Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. An’anviy teatr dramaturgiyasi haqida tushunchangiz? 
2. A’naviy о‘zbek teatrida dramaturglaridan kimlarni bilasiz? 
 
13-mavzu. An’anaviy qо‘g‘irchoq teatri spetsifikasi 
1. A’naviy qо‘g‘irchoq teatri tushunchasi 
2. О‘zbek qо‘g‘irchoq teatri dramaturgiyachi 
3. “CHо‘pqо‘g‘irchoq” spektaklida ilgari surilgan mavzu 
О‘zbek an’anaviy san’atining qadimiy turlaridan yana biri xalq qо‘g‘irchoq 
teatridir. Hamma xalqlar madaniyatida bо‘lgani kabi О‘zbekistonda ham boy 
an’analarga ega qо‘g‘irchoq teatri bо‘lgan. Tomosha san’atining bu turida «chodir 


104 
xayol», «Fonus xayol» va «qо‘l qо‘g‘irchoq» tomoshalari ayniqsa mashhur 
bо‘lgan. 
Bolalar dramaturgiyasi borasida sо‘z ketganda, eng qiziq va osondek 
tuyulgan ushbu yо‘nalishda qalam tebratadigan dramaturglar soni barmoq bilan 
sanarli darajada desak mubolag‘a bо‘lmaydi. Bolalar dramaturgiyasida Ertak 
yozish unga qahramonlar topish ya’ni tanlash biroz mushkul...
Dramaturg Erkin Xushvaqtovning “CHо‘pqо‘g‘irchoq” qо‘g‘irchoq teatriga 
mо‘ljallangan ertagi juda sodda va bolalar tilida tushunadigan shaklda yozilgan. 
I – P A R D A 
I – KО‘RINISH 
Hovlidagi daraxtni tagida supa. Burchakda supurgi, axlat chelak, obtava, 
chilopchin qо‘yilgan. qurbon momo supada о‘tirib, quroq kо‘rpacha tikayapti. 
Yonida nevarasi pishillab uxlab yotibdi. Nevarasi uyqudan chо‘chib uyg‘onadi. 
- Aya-ayajon! (baqirib uyg‘onadi) 
- Mening gо‘zal nevaram noz uyqudan turibdilarda. 
- A-a-a (arillab yig‘laydi). 
- Uyqungiz chala bо‘ldimi? 
- Ayam qanilar (yig‘laydi)? 
- Ishga ketgan. 
- A-yam (yana yig‘laydi). 
- Uyqungiz chala bо‘lgan bо‘lsa, uxlang Nozibonu. 
- Uyqum qochib ketdi. 
- qayerga qochib ketdi? 
- Bilmayman, uyqumni ushlab bering! 
- Voy tavba qildim, qanday ushlayman. 
- Ushlab berasiz, ushlab berasiz. 
- Hozir, hozir Nozibonu, uyqusi orqangga qayt, qaytmasang senga la’nat, 
qaytarmasam menga la’nat, qayt orqangga (qо‘lini osmonga siltaydi)! 
- Tezroq ushlab bering, uxlolmayapman. 


105 
- Ana, mana ushladim(ushlagan bо‘ladi)! 
- qani u? 
- Changalimda mahkam ushlab turibman. 
- Kо‘rsating! 
- Changalimni ochsam qochib ketadi. 
- Kо‘zimga kо‘rsatasiz. 
- Yostig‘ingizni tagiga tiqib qо‘yaman(musht qilingan qо‘lini yostiqni tagiga 
tiqadi). 
- Aldayapsiz. 
- Aldasam har narsa bо‘layin-a, uxlang(yelkasiga uradi). 
- Buvijon, buvijon! 
- Labbay Nozijon. 
- Boshginam og‘riydi-yey (yotgan joyidan xirgoyi qiladi). 
- Boshginangizdan buvingiz aylansin, nimalarga og‘riydi-yo?! 
- Bozorlarda bо‘lar emish, 
Attorlarda sotilar emish, 
Ana uni oti tilla bargak, 
Ana о‘shangga og‘riydi-yo. 
- О‘shangga og‘risayo, 
Alam-o, alam-o. 
- Buvijon, buvijon, 
quloqqinam og‘riydi-yo. 
- Ha qulog‘ingizdan buving о‘rgilsin, 
Nimalarga og‘riydi-yo? 
- Bozorlarda bо‘lar emish, 
Attorlarda sotilar emish, 
Ana uni oti tilla sirg‘a, 
О‘shanga og‘riydi-yo. 
- Ha, о‘shanga og‘risa-yo, 
Alam-o, alam-o. 


106 
- Buvijon, buvijon, 
Oyoqqinam og‘riydi-yo. 
- Ha, oyoqqinangizdan buving о‘rgilsin, 
Nimalarga og‘riydi-yo? 
- Bozorlarda bо‘lar emish, 
Dо‘konlarda sotilar emish, 
Ana uning oti tilla kovush, 
О‘shanga og‘riydi-yo. 
- Ha, о‘shangga og‘risa-yo 
Alam-o, alam-o. 
Ha kо‘ngillarini kо‘chalaridan о‘rgilay, kecha tuxumdan chiqqan jо‘ja ham 
faqat tilla xohlaydilar-a! 
- Uyqumni ushlab bermadingiz, uyqum kelmayapti. 
- Uyqungiz kelmayotgan bо‘lsa, turing о‘rningizdan. 
- Turmayman ham, yurmayman ham. 
- Kechqurun uxlaganingizda shaytonlar, ajinalar yuzingni yalab-yalab
og‘zingizga tuflab ketgan. 
- A-a-a..(yig‘laydi). 
- Turmasangiz, men sizga ertak aytib beraman. Uyqungizni о‘zi keladi. 
- Eshitishni istamayman. 
- Eshiting! Bor ekanda, yо‘q ekan. 
- Nima yо‘q ekan? 
- Ertak shunaqa boshlanadi. Och ekanda, tо‘q ekan. 
- Kim och ekan. 
- Podshosi nodon, yurtning odamlari och ekan. 
- Shunaqa yurt bor ekanmi? 
- Bor. qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan. 
- Injiq о‘rtog‘imga о‘xshab chaqimchi ekanmi? 
- Ha! qirg‘ovul qizil ekan, tumshug‘i uzun ekan. 
- qayeri uzun ekan? 


107 
- Tumshug‘i uzun ekan. qadim о‘tgan zamonda yo Mashriq yo Marg‘ib tomonda 
saxiy, mard о‘z sо‘zida turadigan dono podsho bо‘lgan ekan. Uni oy desa 
oydayin, kun desa kundayin suluv qizi bor ekan. 
- Menga о‘xshar ekan-da! 
- Xuddi sizga о‘xshagan ekan. U injiq, erkatoy… 
- A-a-a-.. 
- Emas ekan, U gо‘zal qiz sо‘lim bog‘da, baland kо‘sikda turar ekan. 
- Kо‘sik nima? 
- Ertaklardagi malikalar kanizlari bilan turadigan baland minora. Kо‘sikning 
tagida oppoq ot bog‘langan turar ekan. О‘sha qiz har tong erta turib, oq otiga 
minib, qoya ostidan mildirab chiqadigan buloq suviga gul chehrasini chayib 
qaytar ekn. U qizni tong parisi der ekan. 
III - K О‘ R I N I SH 
Hovli, daraxt, supa, axlat chelak, supurgi, obtava, chilopchin, о‘yinchoqlar о‘z 
holiga qaytadi. CHо‘pqо‘g‘irchoq yо‘q bо‘ladi. Nozibonu о‘z holiga kelganidan 
hayron bо‘ladi. Xursand bо‘lganidan hovliga suv sepib kichrayib qolgan supurgi 
bilan supura boshlaydi. Momo kiradi. 
- (kuzatib turadi) quyosh qayoqdan chiqdi, qizim?! Hamma yoq toza, orasta! 
- Men endi har kuni tongda turaman, yuz-kо‘zlarimni yuvaman. Hovlini 
supiraman! 
- О‘zimning aqlli-farosatli qizim! 
- (Momosini kо‘ksiga boshini qо‘yadi) Endi sizni sira ham xafa qilmayman. 
Meni kechiring! Erkalik ham qilmayman. 
- Kirar aqling kirib qolganidan xursandman! 
- Voy mening chо‘pqо‘g‘irchog‘im qani? (atrofga qaraydi) 
- Meni esdan chiqarib qо‘ydinglar-a! 
- Zulmat saltanatining shohi Kalamushni zulmidan, baloyu ofatlardan asrab 
qolgan CHо‘pqо‘g‘irchog‘im! 
- Momoga rahmat ayting! 
- Mо‘jizani qarang, siz yasab bergan chо‘pqо‘g‘irchoqqa jon kirib ketdi. 


108 
- Rahm-shavqatli, mehr-muhabbatli bо‘lsa chо‘plarga ham jon kiradi. Umid bilan 
suqilgan tayoq bir kun berar meva-yaproq, deganlar-ku! 
Tugma boshim, Nurli yuzim, 
Latta yuzim. Jonli о‘zim. 
Ipdan yuzim, Kuyar dilim, 
CHо‘pqо‘g‘irchoq. CHо‘pqо‘g‘irchoq. 
 
CHо‘pdan tanim, Donolarga, 
Bordir qalbim. Bolalarga. 
Oqar yoshim, Men ovunchoq
CHо‘pqо‘g‘irchoq. CHо‘pqо‘g‘irchoq. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling