Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Dramaturg tanlagan mavzu va asar qurilmasi haqida gapiring? 2. “Orol bobo” asarida bosh personaj kim? 3. Asarning badiiyligi nimada? 4. Tanlangan asarda E.A’zam nima demoqchi? 8-mavzu: Mavzu va g‘oyani badiiy talqini 1. Tanlangan asarda mavzu talqini 2. Asarda g‘oya va uning о‘rni Asarda dramaturg mavzu, g‘oya haqida batafsil fikrga kelgach, hayotni badiiy darajasiga kо‘tarish uchun qahramonlar til va harakatlarini sahnada qay darajada о‘zini tutishlarini badiiy talqinda oddiy hayotni kо‘rkli hayotga kо‘chirishlarini aks ettirishi shart. Iste’dodtlar tug‘uladi. Iste’dodlar daholarni beradi. ssenariynavis birinchi navbatda inson psixologiyasini yaxshi bilishi kerak. Adabiyot va san’atni oddiygina emas, Sevib о‘rganishi zaruratdir. Zamon siyosatidan bir siyosatdan darajasida xabari bо‘lishi kerak. Lekin о‘zi siyosatchi bо‘lishi shart emas, chunki о‘zi a’zo bо‘lgan partiyaning da’vatchisiga aylanib san’atni qurol qilib yuborishi mumkin emas. О‘zining a’zo partiyasiga uning a’zosi emas ssenariynavis sifatida, о‘z ssenariy asarlarini umuminsoniy g‘oyalar, vatan tushunchasi, milliy manfaati yо‘lida xizmat qilishi kerak ekanligini unitmaslik kerak. Shunda о‘zbek milliy kinosini ham milliy shu bilan bir qatorda umuminsoniy g‘oyalariga, biz tilga olgan masalaning umumiy g‘oyasiga xizmat qiladigan millat kino asarlarimiz dunyoga keladi. Shunda uning asarlari dunyo ekranlarini bezaydi. О‘zbek tilida ssenariy yozishlik kino uchun endi tetapoya kilib, shakllanib kelmoqda. Garchand о‘zbek kinofilmlari 1924 yildan “О‘lim minorasi” kabi 69 asarlar bilan chiqaboshlagan bо‘lsa ham ularning ssenariylari faqat rus tilida yaratilgan. To 1991 yil О‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik e’lon qilinguncha. Mustaqqildan keyin ham ancha davom etib keldi. Hali ham ba’zilar ssenariylarini rus tilida yozib dublj qilish bilan shug‘ullanmoqdalar. Asosan hozir ssenariylar о‘zbek tilida yozilayotganligi haqdir. Lekin Respublika televideniyasida о‘zbek tilida ssenariylar yozilgan, teleekranlashtirilgan badiiy janrlarga 70 yillardan о‘zbek tilida ssenariylar boshlanganligi sir emas. Mashhur О‘.Hoshimovning “Inson Sadoqati”, “Oybek”ning romani asosida “Navoiy”, Primqul Qodirov asari asisida “Yulduzli tunlar” kabi videofilmlar “Teleminatyuralar teatri”, “Otalar sо‘zi” aqlning kо‘zi kо‘rsatuvlari ssenariylari ham ssenariynavoslikning dadil qadamlari hisoblanadi. Ssenariy yozish uchun ham hamma turdagi badiiy asar yaratish uchun Alloh tomonidan berilgan iste’dod bо‘lishi kerak. Bо‘lmasa ijod qilib bо‘lmaydi. Orginal ssenariy yozilmaydi. Yamab -yaqsab bir bola qilish mumkindir. Lekin u tomoshabinni hayratlantiraolmaydi. Kо‘pincha yozuvchilik salohiyati yо‘q rejissyorlar о‘zlari ssenariy yozib, о‘zlari ekranga olib chiqishadi. Bu ham kо‘ngildagidek ekran asari bо‘lmaydi. О‘zbek teatri tarixida ham juda kо‘p mashhur rejissyorlar pe’ssa yozib о‘zlari sahnalashtirganlar. Lekin ularning birontasi dramaturg sifatida e’tirof etilmagan. Sababi yozuvchilik salohiyati yetishmasligidan. Rejissyorlar nazarida hamma narsani biladi. Nega yozilmas ekanman degan fikr tug‘iladi. Axir ssenariynavisga aytib turamanku qanday bо‘lishligini deydi. Bu tо‘g‘ri, aytib turish boshqa, yozish boshqa, shuning uchun hamma mashhur yozuvchi shoirlarning ustozlari bо‘lgan. Ular fikr bildirib turgan, lekin shogird о‘zi yozib, adabiyotta о‘z о‘rniga ega bо‘lgan. Ssenariynavislik ham huddi shunday. Aytish, о‘rgatish boshqa, yurak tо‘lqini bilan yozish boshqa. Mashhur rus ssenariynavisti YE.Gabrilovich о‘zini “kino va adabiyot” kitobchasida ssenariynavis hamon soyada qolib kelmoqda. U haqida gapirishsa ham bee’tibor gapirishadi. Gо‘yoki film muallifi faqat rejissyorday. 1 Bu fikr о‘zbek dramaturgiyasida ham yaqqol kо‘rinadi. Dramaturgiyada biroz 1 YE.Gabrilvich. “Kino i literaturi” Moskva 1965 yil 70 boshqacharoq, dramaturglar asar muallifi sifatida xurmat bilan tilga olinib keyin sahnalashtiruvchi rejissyorlar va rassomlar tilga olinadi. Ssenariy filmning asosini tashkil qilar ekan. Afisha va reklamalarda birinchi ssenariy muallifi sо‘ngra rejissyorlar, operatorlar tilga olinish kerak. Shunda biz ssenariynavisning muallifik huquqini joyiga qо‘ygan bо‘lamiz. Va uni ijodiy mavqeini kutargan bо‘lamiz. Biz kino,televideniya va estrada ssenariynavisiligini ulug‘lashni boshlashimiz kerak. О‘ylaymanki, bizni tajriba bilan dunyo televideniya, kino san’atkorlari qiziqib keladi deb”. 2 Shunday qilib adabiy ssenariy bir vaqtda adabiy asardir. Shu bilan bir qatorda kinosan’atining ham asari hisoblanadi. Kino asar sifatida rejissyorning ish obyektidir (Lekin adabiy ta’mirchi emas). Bu shunday ishni fikrlar uyg‘unlashuvi rejissyor bilan ssenariynavisning ikki teng huquqli ijodkorlarning qо‘shma ijodiy masuliyatlarning birlashuvidir. Rejissyor qancha bilimdon bо‘lmasin kinodramaturg yozuvchisiz shunchalik ojizdir. Shu bilan bir qatorda kinodramaturg ssenariynavis qanchalik buyuk bо‘lmasin rejissyorsiz о‘zining ijod muhsuliyati ekranda kо‘raolmaydi. Buning uchun ikki hamfikr inson birgalikda xarakat qilib kino asarini yuzaga keltirishadi. Shuning uchun yaxshi ssenariynavis bilan rejissyor yakdil fikrda harakat qilishsa, Yaxshi kino teleseriyallari yuzaga keladi. Dramaturgiyada о‘z halqini о‘tmish va bugunini ekranda haqqoniy yoritib kelajakka uzatuvchi arbobdir. Chunki hayotda о‘tgan xodisalari ustidan mushohada va mulohazalari, ya’ni hayotininng о‘zi, inson aqlini о‘ziga jalb etgan boy mazmuni bugun va kelajak uchun ulug‘ hayotiy maktab sabog‘i bо‘lib qolishi vazifasi yuklanadi. “Umuman adabiyotni hayotiy asosiga oid bu chuqur fikr qayd etilgan joyda Gegel tomonidan faktik ma’lumot keltirilgan, ayniqsa, dramani kelib chiqishini tushinish muhimdir. Insonning о‘zini ifoda etishi, ya’ni о‘z dardini izhor qilishining natijasi ularoq adabiyotning dalili sifatida bizga juda qadim zamonlardan bir bayt yetib kelgan. (Gegel xuddi shunday dalil sifatida о‘sha baytga ishora qiladi). Sparta 2 Shu kitob 48 bet. 71 axolisi о‘z vatanini bosqinchilaridan ximoya etar ekan. Fermonil atorfida fojeali bir jang bо‘lib о‘tadi. Uch yuz ming Eroniyga qarshi faqat tо‘rt ming spartakli yunon jang qiladi va umumiy g‘alabaga о‘z xissasini qо‘shadi. Tarixchi Gerodot zamondoshlari va kelajak avlodlari uchun о‘sha joydagi toshga о‘yib qо‘yilgan quyidagi baytlar qoldirilgan. “Spartaga kelgan sayyoh, xalqqa yо‘llagan xabar, Bizlar bunda vatanni deb tuproq bо‘ldik sarbasar” 1 . Shunday qilib adabiyotning qadim dunyodan bizga yetib kelgan nodir namunalardan biri insonlar hayotidagi fojeali bir voqeaga bag‘ishlagan, о‘sha fojea munosabati bilan maydonga kelgandir Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling