Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. О‘zbek teatri rejissyorlaridan kimlarni bilasiz? 
2. Teatr va kino rejissyorining farqi va uzviy bog‘liq jihatlari nimada? 
3. Teatr rejissyorining aktyor bilan ishlash xususiyatlari haqida gapiring. 
 
7-mavzu: 
Muallif tomonidan qalamga olinadigan voqea 
1. Asarda mavzu tanlash va uning sahnaviyligi 
2. Asarda mavzu va voqealar rivoji 
Buyuk yozuvchi A.Qodiriyning quyma oltindek bashariyatga va abadiyatga
dahldor “О‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlari tufayli qirq yoshida 
shо‘rolar tuzumi “Xalq dushmani” tamg‘asi bilan otib tashlagan. Usmon 
Nosirining otashin she’rlari uchun 27 yoshida qatag‘on qilishgan. CHо‘lpon, 
Fitrat va boshqa iqtidorli yozuvchi va shoirlar asarlari tufayli jonlaridan judo 
bо‘lganlar. Tarixda Mashrab, Nodiralar ham shunday qismatga uchraganlar.
Dramaturg ham о‘z asarlari bilan Vatan tuyg‘usi, millat erki, qayg‘usi 
uchun hamisha jasorat bilan ekran maydoniga chiqmoqligi kerak. Shunda milliy 
va umuminsoniy kino, teleseriallar dunyoga kelib jahon ekranlaridan munosib 
о‘rin egallaydi. 
Mavzu qaysi yо‘nalishda bо‘lmasin, hammasining g‘oyasi birinchi navbatda
milliy qadriyatlar ma’naviyati, keyingi navbatda baynalminal ruhiyati ya’ni 
umuinsoniy g‘oya uyg‘un bо‘lishi kerak. Chunki har bir millat jahon xalqinining 
bir bо‘lagidir. Umuminsoniylik g‘oyasi insoniyat asarlar ijod qila boshlagan 


59 
vaqtdan boshlangan. Eramizdan avvalgi antik dunyo adabiyoti, aniqrog‘i dunyo 
adabiyoti buyuk namunalari Gomer, Shekspir, Shiller, Gyote, Tolstoy, Chexov , 
Sofokl asarlari, Oddesiya va Illiada, Alpomish eposlaridan tortib bizgacha yetib 
kelgan asarlardir. Navoiy dostonlari, A.Qodiriy asarlari milliy va baynalminal 
asarlardir. Bu davrlarda rus adabiyoti ham о‘zining Pushkin, Tolstoy, Chexov kabi 
buyuklari bilan dunyo madaniyatiga ulkan hissa qо‘shdi. Bular hamma 
davrlarning va hamma xalqlarning yozuvchilaridir. Ular yer yuzida insoniyat bor 
ekan yaxshilik-ezgulik uchun xizmat qilaveradi. Ssenariynavislarning asari ham
shunday yozuvchilar asarlari qatoriga kirishi mumkin. Uning yaratgan sahna va 
ekran asarlari bir vaqtda dunyo xalqlarini qalbini zabt etib, kelajakka-abadiyatga 
yо‘l solishi mumkin. 
Buning uchun ssenariynavislarning tug‘ma iste’dodi, mukammal bilimi 
yuksak falsafiy tafakkuri bо‘lishi kerak. Shunda san’at olamida favqulodda shaxs 
sifatida bо‘y kо‘rsatadi. Iste’dod ishchanlikni, nozik ta’blikni , о‘z xalqiga 
muxabbatli bо‘lishni, Vataniga fidoyilikni , о‘zini ishonch va irodasiga
sodiqligini yoqtiradi. Ssenariynavis о‘z xalqining ijobiy va salbiy tomonlarini 
yaxshi bilgan holda asar yaratishga kirishishi zarur. Chunki ijobiy fazilatni elga 
namoyish qilish va uni ibrat maktabiga aylantirish va dunyo xalqlariga yuqtirish, 
salbiy xolatga nisbatan keskin kurash olib borish salbiy illatdan xalos qilish
masalasi ijodkor oldida kо‘ndalang turishi kerak. 
Muallif tomonidan qalamga olinadigan voqea haqida – voqea topilmasdan va 
uning konfliktini bitta kompozitsiyaga jo qilmasdan turib, yangi fikr aytishni 
e’tiborga olmasdan turib sahna asari yozishga kirishish aslo mumkin emas. Bu 
fikrimizning isboti uchun biz dramaturg Erkin A’zamning “Tanho qayiq yohud 
Devonaning orzusi” Orol bobodan dramatik rivoyatidan parcha keltiramiz. Orol 
bо‘yidagi tashlandiq bir ovulda qayiqsoz bir chol tanho yashaydi. Dengiz suvi 
allaqachon necha chaqirim masofaga “qochib ketgan”. Biroq chol hanuz qayiq 
yasash bilan mashg‘ul. Bunisi kamdek, chol tevarak-atrof ovullardagi bekorchi 
yosh-yalangni girdiga tо‘plab, ularga-da bu kо‘hna kasbni о‘rgata boshlaydi. Bir 


60 
qarashda bu hol savdoyining qilig‘iga о‘xshaydi: suv yо‘q, dengiz yо‘q, bir tо‘p 
odam endi butunlay keraksiz bо‘lib qolgan hunar – qayiqsozlik bilan band. 
Atrofi qamish chiy bilan о‘ralgan, dov-daraxtsiz yaydoq hovli. Bir yonda 
bahaybat duradgorlik dastgohi, tegishli asbob-anjom; yerda eski imoratlardan 
chiqqan uzun-qisqa taxtayu tunuka qirqimlari, nam latta о‘rab simga tortilgan 
egma-qayishqoq tol novdalariyu yirik-yirik mum palaxsalari va qirindi-payraxalar 
aralash-quralash bо‘lib yotibdi. 
Ish chala, chala ishlar... 
Qarshi tarafda tayyor mahsulot – katta-kichik qayig‘u qayiqchalar qator qilib 
chetanga suyab qо‘yilgan. Biri qoramoyga bо‘yalgan, biri qizil, biri kumushrang
chetroqdagilari hali bо‘yoq kо‘rmagan – ajralib turibdi. 
Hovlining tо‘rida – rо‘parada g‘aribgina, pasqam bir kulba. Eshigi nim ochiq, 
derazalari lang. Zehn solib qaralsa, eshik ham, deraza qasnoqlari ham qayiqqa 
mengzab ketadi, allanechuk qayiqsimon namoyishda. Uyning chap tomonida 
bо‘g‘otga tirab qо‘yilgan narvon ham shunday; aslida-ku u eski bir qayiq bо‘lib, 
tо‘nkarilganu orqasiga taxta qoqib zina yasalgan, xolos. 
Tom boshida ham bir qayiq! Ammo u xiyla haybatdor, hashamatli, ikki uchida 
baliqsimon bezaklari ham bor. 
Ana shu qayiqning qoq belida kontoparlar kiyadigan soyaboni serbar 
allaqanday movut qalpoq chо‘qqayib kо‘rinadi. Suvda qalqib turgan kabi u goh 
baralla kо‘zga tashlanadi, goh “chо‘kib” ketadi... 
Tong bо‘zara boshlagan palla. Bir maromdagi xurrak tovushi. 
Tom ustidagi qayiqqa jon kirib daf’atan chayqalib ketadiyu undan soch-soqoli 
о‘siq, yoshini bilib bо‘lmaydigan bir qariya bosh kо‘taradi. U kо‘kragida yotgan 
qalpoqni hafsalasizgina boshiga qо‘ndirib, tevarak-atrofga vazmin alanglab nazar 
soladi. 
O r o l b o b o m i z mana shu kishi. 
O r o l b o b o (tashvishmand g‘udranib). Qum, qum... Yeru osmon qum-a, 
tavba! (Tikila-tikila, birdan yuzi yorishadi.) Yо‘-о‘q, suv bu, suv! Qara, oftobda 
shishaday yalt-yult qilyapti jonivor!.. Orol qaytib kelibdi! Orolim! Bir kechada 


61 
suvga tо‘libdi, yashasin, dod! Ana – mavjlari! Ana – tо‘lqinlar! Vah, qayiqlar ham 
suzib yuribdi!.. (U huvillab qolgan ovul tomlaridagi uzoq-yaqin qayiqlarni о‘zicha 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling