Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


О‘zbekistonda adabiyot va san’at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

О‘zbekistonda adabiyot va san’at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, 
ma’naviyat va ma’rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon 
yо‘l qо‘ymaymiz.
Davlatimiz rahbarining har bir nutqida ma’naviyatning rivojlanishi, 
ma’naviy muhtning yanada shakllantirishga e’tibor qaratilgani, bu borada san’at va 
madaniyatning о‘rni alohida о‘ringa egali barchamizni e’tiborimizni tortadi. Bu 


23 
borada, san’atning har bir yо‘nalishi ayniqsa, yozuvchi dramaturglarning ijodiy 
ishlari yanada zamonaviy mavzularda asarlar yaratishlariga turtki beradi. 
2- mavzu: 
Adabiy janrlardan biri dramaturgiY.
1. “Dramaturg mahorati” fanining vazifasi
2. Dramaturgiyada janr tushunchasi 
Ijod dunyosida adabiy turlar talaygina, dramaturgiya esa shu adabiyot 
turlarining shox janrlaridan biri hisoblanadi. Dramaturgiya janri qisqa qilib 
aytganda, bayonchilikdan qochib, voqeani tortishuvlar ya’ni konflikt asosiga 
qurishni talab etadi. Ayniqsa, bu janr asosida aytmoqchi bо‘lgan voqea tomosha 
asnosiga qurilmoqlikni taqazo etadi. 
Kinodramaturgiya-suratga tushirish uchun mо‘ljallangan har qanday filmning 
g‘oyaviy-siyosiy asosini adabiy asar turi manba hisoblanadi. Kino –san’ati asari 
sintetik xususiyatga ega bо‘lib, uning tarkibida adabiyot, tasviriy san’at, musiqa, 
aktyor mahorati, rejissura, operator va boshqalar umumlashmasi, bо‘ladi. 
Kinodramaturgiyada voqea-xodisalarni tasvirlang asosan kinoning ifoda 
vositalaridan foydalaniladi. Xususan, adabiyotning she’riyat, proza, dramaturgiya 
elementlarini ham qо‘llaydilar. Kinodramaturgik asarni vujudga kelishi ssenariy 
yozishdan boshlanib, montaj stolida tugaydi. Har qanday film qaysi mavzuda, 
janrda, shaklda bо‘lmasin, uning asosini badiiy sо‘z san’atining bir kо‘rinishi - 
ssenariy tashkil etadi. Kinodramaturgiyaning dastlabki namunalari ancha oddiy 
ya’ni ovozsiz filmlar sur’atga olingan bо‘lib, bugungi kunda u murakkab ijod 
tizimiga 
aylangan. 
Filmning 
g‘oyaviy-badiiyasosi aniq bо‘lishi uchun 
kinossenariyda muallif g‘oyaviy pozitsiyasi mustaxkam va mantiqan asoslangan 
bо‘lishi kerak. G‘oya yangi fikr kinossenariyning kompozitsion tuzilishi-dramatik 
konfliktlarga, syujet harakatiga janrlar xilma-xilligi ya’ni asarning tuzilishiga 
imkoniyat 
yaratadi. 
Hozirgi 
zamon 
xujjatli 
kinolarida 
kinomatografik 
obrazlilikning tо‘rta komponenti mavjud. 


24 
1. 
Remarka-murakkab kinomatografik harakat va kino ssenariyning hamma 
tomonlarini obrazli xarakterlash. Peyzaj, harakat vaziyati, voqealar tuzilishi, 
qaxramonning xolati, musiqa va shovqin va boshqalar remerkani hosil etadi. 
2. 
Tasviriy qism, dialog va monologlar-ssenariyning asosidir. Bunda 
voqealarning qatori va xarakaterlar qirralari ochiladi. Kinomatorafik dialogining 
о‘ziga xosligi, harakatning davomiyligida, aktyor xarakteri yoritishga imkoniyat 
mо‘lligi. 
3. 
Kinossenariyda personajlar nutqi, ichki ruxiy olami, kayfiyatini tasvirlash 
uchun muhit, shart sharoit yaratish. Bu muallifga murakkab xarakterlarni keng 
yoritishga yordam beradi. 
4. 
Kinossenariyda muallif nutqi muhim rol о‘ynaydi. Muallif matni faqat film 
kompozitsiyasini emas, balki uning ichki dinamikasini ham belgilab beradi. 
Xujjatli kinodramaturgiyaning muhim xususiyati, undagi voqea-xodisalar badiiy 
publitsistik obrazlar va muallif nutqi orqali tomoshabingga havola etilishidadir. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling