Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

10
 deya kamtarlik
qilgan ersada, uning о‘zbek romanchiligiga qо‘ygan dastlabki g‘ishti shu qadar 
mustahkam va pishiq chiqdiki, asr bо‘yi adabiyot devorlari shu tagzamindan bino 
bо‘ldi. Asliyatdan yiroq ba’zi oilayu qavmlar “О‘tkan kunlar” ni о‘qib о‘zbekning 
harorati, nafasi va samimiyatini tuydi, yigitlar mardlik, oriyat va tantilikni 
Otabekdan, qizlar botiniy gо‘zallik, hayo va iffat sezgisini Kumushdan, ota-onalar 
er va zavjaning kiborlarga xos ulug‘ madaniyatini Yusufbek hoji va О‘zbek oyim, 
Mirzakarim qutidoru Oftob oyimlardan о‘rganishdi. Oilada erning rutbasi, 
xotinning itoati, qavmu qarindoshlarga munosabat, gо‘zal odob va husni xulq, did 
va farosat, nazokat va fasohat, aqliy va ma’naviy komillik, nafs tarbiyasi va 
zohidlik, sabr va matonat, hurmat va izzat, mehmon va mezbonnavoslik san’ati, 
10
Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar (Yozg‘uchidan). – T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994y,
6-b. 
13
 Abdulla Qodiriyning suddagi nutqidan. 1926 yil 15 iyun Samarqand. 


96 
alqissa, butun bir ma’naviy fazilatlardan saboq berdi bu asar. О‘zlikni tanimoqqa, 
о‘zbekning naslu nasabi, tabiati, turish-turmushi, dardu tashvishini о‘rganmoq, 
anglamoqqa undadi bu asar! 
Uzoq va yaqin о‘tmishning barcha buyuk meroslari qatori yovuz kuchlar 
“О‘tkan kunlar” ga ham chang solishdi, uning muallifi, millatning buyuk 
farzandini “xalq dushmani” ga chiqarishdi, alal-oqibat adibni “bu qadar xо‘rlikdan 
о‘lim tansiqroqdir”
11
 degan alamli xulosaga kelishga majbur qildi. Lek shunday 
qaltis va tahlikali vaziyatlarda ham “О‘tkan kunlar” ni kо‘ziga surtib, yig‘lab, 
berkitib о‘qiydigan, behalovat tunlarda uyqudan voz kechib, sham shu’lasiga 
termulgancha, qodiriyxonlik qiluvchi ziyolilar, bezovta muhiblar, dardkashlar 
topildi. “Abdulla Qodiriyning benazir romani adibdan “xalq dushmani” yorlig‘i 
olib tashlangandan keyin, ya’ni о‘tgan asr 50-yillari sо‘nggida yana nashr etila 
boshlagach, mana shu yarim asrdan mо‘lroq davrda adabiyot va san’at ahli 
tomonidan necha-necha bor qayta idrok etish, uning betakror jozibasi, tuganmas 
tarovatini qayta-qayta kashf etish uchun ne-ne talqinu tajribalarga tortilmadi”
12
. 
Bu о‘rinda mashhur kinorejissyor Yо‘ldosh A’zamov suratga olgan 
“О‘tkan kunlar” badiiy filmining muvaffaqiyati va unda asosiy rollarni ijro etgan 
Abbos Bakirov, Maryam Yoqubova, Razzoq Hamroyev, Nabi Rahimov, 
Hamidulla Narimonov, Hamza Umarov, О‘lmas Alixо‘jayev, Gulchehra Jamilova
Gulchehra Sa’dullayeva kabi benazir san’atkorlarning yuksak mahorati kо‘z 
о‘ngimizdan о‘taveradi. “Y.A’zamov filmi nafaqat maftunkor qahramonlari, balki 
romanni kino tiliga kо‘chirishdagi о‘ziga xos va mos yо‘lni topa bilgani bois 
hamon qadrini yо‘qotmagan. Har gal filmni kо‘rganda rejissyorning romanning 
ruhi, adibning uslubi, qolaversa, о‘zbek ziyolisiga xos betakror madaniyatini 
chuqur his eta bilganini sezib turamiz. Ayniqsa, oiladagi munosabatlar, tarbiya, 
12
Rizayev SH. Emlanmoq dardi yoxud “O‘tkan kunlar” spektakli saboqlari. // “Kitob dunyosi” gazetasi, 2013y,
21-son, 7-b 


97 
ota-ona va farzandlar, xо‘jayin va qul о‘rtasidagi odob-axloq chegaralari kabi 
nozik nuqtalar alohida e’tiborga olingan”
13

Mustaqillik yillari postanovkachi rejissyorlar Mels Abzalov va Hotam 
Fayziyev roman asosida ikki qismli badiiy film suratga oldi. О‘z mazmun-
mohiyati, shakl va g‘oya ifodasiga kо‘ra, mazkur film avvalgi kartinani 
takrorlagandek kо‘rinsada, ba’zi qiyomiga yetmagan о‘rinlar, aktyorlar ijrosidagi 
nuqsonlar, syujetning mantiq qochgan jihatlari yuksak kino asari yaralishiga 
tо‘sqinlik qildi. Shunday bо‘lsada, har ikki filmning ma’naviy hayotimizda о‘z 
о‘rni borligini unutmaslik lozim.
Tabiiyki, “О‘tkan kunlar” dek mumtoz asarga murojaat qilish teatr ijodkorlari
uchun ham chinakam sharaf bо‘lib kelgan. Kо‘pohangli, kо‘pqirrali asosga ega, 
ham romantik, ham ijtimoiy voqelikdan sо‘zlovchi, realistik-poetik tasvirga tutash 
mazkur romanni tо‘la-tо‘kis sahnaga singdirish anchayin murakkab vazifa. 
Ehtimol kino san’atida bu og‘irlik operator kо‘rimlari, video-vizual chizgilar, 
ta’sirli effekt va tomosha komponentlari hisobiga bilinmay ketishi, muhit va 
voqealar bayoni kadrda umumiy mushtaraklik kasb etishi mumkindir. Boisi kinoda 
tasvir – birlamchi, qolaversa, ekranda zamon va makon munosabatlarini harakatga 
keltirish sahnaga nisbatan osonroq kechadi. Epik ifodani kadrga joylash–shu 
voqelikni mizansahna tartibotlariga bо‘ysundirishdan yengil ekani ham oddiy 
aksiomaga о‘xshaydi. Badiiy adabiyotni kо‘lam jihatidan jonlantirish bobida teatr 
va kinoning imkoniyatlarini muqoyasa qilganda, bahsli qarash bо‘lsada aytish 
kerakki, kino bir oz ustundek kо‘rinadi. Teatr san’ati о‘zining adabiy homiysi – 
dramaturgiya bilan izchil aloqada rivojlangan bо‘lsa, “kino san’atining ilk 
qadamlari adabiyot bilan bog‘liq bо‘ldi. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling