Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Dramaturg maqsadi nimada? 
2. Asarda hayotiy mavzularning о‘ziga xos jihatlari haqida gapiring? 
3. Sahna va uning hayotiylik bilan uzviylik bog‘liqligi nimada? 
4. Asarlardan parcha keltiring misollar asos bо‘lsin. 


94 
 
11-mavzu: 
Inssenirovka tushunchasi 
1. Dramaturglar ijodida inssenirovkaning о‘rni 
2. Inssenirovka haqida tushuncha 
3. Sahnada inssenirovka qilingan asarlarning sahnalashtirilishi 
Yaqin о‘tmishimizning mumtoz adiblaridan sanalmish Abdulla Qodiriy, 
CHо‘lpon, G‘afur G‘ulom, Oybek va boshqalarning mashhur roman, hikoya va 
qissalari ham inssenirovka shaklida sahna uchun tayyorlanib, milliy teatrimizning 
yuksak dramatik manbaga bо‘lgan ehtiyojini qondirib keldi. Bu badiiy 
polotnolarda xarakterlar kuchli va jо‘shqin pafosga boyligi, sof milliy kolorit va 
ruhiyatning ustunligi, inson shaxsi va tabiatining murakkab jihatlari, ba’zan 
ehtirosu mushohadalarga chо‘milgan, ba’zida ta’qibu ta’nalarga qarshi turgan 
isyonkor shaxslar, millat dardu g‘amida yashayotgan fidoyi zahmatkashlar siymosi
kо‘zga tashlanadi. Aynan shu xususiyatlari bilan ham mazkur sahna asarlari 
xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi.
Milliy mumtoz adabiyotimizning sahnaviy talqinlarini yaratish jarayonida 
teatr ijodkorlari inssenirovka atalmish dramaturgik hodisaning nechog‘lik muhim 
ahamiyat kasb etishi, bir asarni boshqa san’at turiga kо‘chirish naqadar murakkab 
va zalvorli vazifa ekanini anglab yetishdi. Boisi adabiy asarning jozibador tili, 
qahramonlarning sо‘zlar vositasida bunyod etilgan zohiriy va botiniy qiyofasi, 
yozuvchi tasavvuri ila qog‘ozga tushgan chiroyli tasviru ohorli о‘xshatmalar 
inssenirovkachi tomonidan nozik his etilmasa, adabiyot teatr san’ati bilan murosa 
qilolmaydi. Mumtoz asarlarni sahnaning ifodaviy tiliga kо‘chirishda avvalo
tasvirlangan muhit va hodisalar mohiyatini chuqur anglash, xalq xotirasidan joy 
olgan qahramonlar qiyofasini gavdalantirishda ularning shaxsi, ijtimoiy faoliyati, 
dunyoqarashi, о‘y-hayollari, bir sо‘z bilan aytganda, jamiyki estetik 
kategoriyalarini hisobga olish zarur ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, inssenirovka 
muallifi mumtoz adabiyot namunasini qо‘lga olganida, asarning ayni davr bilan 


95 
mushtarak jihatlarini topishi, boshqacha aytganda, moziydan turib, bugunga nazar 
tashlay olishi lozim.
Milliy mumtoz adabiyotimizning yaqin о‘tmishini ma’rifatparvar adib 
Abdulla Qodiriy ijodisiz tasavvur qilib bо‘lmaydi. Ayniqsa, uning “О‘tkan kunlar” 
1–tom ma’noda millatning qon-qoni, vujud-vujudiga singib ketgan, minglab 
kitobxonlar tomonidan sevib, ardoqlab о‘qiladigan, har bir sо‘zi, jumlasi, lafzu 
latofati qalblarga muhrlangan, hanuzgacha о‘z jozibasi, ijtimoiy-adabiy qimmatini 
yо‘qotmay kelayotgan durdona asar, milliy romanchiligimizning eng sara 
namunasidir. Bu tabarruk va mо‘tabar asarni har qancha alqasak, Qodiriy dahosini 
har qancha yuksakka kо‘tarsak oz. Qiziq, aslini olganda biror ishning ibtidosi doim 
ham kо‘ngildagidek chiqavermaydi yoxud taraqqiyotning keyingi pillapoyalari ilk 
tajribani yо‘qqa chiqaradi. Garchi о‘tgan asrning boshlarida Abdulla Qodiriy 
hazratlari ming istihola va iymanish bilan “Yozmoqqa niyatlanganim ushbu – 
“О‘tkan kunlar”, yangi zamon rо‘monchilig‘i bilan tanishish yо‘lida kichkina bir 
tajriba, yana tо‘g‘risi bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi – ibtidoiy 
davrida talay kamchiliklar bilan maydong‘a chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila 
sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir”

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling