Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
sо‘zda tо‘xtab sо‘zlaydi). Otamiz qishlog‘imizning nomini farzandlar uni-tib
yubormasinlar niyatida ismu sharifimizga Chaganani ham qо‘shganlar. Uchuvchi. Bu kishini qishlog‘imizga kelayotganlarini eshitib, men ham hamma ishni yig‘ishtirdim-da, ergashib kelaverdim. Otangizni bir kо‘rmoq niyatim bor edi. Shokir. Bizning ota mashhur-da, uchuvchilar ham osmonlarini tashlab, huzur- lariga tashrif buyuradilar. Uchu vchi . Otangiz tabarruk odam. Menga bir yaxshiliklari о‘tgan... Ana shunga- yam о‘ttiz yil bо‘libdi! Vaqgning о‘tishini qarang! Amakini bir kо‘rib kо‘ngillari- ni olay deb yuribman. Oxir mana, Muhammad aka bilan topishganimizda, nasg‘ qiladigan bо‘lib turibdi. Xorijlik. Biz asli chaganalikmiz. Ota-bobomizning kindik qoni tо‘kil-gan tuproq— shu joy. Men Afg‘onistonga ketganimizda uch oylik chaqaloq ekanman. Otamni SHо‘rolar qamashgan. Ushanda "tilla top" deb о‘zbekni qama-qama qilishgan ekan. Qarindoshlar maslahatlashib Afg‘onga ketishmoqni ixtiyor etishgan. Kechasi 79 bitta-bitta "YO Afg‘oniston, qaydasan?" deb ketishaverishgan. Men ham onamni qо‘lida musofir bо‘lib ketganman... Avval Afg‘onistonda yashadik. Keyin Makkada о‘n besh yil bо‘ldik, hozir Ameriqoda iste’qomat qilyapmiz... Eshmamatov. Vatanni sog‘inib kelibsiz-da, Mustaqillik sharofatidan... Xorijlik. Sog‘inchdan gapirmang! Hammani Vatani bor — bizning Vatani-miz yо‘q edi... Farangiston bir qadam yо‘l, Japon bir qadam yо‘l. Faqat bizning Vatanga yо‘l yо‘q. Umr bо‘yi yur — yetolmaysan. Qanchadan-qancha odam "Vatan, Vatan" deb qon yig‘lab, о‘lib ketdi... Makkada bir Muzaffar maxsum degan odam bor edi. О‘sha, "SHо‘ro baribir yо‘q bо‘ladi. Odamlarga shuncha jabr- zulm о‘tkazgan saltanatni parvardigori egam sog‘ qoldirmaydi. Agar Vatan ozodlikka erishganini eshitsam, oyoq-qо‘lim shol bо‘lib yotgan ersam ham, Vatan sari о‘n qadam о‘rmalab, sо‘ng о‘laman", deb g‘urur bilan lutf etardilar. Istiqlolni men Ameriqoda eshitdim. Makkalik birodarlarimizning aytishlaricha, bu mujda yetganda, Muzaffar maxsum jon uza-yotgan ekanlar. Quloqlariga qichqirib aytishibdi. "Jon berayotgan bechoraning kо‘zi yarq ochildi — xuddi payg‘ambarni kо‘rgan odamning kо‘ziday yaraqlab ketdi", deyi-shadi. Eshmamatov. Shu gapingiz tо‘g‘ri emas. Odamlar Makkaga borib о‘lishni orzu qilishadi. SH o k i r. Muhammad aka, mana shu Eshmamatov juda musulmon odam. Kuni toat- ibodatda о‘tadi. Birovni haqiga xiyonat qilmagan. Tumandagi odamlarni murod- maqsadiga yetkazib, kommunizm... kechirasiz... Amerikadan ham о‘tkazib, bozor iqti- sodi qilib yubordi. Endi bir orzusi qolgan — Makkaga borib о‘lmoqchi... Xorijlik (Shokirning ohangini anglamay). Murodlariga yetsinlar... Odam-ning kо‘ngli xudoga yaqin bо‘lsa, hamma joy Makka... Shokir. Qishloqqa mehmonga kelib yaxshi qilibsiz... Xorijlik. Onam rahmatlik Chaganadan kо‘p hikoya qilar edilar. "Chagana-ning tо‘rt tarafini tog‘ о‘rab turibdi. Hovlimiz Chaganani kesib о‘tgan katta soy-ning yoqasida. Uyimiz Chaganadagi eng kо‘rkam uy. Hovuzi bor. Tegrasi tol"... U-bu joyga kirib chiqdik, hech kim bilmadi. Odamlar, bilsa, sizning otangiz bilishi-ni aytishdi. SH o k i r. Bizning ota hamma narsani biladi! 80 Eshikda chol kо‘rinadi. Boshida salla. Boshdan-oyoq oq kiyimda: yaktagi ham oq. Qо‘lida hassa. U shu turishida, payg‘ambargami-yey, avliyogami-yey о‘xshaydi. Bozorboyev cholni ortidan hozirgina xalqni qoyil qilgan sehrgarday, ikki qо‘lini yoyib, quvonch bilan yurib kelyapti. Hamma о‘rnidan turadi. B oz orb o ye v . Mana, boboy sog‘-salomatlar! Bir "kuf-suf" dedim-da, kasal-laridan forig‘ qilib, mehmonlar istiqboliga olib chiqyapman! Shokir. E xudoga shukur, ota! О‘zingiz yurib boqqa chiqibsiz-a! Keling! Keling! Chol birin-ketin hamma bilan qо‘l olishib, Xorijlik va Uchuvchi bilan quchoqlashib kо‘rishadi. Keyin stol atrofiga о‘ltirmoqchi bо‘ladi, ammo dasturxondagi ichimliklarga kо‘zi tushgach, nariroqqa stul qо‘yishni ishora qiladi. Uchuvchi chaqqon turib ikki stulni olib, narirokxa qо‘yadi. Biriga cholni о‘tqazib, ikkinchisiga о‘zi о‘tiradi. Eshmamatov. Hech kasalga о‘xshamaysiz. Tumanimizning peshqadam mehnat faxriysi "kasalman" deb yotaversa, islohotlarni amalga oshirishda rahbariyatga kim yordam beradi! Bu yoshlarni sizga о‘xshagan faxriylarimiz boshqarib tursa, bo-zor iqtisodiga tezroq kirib boramiz. Doim sog‘ bо‘ling! CH o l. Qulluq, raykum ulum, qulluq! B o z o r b o ye v . Eshmamatov akamlar, raykom emas, tumanimizning hokimi bо‘la- dilar... Raykom endi qolib ketdi! Chol. Mayli, kim bо‘lsalar ham raykumlar-da!.. Bugun tuzukman... Samarqandga gfarga borishimizni eshitib, birdan yengil tortdim... Mehmonlar yо‘qlagan ekan-lar, о‘zim yurib chiqmasam, uyat bо‘ladi deb... (Xorioklikka.) Xush kelibsiz! Xorijlik. Xushvaqg bо‘ling! Bu Samarqandga dam olish kunlari tushib tur-salaring kerak-da? CH o l. (Kulib.) Bir umr mehnat qilib, dam olish kunim endi kelganga о‘xshaydi, mehmon. Nasib etsa, Samarqandga birinchi borishim bо‘ladi. Xorijlik. Tushunmadim... Qaysi Samarqandni aytyapsiz? Shokir. Mehmon, ajablanmang, о‘sha Amir Temirning poytaxti Samarqand-ni aytyapmiz... 81 Xorijlik. Samarqand bir qadam yо‘l-ku! Nahotki... Barakalla-e sizlarga!.. Shokir. E, bizning xalq, mehmon, qо‘yday gap. Qorni tо‘ysa, issiqda erib yotaveradi. Faqat sо‘yishayotganda bir "ba-a" deydi, xolos. Oyoq-qо‘lini bog‘laguncha ham indamaydi. "Meni oyoq-qо‘limni bog‘layapti-ku" deb о‘ylab ham kо‘rmaydi. Fa-qat bо‘g‘zi shartta kesib tashlangandan keyin, jonholatda tipirchilaydilar... Men Amerikaga har borganimda qoyil qolaman. Bitta xо‘jayin bor. Qonun! Bizda qonun yozganlarni о‘zi qonunni buzadi. Mana, ikkita qonunbuzar о‘tiribdi! Xalqining boshida nima savdo borligi bilan bir tiyinlik ishlari yо‘q! CHо‘ntaklari tо‘lsa bо‘ldi! Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling