesalaridan tashqari, yana Hamzaning «Tuhmatchilar jazosi», «Kim tо‘g‘ri?» (1918), «Burungi saylovlar», «Burungi qozilar yoxud Maysaraning ishi» 1 Тўлахўжаева М. 33 (1926), «Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi», «Jahon sarmoyasining oxirgi kunlari» (1927), Fitratning «Abo Muslim» (1919), «Arslon» (1926), G‘ulom Zafariyning «Halima» (1920), Uyg‘urning «Turkiston tabibi» (1918), CHо‘lponning «Yorqinoy» (1920), «Hujum» (V.Yan bilan hamkorlikda), Xurshidning «Farhod va Shirin» (1923), «Layli va Majnun» (1924) pyesalari shular jumlasiga kiradi. 1918 yildan 1920 yilning oxirigacha truppa rahnamosi Mannon Uyg‘ur Hamzaning «Zaharli hayot», Fitratning «Abo Muslim», «Chin sevish», G‘ulom Zafariyning «Halima», О‘rdubodining «Andalusning sо‘nggi kunlari», G‘ozi Yunusning «Zohhoki moron» singari katta hajmdagi yirik pyesalari qatorida, Abdulla Qodiriyning «Baxtsiz kuyov», Abdulla Avloniyning «Advokatlik osonmi?», о‘z qalamiga mansub «Turkiston tabibi», «Fanniy uy» singari komediyalarni va G‘ulom Zafariyning «Tilak», «Yomon о‘g‘il», «Rahmli shogird» singari bir pardali va kichik hajmdagi bolalar tarbiyasiga oid qator pyesalarni sahnalashtiradi. «Halima» musiqali dramasining talqin amallari uni hali о‘zbek sahnasida misli kо‘rilmagan mumtoz spektaklьь darajasiga kо‘tardi. U G‘ulom Zafariy sо‘nggi marta hibs etilib (1937), asar sahnadan olib tashlangunga qadar, о‘n yetti yil mobaynida tinimsiz, «anshlag» holda namoyish etildi. Asar xalq dramasi shaklida talqin etildi. Muallif va teatr xalqimizning oila, odob aqidalari, asriy odatlarini zо‘r badiiy ta’sir kuchi bilan akslantirdi. Natijada tomoshabin, M.Behbudiy ta’biri bilan aytganda, sahna oinasida kо‘pchilikka xos turmush tarzi va odatlarini kо‘rib, mulohaza va taassurot girdobiga g‘arq bо‘ldi. О‘zbek sahnasida milliy musiqali drama yaratsa bо‘ladimi, deya ijod ahlini qiynayotgan savolga ham bu spektaklьь javob bо‘ldi. «Halima» spektakli xalqning yashash tarzida eski urf-odatlar inson baxti uchun tamoman zid ekanini muallif va teatr jamoasi har tomonlama ochib berishni asosiy vazifa qilib belgilagan edi. Inson tug‘ilib dunyoga kelar ekan, u hali har qanday odat, rasm-rusumlardan xoli va erkin bо‘ladi. Bu hayotning oddiy haqiqati. 34 Shu oddiy haqiqatni muallif va teatr Nilsiz-bо‘yoqsiz yetakchi mavzularning biri qilib oladi. «Halima» spektakli misolida boshlangan tajriba Xurshidning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» pyesalarini sahnalashtirishda davom etdi. Xurshid sahna faoliyatini teatrda suflyorlikdan boshlagan, «Halima» spektaklini sahna jarayonining ichida pishib yetilgan Uyg‘urning safdoshlaridan, sahna sirlarining bilimdonlaridan edi. Uning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» pyesalari Alisher Navoiy va Fuzuliy asarlarining tom ma’nodagi inssenirovkalari bо‘lmay, xalq afsonalari asosida oddiy tomoshabinga tushunarli tilda yaratilgan asarlar edi. Bu tо‘g‘rida muallifning о‘zi har ikki asar mazmunini xalq afsonalari tashkil etgani, о‘rni bilan Navoiy va Fuzuliy dostonlaridan foydalanilganini aytgan. 2 Musiqali dramadek murakkab sintetik san’at janrining paydo bо‘lishi ham о‘zbek xalqining benihoya boy badiiy merosga egaligi va shu merosni zamonaviy teatr tiliga kо‘chira oluvchi sohibi talantlar borligi bilan bog‘liq edi. Dastlab kichik musiqali sahnalar tarzida kо‘ringan bu janr G‘ulom Zafariyning «Halima», Xurshidning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» asarlarining yaratilishi bilan о‘zbek teatrida alohida san’at yo’nalishi tarzida taraqqiy topdi. Ta’kidlash lozimki, о‘tmishda bu «folklor janr, о‘tkinchi, opera san’atiga о‘tishda kо‘prik vositasi xolos» degan fikr-mulohazalar musiqali drama yo’liga qanchalik tо‘siq bо‘lmasin, u rivojlanishda davom etaverdi. Ham sof drama, ham musiqali drama asarlarini sahnalashtirishga qaratilgan «Musiqali drama va komediya teatri» deb atalgan viloyat teatrlari drama borasida hozirgi Milliy akademik drama teatridan, musiqali drama sohasida 1930-yillarda Respublika musiqa teatri, keyin Muqimiy nomidagi musiqa teatri tajribalariga suyandi va har biri san’atimiz xazinasiga ulush bо‘lib qо‘shilgan badiiy-estetik qadriyatlarni yaratdi. 30-yillar о‘zbek teatri tarixida, bir tomondan, sahna san’atida professionalizm, badiiy mahorat yuzasidan erishilgan yirik yutuq va ixtirolar davri bо‘ldi. 2 Ўзбекистон Бадиий академияси Санъатшунослик илмий тадқиқот институтининг қўлёзмалар захираси. Ж.Х-98 №246. 35 Shu davrdan boshlab K.Yashin qalamiga mansub pyesalar «О‘rtoqlar» komediyasi musiqali teatr, «Yondiramiz» dramasi 1932 yili Hamza va viloyat teatrlari sahnasidan о‘rin oldi. K.Yashin bilan oldinma keyin dramaturgiyaga Umarjon Ismoilov «Paxta shumg‘iyalari», «Rustam», Ziyo Said va Nazir Safarov «Tarix tilga kirdi», Sotti Husayn «Loyqalar», «G‘alaba», Zinnat Fatxullin «Burgut yanchildi», «Niqob yirtildi», «Istiqlol», «G‘unchalar» singari pyesalari bilan kirib kelishdi. K.Yashin «Ikki kommunist» pyesasini «Tor-mor» nomida qayta ishlab, ketma-ket «Gulsara» 3 (1934), «Nomus va muhabbat» (1935) asarlarini yozdi. Bu asarlarning hammasi respublikadagi mavjud teatrlarning repertuaridan о‘rin oldi. Nazir Safarovning «Uyg‘onish» dramasi 30-yillarning oxirida yozilib (1938), Hamza nomidagi teatr sahnasida qо‘yilgan (1939) sо‘nggi pyesa edi. 1941 yili Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan sovet hukumati va kompartiya xalq orasida frontga safarbarlik, dushmanga qarshi kurash ruhini kuchaytirish uchun vatanparvarlik namunasi bо‘lgan tarixiy shaxslar va xalq qahramonlari jasoratini adabiyot va san’atda aks ettirishga da’vat etadi. Shu bahona bilan ilgari man etilgan tarixiy mavzularga bir qadar yо‘l ochilganday bо‘ladi. Yuzaga kelgan imkoniyatdan о‘zbek dramaturglari va teatrlari unumli foydalanadilar. Safarbarlik mavzuidagi K.Yashinning «О‘lim bosqinchilarga», (1941-1942), «Davron ota» (S.Abdulla bilan hamkorlikda, 1942), «Oftobxon» (1944), Uyg‘unning «Ona», Sobir Abdullaning «Qо‘chqor Turdiyev» (1943), S.Abdulla, H.Olimjon va Uyg‘unning «О‘zbekiston qilichi» (1943) drama va musiqali dramalari bilan birga Hamid Olimjonning «Muqanna» (1943), Uyg‘un va Izzat Sultonning «Alisher Navoiy» (1942), Maqsud Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» (1944) tarixiy dramalari, A.Kozlovskiyning «Ulug‘bek» (E.Kaplan, S.Mixoels) ,O.Chishkoning «Mahmud Tarobiy» (Oybek, 1944) operalari vujudga keladi. Biroq gо‘yo «tarixiy о‘tmish ideallashtirilgan» bu asarlarni о‘tkazish jarayoni og‘ir kechadi. 3 М.Муҳамедов билан ҳамкорликда. 36 Jahon urushining oxirlab qolgan 1944 yili Uyg‘unning tinchlik davrini esga soluvchi qishloq hayoti mavzuidagi «Qaltis hazil» komediyasi paydo bо‘ladi. Pyesa chini bilan hazil-mutoiba yо‘li bilan yozilgan, xilma-xil tabiatli insonlarning qiyofasini mahorat bilan ta’riflab beruvchi maroqli komediya edi. Uyg‘un shu pyesasidan e’tiboran qishloq, kolxoz hayoti mavzuini urushdan keyingi ijodida atroflicha yoritishni izchillik bilan davom etdtiradi. U 1947 yili «Hayot qо‘shig‘i» dramasini, «Oltin kо‘l» musiqali dramasini, 1949 yili «Navbahor» pyesasini yozadi. Har uchala asar poytaxt va viloyat teatrlari sahnasida uzoq vaqt namoyish etiladi. Bu pyesalarda tinch, halol mehnatga asoslangan turmushning qadriga yetish, eskilik bilan yangilik orasidagi kurash, xotin-qizlar tashabbusini rag‘batlantirish singari mavzular kо‘tariladi. Ana shu mavzu 1958 yilda yozilgan «Hurriyat» pyesasida davom etadi. Ikkinchi jahon urushida о‘zbek xalqining ishtirokini yorituvchi mavzuga K.Yashinning 1949 yili yozilgan «General Rahimov» tarixiy dramasi bilan nuqta qо‘yadi. 50-yillar avvalida dramaturgiyaga tajribali yozuvchi Abdulla Qahhor bilan birga Bahrom Rahmonov, Odil Yoqubov boshliq yangi avlod kirib keladi. Abdulla Qahhor ilk «Shohi sо‘zana» («Yangi yer», 1950-1952) komediyasida Uyg‘unning «Qaltis hazil» komediyasidan keyin sahnada kulgi janrini jonlantirish bilan birga hazilni chinga burishga, komediyaning asosiy vazifasi kulgi bahona jamiyat va inson tabiatidagi nuqsonlarni ochib tashlashdan iborat ekaniga e’tiborini qaratib, izchillik bilan ish tutadi. Agar «Shohi sо‘zana»da kulgining fosh etuvchi kuchi u qadar sezilarli darajada bо‘lmasa, «Og‘riq tishlar»da (1954) jiddiy tus olib, «Tobutdan tovush»da (1962) avjiga chiqadi. Pyesa «Sovet voqeligini buzib kо‘rsatish» aybi bilan qoralanadi. Bundan о‘n yilcha avval Bahrom Rahmonovning ilk yozgan «Yurak sirlari» (1953) komediyasi ham shunday hukmga duchor bо‘lib Hamza nomidagi teatr tomonidan sahnalashtirilgan spektakli tо‘xtatib qо‘yilgan edi. Biroq uzoq davom etgan muhokama, bahslardan sо‘ng, jamoatchilik va mutaxassislarning himoyasida sahnada tiklanib, tamoshabinning sevimli va umri 37 boqiy spektakllari safiga о‘tadi. «Tobutdan tovush» komediyasining spektakli bilan ham xuddi shunday voqea yuz beradi. Odil Yoqubov zamon va zamondoshlar qulfi-dili, orzu-armonlari, yoshlarning azmu-qarorlari sadosi uyqash keng qamrovdagi mavzularni «Chin muhabat» (1955), «Sadoqat» (1957), «Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim» (1958) pyesalarida timsollarning о‘ziga xos ishtiyoqli kechinmalarini, jonli sahnalarda kо‘rsata olganligi bilan Hamza nomidagi teatr e’tiborini о‘ziga tortadi. Shu pyesalarning hammasini teatr birin-ketin sahnalashtiradi. Odil Yoqubov jamoaning ishonchli mualliflari safidan о‘rin oladi. 1959 yili Hamza nomidagi teatrda qо‘yilgan Ramz Bobojonning «Tog‘a va jiyanlar» komediyasi dramaturgiyada A.Qahhor va B.Rahmonov pyesalaridagi tanqid va satira yо‘nalishini davom ettirishga da’vat sifatida ahamiyatli bо‘ldi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling