Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

16
 Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar (Yozg‘uchidan). – T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994y,
6-b.


102 
aktyorlarning aksariyati о‘z ijro manerasiga ega bо‘lsada, roman ruhi va poetik 
dunyosiga kirib borish uchun tinimsiz mehnat qilish lozim.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Inssenirovka qilingan asarlarning sahnalashtirilishi va muallif yondashuvi 
haqida fikringiz? 
2. Qaysi teatrlarda inssenirovka qilingan asarlar sahnalashirilgan? 
3. Respublika va viloyat teatrlarida inssenirovka masalasi 
12-mavzu: 
О‘zbek an’anaviy teatri 
1. An’naviy teatr tushunchasi 
2. Teatrshunoslar ijodida an’anaviy teatr tushunchasi 
3. Xalq og‘zaki dramasi 
An’anaviy о‘zbek teatri tushunchasiga xalq turmushi va madaniy hayotida 
tomosha va taqlid qilishga oid unsurlardan tortib, asrlar davomida shakllanib, 
yashab kelgan masxaraboz, qiziqchilar san’ati va qо‘g‘irchoqbozlik kiradi. 
Xalq og‘zaki dramasi an’anaviy о‘zbek teatri tomoshalarining adabiy asosi 
bо‘lib, masxaraboz va qiziqchilar shu og‘zaki pyesalarning mashhur va xalqqa 
manzurlari asosida о‘z truppalari repertuarini yaratib, tomoshalar kо‘rsatishgan. 
Masxaraboz va qiziqchilar teatrida asosan ikkita janr mavjud bо‘lib, ular 
tanqid va muqallid deb ataladi. Estetik nuqtai nazardan bu ikki janrni bir-biridan 
ajratib turadigan keskin tо‘siq yо‘q, aksincha, bir-birini tо‘ldiradi. Ammo har 
ikkisini birlamchi vazifasi mavjud: tanqidda bosh vazifa hayotda insonlar tabiatida 
mavjud kamchiliklarni tanqid, hajv, shuningdek, hazil, kulgi ostiga olish bо‘lsa, 
muqallidda inson – erkak va ayol, katta yoki kichik, jonzod qiyofasi, xatti-
harakatlarini о‘rniga qо‘yish birlamchi shart sanaladi. Tanqid janridagi tomoshada 
muqallidga omuxta tanqid alomatlarining bо‘lishi tabiiy holdir. Chunonchi, 
muqallid janrida ish kо‘rish, uning shartlariga amal qilish an’anaviy teatr 
aktyorining tanqid janridagi ijrosida obraz qiyofasini topishga, hayotiy 


103 
о‘xshatishda ijrochini izlanishlarga undasa, taqlid janridagi tomoshada quruq taqlid 
(naturalizm)dan qochib obraz mohiyatini ochishda kesatiq, mubolag‘a, bо‘rttirish, 
о‘zining xatti-harakatlari bilan tomoshabinni ishontirib, kuldirishga harakat 
qilinadi. Demak, har ikki janr bir-birini taqozo etadi. 
Masxaraboz va qiziqchilar о‘zbek an’anaviy teatrida asrlar osha saqlanib 
kelgan ijro niqobi (maska)dan ham unumli foydalanishgan. 
О‘zbek an’anaviy teatrining repertuari kо‘pgina xalqlar og‘zaki teatrlaridan 
mavzu, pyesalari soni, ayrim hollarda esa kasaba (truppa) a’zolarining kо‘pligi 
bilan ham farq qiladi. Chunonchi, uning repertuarida xalq kundalik hayotining turli 
tomonlari – adliya idoralari, qozi va qozixona faoliyati, bozor, savdo-sotiq, boy va 
kambag‘allarning yeriga suv taqsimlash ishlaridagi nopoklik, о‘g‘rilik, sudxо‘rlik, 
madrasa, maktab, ta’lim va tarbiya ishlaridagi nuqson, ayrim tib va din ahllari 
orasidagi firibgarlik, sodda xalqni aldash, xon saroyi, mustamlaka ma’muriyati 
bilan xalqning muloqoti singari mavzular о‘z ifodasini topgan. Bu holat truppalar 
faoliyati va ularning repertuaridan kо‘zga ochiq tashlanadi. 
О‘zbek masxaraboz va qiziqchilik san’ati ham xalq an’anaviy teatrining bir 
kо‘rinishi sifatida XX asrga qadar yashab keldi. Uning xalqchil boy xazinasi milliy 
madaniy merosni о‘rganishda tengsiz ibrat va zamonaviy san’at turlaridan yangi 
teatr, sirk, raqs singarilarni rivojlantirishda bebaho manba vazifasini о‘tadi. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling