109
belgilash mumkin. “Kompozitsiya” sо‘zining о‘zi aloqa, ulash, tuzish ma’nosini
anglatadi. Kompozitsiya asarning hayotiy materiali va g‘oyaviy
mazmuni bilan
belgilanadi, u tо‘qnashuvni ochish, rivojlantirish va yechimini topish, xarakterlarni
harakatda ma’lum qilish vazifasiga bо‘ysindirilishi kerak.
Arastu “Kompozitsiya” atamasini qо‘llamadi, dramatik harakatni qismlarga
ajratish haqida gapirdi. U dramatik harakatni quyidagi uch qismga bо‘ldi: a) tugun,
harakatboshi; b) о‘zgarishni о‘zida jamlagan о‘rta,
yomonlik yoki yaxshilikka
tomon burilish yoki peripetiya; v) xotima yoki halokat, ya’ni qahramonning о‘limi
yoki maqsadga erishishi bilan bog‘liq yechim.
1863 yili nemis nazariyotchisi Gyustav Freytag “Drama texnikasi” kitobida
dramatik harakatni besh qismga bо‘lib, Arastu qoidalariga tuzatish kiritishni taklif
etdi: 1)
ekspozitsiya yoki kirish, 2) harakatni murakkablashuvi yoki tugun, 3)
kulminatsiya, 4) harakatning tо‘xtashi, yaxshilik yoki
yomonlik tomonga qaytish
yoki burilish, 5) yechim. Freytag ta’kidlaganidek,
dramatik harakat yuqoriga
kо‘tarilib, kulminatsiyagacha yetadi va finalga qarab tushib boradi. Hozirgi paytda
dramatik harakat quyidagiga bо‘linadi: 1) ekspozitsiya, 2) tugun, 3) harakat rivoji,
4) kulminatsiya, 5) yechim.
Do'stlaringiz bilan baham: