Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-mavzu: Ilk pyesalar (M.Bexbudiy, A.Avloniy va bosh.) 1. О‘zbek adabilarining ilk pyesalari 2. Jadid dramaturglari kimlar
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Jadidlarni ma’rifatparvarlik faoliyati. 2. Qaysi mualliflar ijtimoiy tragediyalar yaratishdi? 3. О‘zbek teatri 20-yillar oxirlaridagi faoliyati. 4. Birinchi о‘zbek musiqali dramasini ayting. 5-mavzu: Ilk pyesalar (M.Bexbudiy, A.Avloniy va bosh.) 1. О‘zbek adabilarining ilk pyesalari 2. Jadid dramaturglari kimlar 3. Avloniy asarlarida insoniylik fazilatlarining aks etishi XX asr boshida о‘zbek adabiyoti yangi mazmun va yangi shakllari bilan boyidi. Dastlabki, hikoyalar “Milliy rо‘monlar” she’rlar, ijtimoiy-siyosiy publitsistika jadidchilik g‘oyasining vositasi sifatida maydonga keldi. Dramaturgiya ham deyarli bir vaqtda adabiyotga kirib keldi. Tez sur’atlar bilan taraqqiy etdi. Drama asarlarining omma orasidagi ta’sir kuchi, millatni tarbiyalash yо‘lidagi ahamiyati, nihoyatda katta bо‘lgan. Dramatik asar tomoshabin bilan uzviy aloqada yashaydi. Tomoshabinlar drama personajlarini о‘zlarining 38 zamondoshlari, safdoshlaridek his qiladilar. Shu sabab bо‘lsa kerak, ular tomonidan sahna asarlariga “millatning oynasi”, “ibratxonasi” deb ta’rif beriladi. 4 Behbudiyning “Padarkush”, Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, A.Badriyning “Juvormang”, Fitratning “Chin sevish”, “Hind ixtilolchilari” asarlari “fojea” deb atasalarda, ular janr nuqtai nazaridan drmaga tо‘g‘ri keladi. Jadid dramaturglari о‘z asarlarini “fojea” deb ataganlarida janr xarakteridan emas, balki о‘z dunyoqarashlaridan kelib chiqqanlar. YA’ni о‘zlari tasvir etayotgan voqealarning millat fojeasi ekanligiga urg‘u berishni maqsad qilganlar. О‘z taqdirlarini millat taqdiri bilan bog‘laganlar. Bunday asarlarning tragediya ham, komediya ham emas, aynan drama ekanini bir misol orqali kо‘rib chiqaylik. Masalan, “Padarkush”dagi boy obrazi bilan “Baxtsiz kuyov”dagi Fayziboy obrazlari о‘zaro juda yaqin. Ularning biri butun boyligi va hayotidan, ikkinchisi jonidan aziz farzandidan judo bо‘ladilar. Buning sababi esa asar boshida о‘zbek millati uchun tipik fojea bо‘lgan ma’rifatsizlik, ilmsizlik va johillikdir. 10 yillar tomoshabini bu kabi boylarni har qadamda uchratib, muloqatda bо‘ladi va ibrat sifatida qabul qiladi. Biroq tomoshabinda bu ikki boy duch kelgan fojea, na achinish, na havas hisini uyg‘ota oladi. Dramada yaratilgan xarakter о‘zining butun yashayotgan muhitini xususiyatlarini aks ettiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda jadid dramaturglari tomonidan yaratilgan obrazlar nihoyatda tipik obrazlardir. Umuman tor ma’nodagi dramaturgiya janriga xos jihatlar xilma-xil va keng miqyos etsa ham, jadid dramalarining janr talablariga mos kelganini kо‘rsatadi. 10- 20 yillar dramaturgiyasida “kulgi” atamasi ostida yozilgan kо‘plab dramatik asarlar mavjud. Jadid dramaturglari eng kо‘p murojaat etgan janr “kulgi” janridir. A.Avloniyning “Advokatlik osonmi?” asari о‘zbek dramaturgiyasida dastlabki “kulgi” ilk komediyasi sifatida qabul qilingan. Avloniydan keyin о‘zbek dramaturgiyasida dastlabki “kulgi” asarlari yozila boshladi. A.Badriyning “Ahmoq”, “Xoji Muinjing”, “Kо‘knori”, Fitratning “Rо‘zalar”, H.Xamzaning “Muxtoriyat yoki avtonomiya”, “Tuxmatchilar jazosi”, “Maysaraning ishi” kabi pyesalari shunday asarlar sirasiga kiradi. Pyesa muallifi tomonidan aytilgan fikrlar, 4 Қаранг: Б.Қосимов. –жадид адабиёти Ш.Ризаев. Жадид драмаси, Т., “Шарқ”, 1997. 39 ya’na sahna asaridagi harakat tomoshabinlar ichida о‘z prototiplarini topsa, ular tomonidan yaxshi deb hisoblash, xato va kamchiliklarini yuziga aytilganda buni tan olmaslik aytgan kishiga nisbatan esa kek saqlash kabi xususiyatlar bor. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, komediya janri ham о‘zining boshqa janrlar kabi hayotiy hodisalarga asoslanar ekan. 10-20 yillar komediyalarini shu nuqtai nazardan kuzatganimizda, ma’lum darajada о‘z aksini topganiga guvoh bо‘lamiz. Xususan A.badriyning “Axmoq” asarida bor-yо‘g‘i ikkita personaj ishtirok etadi. Asar qisqagina bir pardali, syujeti ham bitta. Asar shuhar kо‘rmagan Eshmurodning gazetaga e’lon berish uchun kelishi bilan boshlanib, shu bilan tugaydi. Asardagi suhbat Eshmurod va Muxarrir orasidagi befarosatligini kо‘rsatishga qaratilgan. Adib pyesada о‘z personajini Eshmurodni tо‘g‘ridan- tо‘g‘ri “kо‘p axmoq va faxmsiz” deb ta’riflaydi. Agar kulgi obyekti bо‘lgan Eshmurodning harakatini chuqurroq tahlil etsak, unga nisbatan “axmoq” о‘zi shartli ravishda ishlatilganligiga guvoh bо‘lamiz. Muallif uning omiligi, dunyo kо‘rmaganini detallar bilan kо‘rsatishga urinadi. Biroq umuminsoniy nuqtai nazaridan yondoshadigan bо‘lsak, bugungi yashab turgan jamiyatimizda ham, bundan keyingi keladigan jamiyat va tuzumlarda ham Eshmurodga о‘xshagan odamlar bо‘lib kelgan, bо‘ladi ham. Bu yerda muallif personajning dunyo kо‘rmaganligiga, ilm-ma’rifatdan behabarligiga asosiy urg‘uni bermoqchi bо‘lgan. Ilmsizlik, ma’rifatsizlikni ahloqsizlikbilan barobar qо‘ygan. Bunday talqin barcha jadid ma’rifatparvarlik estetikasi asoslari bilan bog‘liqdir. Ushbu asari orqali yozuvchi ommada ijtimoiy- ma’rifiy qarashlarini shakllantirish, ilmsizlikka qarshi kulgi uyg‘otish tarzida tarbiyaviy-ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Komediya janriga xos xususiyatlarni A.Badriyda bir shaklda kо‘rilsa, Hoji Mu’in personajlari faqat jamiyatni aldashga urinib, oxirida sharmandai-sharmisor bо‘lsalar, Fitrat va Xamza yaratgan personajlar о‘z-о‘zlarini ham aldab, uyatli holatlari orqali о‘quvchi, tomoshabinda mazmunli kulgi uyg‘otadilar. Tragediya janrining asosiy xususiyatini A.Fitrat “Asar qahramonining maqsad yо‘lidagi kurashlari dramadagidan kuchli bо‘lsa, halokatlarga, qonli fojealarga borib tо‘xtasa, tragediya (fojea) sodir bо‘ladir, deb 40 ta’riflaydi. Ikki tomlik “Adabiyot nazariyasi” deb tragediya janriga xos jihatlar sifatida qahramonlar taqdirining hayotda kam uchraydigan darajada murakkabligi ularning ichki dunyosi о‘rtasida nomutanosiblik... bu nomunatosiblikning halokatli xarakteriga egaligi” kо‘rsatiladi. Buyuk dramashunos V.Volkshteyn tragediya uchun muhim bо‘lgan beshta jihatni kо‘rsatib о‘tadi. Bular a) qahramonning о‘zidan ancha yuqori “Oliy kuchlar” bilan konflikti; b) tragediyada qahramonning ham ruhan, ham aqlan atrofdagilardan maksimal darajada ustunlik kasb etishi; v) tragediya qahramonining “aybsiz aybdor” ekanligi; g) tarixiy haqiqatdan chekinish; d) о‘tkir g‘oya va fikrga asoslangan dialog. V.G.Belinskiyning fikriga kо‘ra tragediya qahramoni “oliy tabiatli odam”dir. Fitratning “Abulfayzxon” tragediyasi о‘z davrining eng oldi asarlaridan hisoblanadi. Bu asar birinchi о‘zbek tragediyasi sifatida tan olingan asrdir. “Abulfayzxon”da oldinga surilgan g‘oya milliy ozodlik, milliy mustaqillik g‘oyalari bо‘lsa ham, shubhasiz aytish mumkinki, umuminsoniy xususiyat kasb etadi. Bu kо‘proq qahramonlarning taqdiridagi chigallik va murakkabliklarda kо‘rinadi. Birgina Abulfayzxonning о‘z nafsi yо‘lida kо‘plab begunoh odamlarning, hatto о‘z aksining boshini olishi oqibatidaunga taqdir tomnidan berilgan qiynoq va azoblar, ichki iztiroblar yoki Rahimbiyning Abulfayzxon о‘g‘li Abdulmо‘minni о‘ldirgandan keyingi ruhiy holati, uning ziddiyat va kurashlari hamma-hammasi tragik xarakterga ega. Hamzaning “Zaharli hayot” pyesasi janri haqida, ushbu asar drama ekanligi isbot etilsada, asarning ba’zi о‘rinlarida esa tragediyaga xos xususiyatlarning yuqoriligini qayd etishimiz zarur. “Zaharli hayot” pyesasi sarlavhasidanoq tragik holatni aks ettiradi. Asar qahramonlari Mahmudjon va mariyamxonlar butun jamiyat bilan konfliktga kirishadilar. Ularning insonga xos eng nozik tuyg‘ulari “oliy kuchlar” tomonidan inkor etiladi. Shundan sо‘ng ular butun jamiyatga qarshi isyon kо‘taradilar, о‘z joniga qasd qiladilar. Insonni, vijdonni, adolatni pulga sotadigan zamonlar, jamiyatlar, tuzumlar hali-hanuz bor. Bundan keyin bо‘lmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Shunga asoslanib, bunday asar umuminsoniy mavzularda yozilganligiga guvohmiz. Umuman tragediya yoki har qanday asardagi tragik voqea tomoshabinda... qо‘rquv va achinish hissini uyg‘otish 41 bilan birga ulardan ogoh bо‘lish, ularning hislarini tozalashga soflik kasb etishga xizmat qilishi zarur. Jadid tragediyalari, komediyalari hamda dramalari millatni ruhan poklash maqsadida yozilgan va shu maqsad yо‘lida xizmat qilgan. Jadid dramalari uch xil yо‘nalish bо‘lib xizmat qilsada, g‘oyaviy yо‘lda yagonaligi aniq. Mavzular kо‘lami: 1. Madaniy-maishiy mavzudagi asarlar 2. Ma’naviy-ma’rifiy dramalar 3. Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi drama asarlar Madaniy-maishiy mavzudagi asarlar deganda Turkiston xalqini maishiy hayotidan olib yozilgan turmush tarzi tasvir etil gan pyesalarni nazarda tutmoqdamiz. Madaniy-maishiy mavzudagi asarlar sirasiga Fitratning “Rо‘zalar”, Avloniyning “Pinak”, N.Qudratillaning “Tо‘y”, A.Badriyning “Juvormag” va “Ahmoq”, A.Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, Hamzaning “Zaharli hayot”, “Maysaraning ishi”, “Paranji sirlari”, “Tuxmatchilar jazosi”, G.Zafariyning “Halima”, “Baxtsiz shogird” kabi asarlarini kiritish mumkin. Bunday asarlarda ham garchi ma’rifat va ilm targ‘ibi, ijtimoiy hayot nafasi sezilib tursa-da, maishiy- madaniy masalalar birinchi planda beriladi. Milliy g‘oya jadid dramaturgiyasining asosi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov “О‘zbekistonni yangilash” va rivojlantirish о‘z yо‘li tо‘rtta negizga asoslanishini kо‘rsatib о‘tadilar. Bular: • umuminsoniy qadiryatlarga sodiqlik; • halqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; • insonning о‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish; • Vatanparvarlik; Jadid dramaturgiyasi mustaqil davlatimizda kamol topayotgan yosh avlodni tarbiyalashda katta samarali ahamiyat kasb etadi. Ziyolilarning erksizlikka va tanazzulga qarshi va uning sabablarini izlay boshlaganliklari va tahliliy iо‘lanishlar natijasida adabiyotda, jumladan jadid dramaturgiyasida aks ettiriladi. Jumladan, A.Avloniy ijodi ayni davrda qaynoq adabiy, ijtimoiy shakllangan. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida tug‘ildi. О‘qchidagi eski 42 maktabda о‘qidi. Madrasada tahsil oldi. Rus tilini qunt bilan о‘rgandi. Ijtimoiy- madaniy hayotga aktiv aralashdi. Avloniy xalqning ilm-ma’rifatli bо‘lishini joni dili bilan istadi va buni amalga oshirish yо‘lida juda kо‘p ishlar qildi. U maktablar ochib, ular uchun kitoblar, qо‘llanmalar yozdi. Jumladan, uning 1909-17 yillar mobaynida “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”, “Muxtasari tarixi anbiyo va tarixi islom”, “turkis guliston yoxud ahloq”, “Maktab gulistoni” kabi asarlari chuqur ijtimoiy-falsafiy asosga ega bо‘lgan ta’limiy asarlar edi. 1907 yildan Avloniy matbuot ishlariga berilib ketadi. Shu yilning 4 dekabrida u о‘z uyida “Shuhrat” nomli bosma gazeta chiqara boshlaydi. Ming afsuski, tarixda hamma vaqt ma’rifatga-madaniyatga intilish jaholatning qarshiligiga uchragan. 1908 yilda “Osiyo” nomli gazeta chiqara boshlaydi. 1909 yilda “Jamiyati xayriya” tashkil qilib, 1-yil davomida unga raislik qiladi. Yetim-yesirlarga yordam beradi. 1914 yilda “sadoyi Turkiston” gazetasida muharrirlik qiladi. Shu davrda ushbu gazeta orqali talaygina she’r va maqolalar e’lon qilgan edi. 1916 yilda Dergez mahallasida yana yangi maktab ochadi va mudir hamda о‘qituvchi vazifalarida ishlaydi. 19 asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Turkistonga rus Yevropa teatri, muzika va xoreografiya san’atining olib kelishi yerlik xalq, ayniqsa о‘zbek ziyolilarining rus teatri va muzika madaniyati bilan yaqindan tanishishga imkon yaratadi. Turkiston о‘lkasida 1907-1910 yillarda rus va chet el truppalari gastrollari tez-tez о‘tkazilishi natijasi о‘zbek yoshlarida bu sohaga katta qiziqish uyg‘otdi. Avloniy dastlab о‘z maktabidagi muallim va о‘qituvchilar orasida dramma tо‘garagi tashkil qiladi. Bu sohada ma’lum bir malaka, tajriba orttirgach, u Turkistonning bir necha shaharlariga bordi va о‘sha davrda yoshlarni о‘z atrofiga tо‘pladi. A.Avloniy 1913 yilda Toshkentda birinchilardan bо‘lib truppasini tashkil qiladi va unga “Turon” deb nom beradi. Bu haqida professor M.Raxmonov va adabiyotshunos olim SH.Rizayevlarning asarlarida batafsil ma’lumotlar berilgan. Faqat ta’kidlash joizki, avloniy xuddi ana shu “Turon” nomli teatr truppasida mahoratli aktyor, rejissyor sifatida elga tanildi. Ma’lum ma’noda bu faoliyatlar uni dramaturgiya sari yetakladi. Avloniyning dramaturgiyaga kirib kelishida quyidagi omillar muhim ahamiyatga egadir. 43 1-an’anaviy xalq og‘zaki teatrlari ta’siri; 2- uning maktabdagi faoliyati, ya’ni о‘quvchilarni ifodali о‘qishga о‘rgatish, rollarga bо‘lib о‘qitish, muzika sadolari ostida xor bо‘lib she’r aytish, texnik vositalaridan foydalanish va boshqalar; 3 – uning katta sahnadagi seriqirra faoliyati; 4 – teatr va ozarbayjon aktyor, rejissyor va dramaturglari bilan bevosita ijodiy hamkorlik; 5 – о‘zi tarjima qilgan va sahnalashtirgan asarlari ta’siri; 6 – “Turon” truppasining milliy asarlarga chanqoqligi; 7 – dramaturgiyaga xos о‘zidagi qobiliyat, bilim muhim о‘rin tutgan va uni dramaturgiyaga yetaklagan; Dastlab Avloniy 1914 yilda “Advokatlik osonmi?” va 1915 yilda “Pinak” nomli bir pardali komediyalar yaratadi. Keyinchalik “Biz va Siz”, “portugaliya inqilobi” hamda “Ikki sevgi” (tugallanmagan) dramalarini yozdi. Asarning “Advokatlik osonmi?” deb nomlanishining о‘ziyoq kishida qiziqish uyg‘otadi. Avloniy Turkistonning maishiy va ma’naviy hayotiga inson huquqlari himoyachisi, 7 yil Yevropada о‘qib qaytgan advokat kо‘zi bilan qaratmoqchi bо‘ldi. Asar qahramoni Davronbek 7 yil Yevropada tahsil olib qaytgan bо‘lsada, biroq shu davr mobaynida turkiston hayotida biror о‘zgarish bо‘lmaganligidan g‘oyat afsuslanadi. Buni Davronbek о‘zining qabuliga kelayotgan har bir bilimsiz, oq-qorani tanimaydigan, madaniyatdan yiroq olimlarda kо‘radi. Abdujabbor ismli xizmatchisini esa fikru-hayoli qanday bо‘lsa-da pul topish. Asosan ma’rifatparvarlik g‘oyasini ilgari suruvchi bu asarda о‘sha davr kishilarining og‘ir ahvoli hakim sinflarning о‘ta shavqatsizliklari, bilimsizlik kabi illatlar fosh qilinadi. Avloniy davr muammolarini fosh etishda о‘ziga original yо‘l tanladi, ya’ni turli toifadagi kishilarning о‘z dardlarini ayttirish, ular ma’naviy dunyosini yanada yaqqolroq namoyon qilish uchun advokatga rо‘barо‘ qildi. Asarda muddaosi nima ekanini advokatga gapni rosa uzoqdan boshlab, savodsizlarcha, qonun-qoidani bilmaydigan kishilarning bir yо‘l-yо‘riq topguncha notariuslar, 44 adliya xodimlari eshiklarida sarson-sargardon bо‘lishlari gaplashish madaniyatini bilmasliklari oqibatida haqoratlanishlari muallif tomonidan juda real tasvirlangan. Asardagi qaysi personajning hatti-harakatini kuzatmaylik, ularning har biri о‘ziga xos real obrazlar darajasiga kо‘tarilganligini kо‘ramiz. Asar syujeti juda ixcham. Va turli millatga mansub mehnatkash xalq obrazi mujassam. Advokat oldiga kelayotganlar ichida bir mazluma ayol borki, u doim qimorboz eri tomonidan kaltaklandi, azob-uqubatda yashaydi. Ana shunday qullarcha hayot kechirishdan qutulish chorasini izlab advokatga murojaat qiladi. Uning quyidagi gaplariga e’tibor beraylik; “-Mehriniso, opaginang aylansun, ... о‘n besh yildan beri azob tortaman, dardu hasratlarimni aytayin desam, hech bir jonkuyarim yо‘q. Bir necha marotaba qoziga borub arz qilg‘on edim, yigitgina о‘lgur erim ma’ruzami, rivoyatmi, allanimabalolarni qilub, yana uyga olib keldi”. Ushbu sо‘zlardan Mehrinisoning naqadar xо‘rlanganligi, eri tomonidan mol kabi uyga “haydab” olib kelinganligini kо‘ramiz. Bu ayol о‘z zolim eri bilan bunday yashamoqchi emas. Endi u qoziga ham murojaat qilmaydi. Bunday masalada faqat advokatga murojaat qilish lozimligini tushunib yetdi. Avloniy Mehrinisoning og‘ir ahvolini tasvirlash bilan о‘zbek dramaturgiyasida birinchi bо‘lib komediya janrini yaratishda xotin-qizlarni о‘qitish, ularni о‘z sevganlariga berish masalasini о‘rtaga tashlaydi. О‘sha davr uchun bu katta jasorat edi. Avloniyning yutug‘i shundaki, u ana shunday muhim bir masalani kо‘taradi va о‘z asarida maromiga yetkazadi. 1. “Advokatlik osonmi?” asari birinchi о‘zbek komediyasi sifatida adabiyotshunos olimlar, teatr tanqidchilari tomonidan о‘rganildi. 2. Asar Avloniyning dramaturgiya yaratish sohasidagi birinchi tajribasi bо‘lishiga qaramasdan ham janr, ham badiiylik jihatidan о‘zbek jadid dramachiligida munosib о‘rin tutadi. 3. Komediyaning tili ravon, hamma uchun tushunarli va о‘qilishi ham. 45 4. Avloniyning ushbu komediyani yaratishdan asosiy maqsadi xalqni kuldirib, unga huzur bag‘ishlashdangina iborat bо‘lmay, balki kulgi orqali о‘zligini namoyon etish, millatni ma’rifatga chorlash edi. Abdulla Avloniy “Pinak” asari 1915 yilda yozilgan bо‘lib, aks ettirgan g‘oya va mazmun esa dastlab uning “Kо‘knori va qimorboz” nomli she’rida ifodalangan edi. Asarda zamonning kо‘p tarqalgan kasofatlaridan nashavozlik (kо‘knori) va qimorbozlik kulgi ostiga olinadi. Va kishilarda ularga nisbatan nafrat va achinish tuyg‘ularni uyg‘otish niyatini kо‘zlaydi. Komediyaning markazida 62 yoshli Tursun – kо‘knori obrazi turadi. U umr bо‘yi kо‘knorilik qilib, dangasalik bilan hayot kechirgan. Shuning orqasidan sog‘lig‘idan ajragan, “vahima” bо‘lib qolgan. Asosiy mashg‘ulot kо‘knori ichib pinakka ketish. Shu sabab muallif komediyaning nomini ham “Pinak” deb qо‘ygan. Tursunning qо‘shnisi Tolib – qimorboz ham qimor о‘ynab yutqazganda Tursun kо‘knorining oldiga kelib, qо‘rqitib, pulini olib ketishga odatlangan. Bundan bezor bо‘lgan dо‘sti Farhod kо‘knoriga dardini aytib, bu ahvoldan qutulish yо‘lini izlab topadi. Farhodni о‘zi ham Tolibning hiylasiga uchib, chuv- tushadi. Tolib qimorboz о‘z oshnalari bilan birgalikda Tursunning uyiga kо‘knorixо‘rlik qilish uchun yig‘iladilar. Va hammalari pinakka kiradilar. Muallif Tursun orqali о‘z davridagi ayrim kishilarning g‘aflat uyqusida ekanligini, bu illatning kishilarning tobora ich-ichidan kemiruvchi, insoniylik xususiyatlaridan mahrum etuvchi bid’at ekanligini ifodalaydi. Asar g‘oyasi Tursunning Tolib qimorboz bilan bо‘lgan tо‘qnashuvlari orqali ochiladi. Tolib kichikligidanoq pulga о‘rgangan. Qimorbozlikni о‘ziga kasb qilib olgan. Goho о‘zining shunday ahvolga tushib qolganidan noliydi. U Tursunning qimor о‘ynamoq harom deb qilgan nasihatiga javoban shunday deydi: “Ey Tursun aka! Tarki odat amrimahol, degan gap bor, kishi yoshligida nimani о‘rgansa, shunga xu qilib, odatlanib qolur ekan. Oanm bechora, rahmatlik otamga doim aytardiki, о‘g‘ling о‘qib mudarris imom bо‘ladimi? Qaysi masjid imomsiz quvvati deysan. Fiyonbozorga chiqub, “tashishka” qilsun, pul topishni о‘rgansun. Mullolarni kо‘rasanmi hammasi kambag‘al. Aksar boy bо‘lgan odamlar avvalo tashishka qilub, о‘risni tilini 46 о‘rganub, boy bо‘lub ketgan, mana о‘qitmay, “tashishka”ga chiqardi. Mana endi, man bо‘lsam, yamon odamlarga qо‘shilib, sayog‘ bо‘lib ketdum. Pul topishni о‘rganaman deb, qimor о‘ynashni о‘rgandim. Topgan pulimni qimorga boy berib, bir parcha nonga zor bо‘lib, rasvoi olam bо‘lib qoldim. Shuning uchun sizga har vaqt aytamanki, о‘g‘lingizni avval о‘qiting, pulga о‘rgatmang deb”. Haqiqatdan ham, ilgarilari ilmli kishilar juda ozchilikni tashkil qilganligiga qaramay, ular qadrlanmas, aksariyat ziyolilar nochorlikda hayot kechirardi. Avloniy Tolibning afsuslanishlari orqali kishilarni ilm olishga chaqirish bilan birga ana shu ilm-ma’rifatning mohiyatiga tushunib yetadigan omma vujudga kelishi lozim demoqchi. Asardagi kulgili holatlar hayotiy mazmundan kelib chiqqan. Komediya uchun eng xarakterli xususiyat boshda tasvirlangan hayotiy situatsiyaning tezkor bо‘lishidir. Adib “Kulgu” asaridan kо‘zlangan asl maqsadi millat ma’naviyatiga bog‘liq bо‘lib tushayotgan illatlardan, bunday illatlarning yomon oqibatlaridan jamiyatni ogoh etish edi. A.Avloniy har ikkala komediyada ham tasvir vositalarining deyarli barcha turlaridan о‘z о‘rnida mohirona foydalangan. Xulosa qilib aytganda Avloniyning “Pinak” pyesasi komediya janrida yaratilgan ilk asarlaridan biri bо‘lib, giyohvandlik va qimorbozlikning ayanchli oqibatlarini jonli obrazlarda aks ettirgan va bunday illatlar oqibatlari haqidagi fikrlarni ommalashtirish maqsadida yozilgan. Asar tili ravon, hamma uchun tushunarli. Muallif “Pinak” asarida kо‘knorilik va qimorbozlik illatlari ustidan kulish orqali xalqni ilm-ma’rifatga chaqiradi. “Advokatlik osonmi?” va “Pinak” asarlari о‘sha vaqtda sahnalashtirilgan bо‘lib, tomoshabinlarning sevimli sahna asarlariga aylangan. Ichkilik, nashavandlik va boshqa har turli illatlarga duchor bо‘lib, о‘z insoniy qiyofalarni yо‘qotgan va buning oqibatida og‘ir jinoyatlar sodir etayotgan kimsalar hali ham yо‘q emas. Shunday ekan, Avloniyning ushbu asarlari hali ham о‘z ahamiyatini yо‘qotgan emas, aksincha hamma davrlar uchun ham ahamiyatli va ibratli bо‘lib qolaveradi. ABDULLA QODIRIY - DRAMMATURG SIFATIDA Abdulla Qodiriy shoirgina emas, dramaturg sifatida ham qalam tebratdi. 1913 yillarda sahnalashtirilgan “Padarkush” pyesasi ta’sirida, - deb yozdi u tarjimai 47 holida, - “Baxtsiz kuyov” degan teatr kitobini yozib yuborg‘onimni о‘zim ham payqamay qoldim” 5 . Binobarin, “Padarkush” – 1911 yilda yozilib, 1912 yilda nashr etilib, 1913 yilda sahnalashtirilgan bо‘lsa. 1914 yilga kelib Hoji Mu’in va Nusratilla Qudratillalarning “Tо‘y” degan sahna asari dunyoga keladi. Va nihoyat 1915 yilda Abdulla Qodiriyning mazkur “Baxtsiz kuyov” asari alohida kitob holida chop etildi. Asar xuddi о‘sha yilning 14 noyabrьь chorshanba kunida sobiq Sverdlov (Kollizey) teatrida birinchi bor sahnalashtirilgan. О‘sha davr matbuoti xabarlariga qaraganda asar toki 1920 yillargacha ham sahnadan tushmagan. 6 Garchi, qodiriyshunoslikda “Baxtsiz kuyov” adibning drama sohasidagi yagona asari deb qayd etilsa ham biroq boshqa bir holatlarda “hech kim bilmasin” asarini ham Abdulla Qodiriyga nisbat beriladi. Bu asar bir pardali komediya bо‘lib, 1921-1922-1923 yillarda Toshkentdagi Jangoh – hozirgi Abdulla Qodiriy bog‘ida о‘ynalib kelingan. Bu haqda “Qizil bayroq” gazetasining 1921 yil 17 sentabr sonida xabar ham berilgan. “10 sentabr yozlik “Turon” sahnasida “Hech kim bilmasin” (Julqunboy asari) о‘ynaldi. 7 Mazmuni “...bir xotinboz qari duoxon qari duoxon domla va uning yosh yigit nabirasi bо‘ladi. Nihoyat yigit pul olish maqsadida bobosiga shunday hiyla ishlatadi. Yigit payt poylab, paranji yopinib bir yosh qiz qiyofasida bobosining oldiga “dam soldirgani kiradi… Bobosi paranjlik “qiz” yoniga о‘tirib dam solish bahona unga “muhabbat” izhor qila boshlaydi va yelkasiga” qо‘l tashlaydi. Shu choq “qiz” birdan yuzini ochib yuboradi… Hayratga kelgan bobo nabirasiga: “Tilaganingni beray bolam, bu sirni hech kim bilmasimn, gap shu yerda qolsin” deydi. Ma’lum bо‘lishicha, bu asar bir kо‘rinishli va bor yо‘g‘i ikki personaj harakatidan iborat, rollarda Xamza teatri akterlari Sayfiqori Olimov – bobo, Shokir Najmiddinov es yigit – “qiz” rolini ijro etgan. Ammo mazkur sahna asarlari matni hech yerda uchramaydi. Balki, 20-yillarda odat tusiga kirgan tarjima yoki tabdil toifasidagi asarlar bо‘lishi ham mumkin. Birgina G‘ozi Yunus turli mavzularda yigirmadan ortiq tadbil-sahna asarlari 5 Abdulla Qodiriy. Kichik asarlar. T., 1996. 206-bet 6 Qarang: S.Mirvaliyev. Abdulla Qodiriy (hayoti va ijodi) T., “Tan”, 2004, 33-46 betlar 7 Qarang: A.Qodiriy. Otam haqida. Toshkent, 1983. 32-bet 48 yaratgani haqida aniq ma’lumotlar bor. Hattoki, ularning deyarli hammasi alohida kitob holida ham chop etilgan. Agar shu holatni Oxir-oqibat urra-urra bilan boshlangan tо‘yda chakilgan kо‘knori – oqibatida nechta odamning boshi yanchiladi, nechta ot nobud bо‘ladi va eng oxiri Boyning о‘zi sinadi, qarzga botadi. Shunda Mirzo xalqqa qarata: “biz Turkiston musulmonlari, bu nodonlik balosidan qachon qutular ekanmiz? Bizlarni ilmsizlik sharobxо‘r qildi, juvonboz qildi, axmoq va isrofkor qildi. Mana, oxir beobrо‘ va xonavayron qildi” (о‘sha kitob. 171-bet) deb yurt kо‘zini ochmoqchi bо‘ladi. Kо‘rdikki, “padarkush”da kechgan fojeaning ham, “tо‘y”da rо‘y bergan falokatning ham bosh sababi ilmsizlik oqibati, yaramas rasm-rusm va isrofgarchiliklar, qolaversa diniy xurofot va bid’atdan deb qaraladi. “baxtsiz kuyov” ham xuddi shu jihatlari bilan mazkur asarlarga yondosh va mushtarakdir. Unda ham ikki yoshning tо‘yi bahonasida yо‘l qо‘yilgan xato – о‘sha eski rasm-rusm, isrofgarchilik, bid’at-illatlariga tobe qilish fojeaga yetaklaydi. Bunig bosh sababi yana ilmsizlikka borib taqaladi. Abdulla Qodiriyning mazkur dramasi faqat mavzu, saylab olingan hayotiy material jihatidan emas, balki bir qator о‘ziga xos tomonlari bilan ulardan farqlanib ham turadi. Kо‘rdikki “padarkush”da ham, “Tо‘y”da ham voqea – asar syujeti tizimi boyga, boy xarakteriga borib bog‘lanadi. Har ikkala dramada ham syujet ipini boy obrazi jilovlab turadi. О‘sha ilmsizlik oqibati ham, yaramas rasm-rusm ham, xurofot va bid’at kо‘rinishlarining barchasi boy holati, hayoti muhitida kechadi “baxtsiz kuyov”da esa aksincha, oddiy xizmatkor yigit solih bilan Rahima taqdirlarining bog‘lanishi asnosida syujet dinamikasi yuzaga keladi. Voqealar tadrij tarzda tо‘rt pardada navbatma-navbat rivojlanib borib, о‘z yechimga kо‘tariladi. Asar syujeti Solihning amakisi Abdurahim bilan uchrashuvidan boshlanadi. Solig‘: “-Xush kelibsiz, amaki, nechuk xudo yorlaqadi...” deb boshlangan ilk sо‘rog‘iga amakisi Abdurahim “Bu kun seni tо‘g‘ringda bir gap chiqib qoldi”, deb javob qiladi. О‘zaro suhbat davomida о‘sha “bir gap” Solihga otasining oshnasi Fayziboy qizini olib bermoqchi ekanligi bilan oshkor bо‘ladi. “Uylanib uyingda ota-onangni chirog‘ini yoqsang” deydi. Solih esa “Hozir vaqti 49 emas” deb e’tiroz bildiradi. E’tiroziga Abdurahim ikki bir-biriga bog‘liq hayotiy sababni rо‘kach qiladi. Birinchidan, yigit kishiga uylanish ham qarz, ham farz ekanligi bо‘lsa, ikkinchidan, ota-onadan qolgan yagona meros, uy-joyga qaramasa vayron bо‘lishi, undan ham ajrab qolmaslik shartidir. Solih buni anglagandek ham bо‘ladi. Biroq boshqa va asosiy tugun-tо‘siq ham kо‘ndalang turardi. Solih: “Zamonamizda yomon bid’at – isroflar taraqqiy topgan, uncha-buncha aqchaga bu vaqtda uylanmoq qiyin ekanligini uqtiradi. “Xо‘b, xotun olaman” desam, Fayziboy mendan zamonaga muvofiq aqcha olsa, ul vaqtda man qarzdor-abgor bо‘lub qolsam, ish qanday bо‘lur? Hozir, avf etasiz, amaki”, deb yana bir bor uylanish taklifini rad etadi. Ammo amkisi boshqacha yо‘l tanlaydi. Uni qо‘rqoqlikda ayblay boshlaydi. Noiloj qolgan Solih: “Xayr, qarzdor bо‘lub qolamande”, tarzida noroziligini yana bir bor yolvorgansimon bildiradi. Bir qarashda amakisi Abdurahim bu ishda aybdor, sababchidek ham tuyuladi. Ammo u ham nima qilsin, musulmonchilik, jigarchilik yо‘lini tutadi. Solih otasidan qolgan yolg‘iz yodgorlik uy-joyi qolib kimlarning eshigida xizmatkor, buning ustiga bir yetimchani uylantirib qо‘yish, uy-joy mulkini saqlash ham savob ish. Shu tufayli Abdurahim ham amaki sifatida о‘z insoniy burchini ado etishni ham qarz, ham farz deb biladi. Solih buni anglagani tufayli: “otam о‘rnida otamsiz, nima qilsangiz ixtiyor о‘zingizda”, - deb jilovni berib qо‘yadi. Biroq, Solihdagi uylanishga bо‘lgan norozilik tuyg‘usi uning о‘z qalbida, ruhiy kechinmalariga kо‘chadi. Konfliktda kolliziya holati rо‘y beradi. Amakisiga rozilik berib yuborgach: «Qanday gap bо‘ldi, shu zamonda. Kambag‘al kishining tо‘yida bir ming besh yuz sо‘m ketib turg‘on bо‘lsa, qarzdor bо‘lmog‘im ob-ochiq kо‘rinib turg‘on ish, boshimda ota- onam yо‘qki, meni g‘amimni yesalar va men uchun harakat qilsalar. Oh yaratgan xudoim, о‘zing ishimni tо‘g‘rilamasang, men yetim bandangni kori og‘irdir!» - deb kо‘z yosh qiladi. Xuddi shu о‘rinda Abdulla Qodiriyning ilk kashfiyoti kо‘rinadi. Negaki avvalgi ikki dramada qahramon harkati dramaturg bayonida, voqea rivojida, qahramonlarning о‘zaro suhbati, tо‘qnashuvi va goho yozuvchi ifodasi orqali hal etilgani holda endi bu yerda shularga qо‘shimcha, qahramonning ichki 50 ruhiy dialogi bilan yangi bir tasviriy usul kurtak otadi. Zero, “Baxtsiz kuyov” avvalgi har ikki sahna asari bilan kо‘p jihatdan mushtarak bо‘lgani holda, endi bu о‘rinda о‘ziga xos belgi va sifatlari, muallif topilmalari bilan ham ulardan farqlanib turadi. Asarning ikkinchi pardasiga kо‘chgach, harakat о‘zgacha tus oladi. Endi bu pardada avvalgidek faqat ikki personaj emas (Solih va Abdurahim), balki bir qator personajlar suhbatga kirishadi, asosiy hal etuvchi davrani tashkil etadilar. Drama harakatning kulminatsiyasiga ham zamin yaratadilar. Shu tufayli dramaning ikkinchi pardasi asarda ilgari surilgan g‘oyani hal etishda asosiy va yetakchi о‘rin tutadi. Negaki, bu kо‘rinishda nafaqat kishilar taqdirini, balki zamona taqdirini, millat rasm-rusmi, urf-odati, savdo-sotiq, diniy ma’rakalarni boshqaruvchi kazo- kazolar, yurt egalari majlisining hukmi о‘qiladi. Undagi Domla ana shu yurt egasi, din arbobi sifatida majlisni boshqaradi. Aytgani aytgan, degani degan. Hatto tо‘y egalari ham, ellikboshilar ham uni aytgani oldida ip esha olmaydilar. Uylanib uyli joyli bо‘lish orzusida boshlanayotgan tо‘ydan oldingi aza hidi ham, fojea zamini ham xuddi shu damda tug‘iladi. Ana shu fojeaga Fayziboyning uyidagi ochiq- sochiq yurt rasmi zamin hozirlaydi. Bu masalada Fayziboy ham, Domla-imom har bir tarafda, ochiq-sochiq yurt rasmi deb da’vo qiladi. Ammo yangi fikrli Mullakarim ellikboshi va Abdurahim ikkinchi tomonda turib bunday rasm- rusumlar shariatda yо‘qligini aytadilar. Agar, Fayziboy: “Olug‘-solug‘ bо‘lmasa tо‘y bо‘ladimi?! Meni ham boshimda bir qizim bor. Orzu havaslik dunyo...” deb Domla imomni bu ishga da’vat etsa, “Ellikboshi sо‘zim shulki, sovchigarchilik, olug‘-solug‘ sо‘zlashilmasa, chunki kuyov bо‘lmish yigit... yetim ham kambag‘al... qarzdor bо‘lib qolsa yaxshi emas” degan qat’iy e’tirozni bildiradi. Domla-imom: “Bu kishini aytganlaridek qilsangiz xalqqa kulgi bо‘lasiz... Olug‘- solug‘ yurtni rasmi...” (о‘sha kitob, 181-bet) deb olug‘-soluqqa о‘tadi”. Besh yuz sо‘m pul, о‘n besh qо‘y, bir ot, tо‘rt botmon bug‘doy, tо‘rt botmon guruch, kajobada magiz, turshak, о‘n yashuk har xil qandu-shirinlik, yigirma quyum xolva, uch ming dona kichik non, ikki ming dona о‘rta non, ikki ming dona katta non, qozonda nisholda, qizlarga о‘n bosh oyoq kiyim, kimxob duxoba, shohi atlas, 51 movit, chidakon, chit va boshqalar, har biridan kо‘ylak, kamzul, mazkurlarga loyiq qimmatbaho rо‘mollar, yana uch dona paranji, shoо‘i duxoba adras, uch dona kovush mahsi, qavm-qarindoshlarig‘a, о‘zlarig‘a, zaifalarig‘a bosh-oyoq kiyim” (о‘sha asar, 181-182-bet). Olug‘-solug‘ ishtirokchilaridan Ellikboshi: “Yо‘q Domla juda oshirib yubordingiz”, desa Fayziboy: “Juda kam aytdingiz”, deydi. Ellikboshi buni “Tо‘y” demang, oxiri azaku, taqsir deb qarshilik kо‘rsatadi. Fayziboyga “kuyovingiz bechora qarzdor bо‘lib qolsa, g‘am-andug‘ini qizingiz tortadur” deb insofga chaqiradi. Domlagan esa: “Shariat mustafoda shundoqki kuyov tarafidan qizga mahr tayinlamoq, sо‘ngra bir kosa suv bilan nikohlamoq” ekanligini ta’kidlaydi. Diniy xurofot va bid’at homiysi Domla bо‘lsa: “Har joyni musulmonlarini rasmi bо‘ladi. Bizlarga ham shundoq qilmoq rasmdur”, - deganda pirovardi Ellikboshi “bu rasm emas” johiliyat zamonidan qolgan bid’at deydi. Noiloj qolgan Solihning amakisi Abdurahim: “Xо‘p, xо‘p!” deb chiqib ketadi. Uchinchi pardada esa yana amaki jiyan uchrashadi. Bо‘lib о‘tgan hangomalar olig‘-solig‘ natijasi bilan tanishtiradi. Amakisi Solihga “Tо‘yga taxminan bir ming besh yuz sо‘m ketadi” uning kо‘zlari olayib, “Undoq aqcha va g‘allalar berib xotun olmoqqa quvvatim yetmaydur... Hali ham buncha narsa berib xotun olmaydur deb javobini bering” degan qarorga keladi. Abdurahim: “Endi bо‘lar ish bо‘ldi besh-olti yuz sо‘m qarzdor bо‘lsang, bо‘libsan. Quvvatim yetmaydi demoq yigit kishiga ayb ekan. Tishingni tishingga qо‘y, unaqa qilma!”. Solih: “Yо‘q, javobini bering, hozir qarzdor bо‘lib xotin olmayman. Qarzodr bо‘lsam, qarzimni kim beradur?” Abdurahim: “Ey, ahmoq ekansanku. Yaramas gaplarni gapirma! Fotiha xudoning muhri debdurlar, fotihadan qaytsang, kishini fotiha uradur! Keyingi dushman jonga dushman, degandek bir kasalga yо‘liqib, keyin pushaymon bо‘lib yurma. Qarzdor bо‘lsang bir gap bо‘lib ketar о‘rtada turg‘onni uyaltirib qо‘yadurg‘on ish qilma!” Solig‘: “- Xayr, men kо‘ndum, endi kimdan qarz sо‘rayman..” (о‘sha kitob, 186-bet). 52 Kо‘rinadiki, adib asar syujeti va undagi konflikt ipini tobora taranglashtirib boradi. Demakki, realistik hayotdan olingan voqealar zanjiri tobora tarnglashadi, kishilar obrazi yorqinlashib, asarda realistik tasvir bо‘yog‘i quyuqlashadi. Endi adib xuddi shu о‘rinda yana bir yangilik sari intiladi. Avvalgi dramalardagidek faqat feodal ijtimoiy-siyosiy kurashlarining ifodasi bilangina chegaralanib qolmaydi. Endi antifeodal munosabatlardan antikoloniyal (Shuhrat Rizayev iborasi) munosabatlarni ham tasvirga tortadi. Qosimboy kabi yangicha boy-sudxо‘r boy obrazini yaratishga kirishadi. Bu orqali о‘lkaga kirib kelayotgan kapitalistik munosabatlarga ham ishora qiladi. Shuningdek, dramada pristav obrazini kiritib. Ular orqali chor mustamlakasi himoyasiga ham tayangan “yurt egalari”ni qoralaydi. Albatta, dramadagi harakat tо‘rtinchi pardaga yetganda sifat о‘zgarishi rо‘y beradi. Oldindan gazak olib kelgan fojea о‘z yechimiga yetadi. Baxtli bо‘lish orzusi bilan uylangan solih va Rahimalar zamona kulfatidan halokatga uchraydilar. Achchiq qismat ustida yig‘lab о‘tirgan Solih va Rahimaga otasi Fayziboy: “Ha nima gap? Nega yig‘lab о‘turubsizlar?” degan sо‘rog‘iga ular: “xonavayron bо‘lganimizga yig‘lashamiz” deb javob qiladilar. Shunda Rahima о‘z otasiga: “...har ishni siz qildingiz, kuyovingizdan aqcha olmay va isrof qilmaganingizda kuyovingiz qarzdor bо‘lmas edi va bundoq tashvishga qolmas edik” degan ta’nani qiladi. Biroq bu tashvishdan na amki Abdurahim, na ota Fayziboy, na kelin-kuyov о‘zlarini qutqara oladilar. Ularni yakkayu yagona о‘lim qutqaradi. Asar dramatizmi, konflikt hukmi shuni taqazo etadi. Shunda Ellikboshi Boyga: “Bularni kim о‘ldiradi?” desa, Boy: “Bizlarni xabarimiz yо‘q” deya qutuladi. Ellikboshi xalqqa qarata: “...isrofni ziyonini kо‘rdingizlar. Fayziboydan ibrat olinglar. Kо‘rdingizmi isrof qilib, oxiri holi nima bо‘ldi?... Bid’at tо‘yiga isrof qiladurg‘on aqchaga о‘g‘lingizni о‘qitinglar... о‘g‘il о‘qitmoq yaxshi, ham farzdur. Tо‘yga isrof qilmoq bid’atdur” (193-bet) degan ma’rifatparvarchilik aqidalariga da’vat yangraydi. Biz bilamizki, Abdulla Qodiriy millat farzandi va adibi sifatida ijodining tongida, ya’ni о‘zining о‘sha 1914 yilda yaratgan “Tо‘y” nomli she’ridayoq 53 bunday bid’at tо‘ylarni qoralash sari borgan edi. Chamasi she’rda ifodalab ulgurmagan tо‘y isrofgarchiliklari va uning oqibatida rо‘y berishi mumkin bо‘lgan bunday fojealar uni ushbu fojea asarni yozishga ongli tortgan bо‘lsa ajab emas. Negaki, har qanday yaxshi, da’vatkor she’rdan sahna asarining amaliy samarasi – kо‘rgazmalilik fazilati adibga ilhom bergani rost. Buning ustiga “Padarkush”, “Tо‘y” dramalari ham muhim bir turtki bо‘lgani bor. Xullas, Abdulla Qodiriy “Tо‘y” she’rida ham, “baxtsiz kuyov” dramasida ham oddiy bir maqsadni – tо‘y isrofgarchiliklari oqibatida kelib chiqishi mumkin bо‘lgan millatfojeasining oldini olish edi. Bunda albatta о‘z davrining ikki yetakchi mafkurasi – islom ma’rifatchiligi va jadidchilik g‘oyasi “Baxtsiz kuyov” dramasiga ijtimoiy-siyosiy qolaversa, badiiy-estetik ruh bag‘ishlangan. Bizningcha, asarning ba’zi о‘rinlaridagi: xususan Abdurahim, Domla-imom, Ellikboshi va Solih kabi qahramonlar nutqidagi kо‘p sо‘zliklarni hisobga olmaganda “Baxtsiz kuyov” dramasi kо‘p jihatlari bilan hayot haqiqatiga mos keladi. Binobarin, adib ilk dramasidayoq hayot haqiqatidan badiiy haqiqat yaratish sari intilganligi seziladi. Qisqasi, milliy Uyg‘onish davrining – aniqrog‘i jadidchilik harkatining ilk davrida yaratilgan har uch sahna asari har jihatda о‘zaro mushtarakliklarga ega bо‘lsa ham, har uchchalasi о‘z о‘rnida takrorlanmas belgi va fazilatlari bilan о‘zbek milliy dramaturgiyasining tug‘ilishini boshlab berganligi bilan muhim ahamiyatga egadir. “Baxtsiz kuyov” dramasining badiiy-estetik qimmati, adabiyot tarixidagi, xususan adib ijodidagi о‘rni ham shunday sifatlari bilan belgilanmog‘i lozim. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling