Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


“О‘tkan kunlar” romani О‘zbek Milliy akademik drama


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

“О‘tkan kunlar” romani О‘zbek Milliy akademik drama 
teatri sahnasida 
“Otabek va Kumushbibi” spektakli yaratilganiga yetti-sakkiz yil bо‘libdi. 
Mana shu qisqa davr ichida romanga bо‘lgan ma’naviy ehtiyoj yanada ortib, uning 
13
Hamidova N. “O‘tkan kunlar” sahnada va ekranda. // “Teatr” jurnali, 2007y, 3-4sonlar, 46-b 


98 
betakror jilosidan bahramand bо‘lishni istovchilar kо‘payib borayotgani 
kuzatilmoqda. Sababi esa barchaga ayon. Birlamchi, XX asr о‘zbek 
romanchiligida “О‘tkan kunlar” darajasidagi asar dunyoga kelmagan bо‘lsa, 
ikkilamchi, milliy-ma’naviy qadriyatlar, о‘zbek xalqining turmush tarzini 
Qodiriydan о‘tkazib tasvirlaydigan adib ham hali yorug‘ olamga kelgani yо‘q. 
Binobarin, Abdulla Qodiriyning о‘zi “О‘tkan kunlar” romanini yozishga turtki 
bergan omillar xususida sо‘z yuritib, “xalqimizni shu zamonning “Tohir-
Zuhra”lari, “Chor darvesh”lari”, “Farhod-Shirin” va “Bahromgо‘r” lari bilan 
tanishdirishka о‘zimizda majburiyat his etamiz”
14
– deb yozadi. Har zamonning 
о‘z qahramonlari bо‘lganidek, bugun biz yashayotgan XXI asrda ham yuksak iroda 
va matonati bilan xalqimizga о‘rnak bо‘layotgan, tom ma’noda ma’naviy jasorat 
kо‘rsatib yashayotgan Otabek va Kumush singari milliy timsollarga ehtiyoj kuchli. 
Shu ma’noda О‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi xalqimiz e’tiboriga 
taqdim etgan yangi “О‘tkan kunlar” spektakli ana shu xohishu istaklarga javob 
о‘laroq maydonga keldi.
Taniqli dramaturg Erkin Hushvaqtov inssenirovkasi asosida rejissyor 
Marat Azimov sahnaga qо‘ygan mazkur spektakl ulug‘ adib tavalludining 120 
yilligi hamda Milliy teatrimiz tashqil topganining 100 yilligi arafasida dunyoga 
kelishi ham bejiz emas. Zotan, akademik teatr ijodkorlari ana shu qutlug‘ sanalarni 
munosib, xalq yodida uzoq vaqt muhrlanib qoluvchi sahna asari bilan kutib olishni 
rejalashtirgan edi.
Spektaklning dastlabki kо‘rigi, premyeralaridan sо‘ng matbuotda turli 
chiqishlar, ba’zan keskin, hatto boshdan-oyoq tanqiddan iborat
(... О‘tmagan “О‘tkan kunlar”, T. Islomov, “Hurriyat” gazetasi, 09. 10. 2013), 
ba’zida esa bir oz alqab, “suv yо‘g‘ida tayammum” shaklida qabul qilaylik” 
qabilida yozilgan (Emlanmoq dardi yoxud “О‘tkan kunlar” spektakli saboqlari, 
SH.Rizayev, “Kitob dunyosi” gazetasi, 21-son, 13.11. 2013) taqrizlar ham uchradi.
14
Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar (Yozg‘uchidan). – T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994y,
6-b.


99 
Biz har ikki olimga ham butunlay xayrixohlik qilish yoki ularni inkor etish 
niyatidan yiroqmiz. Faqat tomoshabinga tortiq etilgan va Qodiriyga qaytish bobida 
yuzaga kelayotgan taassufli beparvolik davrini bir qadar tо‘zg‘itib yuborgandek 
tuyulayotgan “О‘tkan kunlar” ning yangi talqini xususida ba’zi mulohazalarni 
aytib о‘tishni lozim topdik.
Shubhasiz, о‘tgan asr tonggida millatimiz joniga oro kirgan, о‘z ijod 
namunalari bilan xalqni ilmu ma’rifat, adabiyotu san’at urfoniga oshno etgan 
ziyolilar safida Abdulla Qodiriy hazratlari doimo hurmat va iltifot bilan tilga 
olinadi. Shunday ekan, Qodiriyga murojaat – bu о‘ta hushyorlik va mushohadani 
talab etishi, uning sahnaviy tajassumi esa katta izlanish va mashaqqat evaziga zabt 
etilishi о‘z-о‘zidan ma’lum. Dunyo adabiyotida shunday nomlar borki, ular ijodini 
sahnalashtirish uchun shunchaki havas yoki ishtiyoqning о‘zi kamlik qiladi. Buyuk 
ingliz rejissyori Piter Bruk aytmoqchi, “Teatr rejissyori uchun “Shekspir dahosini 
barbod qildi!” degan ayblovdan kо‘ra, “Shekspirga murojaat qilish mening orzuim 
edi!” degan armon bilan ijod qilmoq ma’quldir”. О‘zbekning dovruqli adibi 
Abdulla Qodiriy ham shunchaki yо‘liga qо‘yiladigan ijodkor emas, balki ming 
istihola va iymanish bilan qо‘l uriladigan, basharti shunga jur’at topilmasa, bir kun 
sahnalashtirish orzusi bilan rejissyorga tinchlik bermaydigan oliy bir rutbadir.
Dramaturg Erkin Hushvaqtov “О‘tkan kunlar” ni inssenirovka qilish 
fikriga kecha yoki bugun kelgani yо‘q. Asar matni yozilganiga roppa-rosa yigirma 
yil bо‘ldi. Ammo muallifning qayd etishicha, dramaturgik materialni biror-bir 
rejissyorga ishonib topshirolmagan. Shu bois uni ancha vaqtgacha “kiprigi ostida 
saqlab yurgan”. “О‘tkan kunlar” dek mashhur roman asosida inssenirovka yoki 
ssenariy yozish uchun ijodkor butun borlig‘i bilan asarni sevishi, unga kuchli 
muhabbat va ixlos qо‘yishi lozim. Kamina bu shoh asarni ilk bor mutolaa 
qilganimda, tamomila hayratga tushgan, Qodiriyning har bir sо‘zu jumlasi, tasvir 
va xarakter yaratishdagi topqirligini kо‘rib, uzoq vaqt roman ruhiyatidan 
chiqolmagan edim. Ana shu oshuftalik, mehr sabab bо‘lib, “О‘tkan kunlar” ni


100 
sahna uchun inssenirovka qilishga qaror qildim. Shoyad shu bilan ma’naviy 
ustozim Abdulla Qodiriyning muborak ruhiga hurmat bajo keltirgan bо‘lsam...” 
15

Darhaqiqat, 
inssenirovka 
matniga 
e’tibor 
qaratsak, 
Erkin 
Hushvaqtovning roman mazmun-mundarijasiga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda bо‘lgani, kerak bо‘lsa, har bir sо‘zni avaylab, bor tarovati va kо‘rki 
ila namoyon etishga intilgani kо‘zga tashlanadi. Muallif о‘zidan yangi sahna tugul 
biror jumla qо‘shishga ham andisha qilgan. YA’ni, ba’zi “о‘zboshimcha” 
dramaturglar singari “erkin kompozitsiya qilaman” – deb, mohiyat va shaklga daxl 
qilishdan о‘zini tiygani maqtovga loyiq.
Tо‘g‘ri, Qodiriy shaxsi va uning benazir romaniga hurmat nuqtai 
nazaridan muallif tutgan yо‘l batamom maqsadli va о‘rinlidir. Biroq vazifa faqat 
mavjud syujetni sahnama-sahna taqsimlab, qog‘ozga kо‘chirib qо‘yishdangina 
iborat bо‘lsa, uni Erkin Hushvaqtovdan bо‘lak dramaturg uddalay olmasmidi? Bu 
bir qarashda juda oddiy, ortiqcha mashaqqat talab etmaydigan ishdek kо‘rinadi. 
Aslida о‘zbek va jahon teatri tajribasidan kelib chiqib, inssenirovka amaliyotini 
shartli ravishda ikki turga ajratsak, biri – erkin (muallif matniga о‘z tasavvuri bilan 
yondashib, yangi g‘oya va yechimlarni taklif qilish), ikkinchisi sо‘zma-sо‘z 
(asliyatdan yiroqlashmay, mavjud manbani saqlab qolish) shaklida bо‘lishi 
mumkin. Har ikkisini ham о‘ziga yarasha xarakterli jihatlari bor. Lekin ikkinchi tur 
inssenirovkalar asliyatni har qancha mustahkam tutmasin, yangi ruh va qarashlarga 
imkon bermasligi bois bir oz zerikarli va rangsiz kayfiyatda namoyon bо‘lish 
ehtimoli kuchli. “О‘tkan kunlar” ning yangi talqini haqida aytilayotgan tanqidiy 
qarashlarga aynan shu jihat sabab bо‘layotgani sir emas. Romanni “kiprik 
qoqmay”, о‘zgacha zavq bilan о‘qiydigan kitobxon spektaklni xuddi shu ruhiyat va 
holat bilan tomosha qilganida, teatr va adabiyot о‘rtasidagi ijodiy muvozanat 
ta’minlanganida, har jihatdan baquvvat, barkamol spektakl dunyoga kelardi. 
Oldinga о‘tib shuni aytish kerakki, Milliy teatrimizning “О‘tkan kunlar” romani 
asosida tayyorlagan sahnaviy asari kutilgan samarani bermadi. Buning о‘ziga xos 
obyektiv va subyektiv sabablari bor.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling