Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

 
 
 
 
 
 
 
 


10 
K I R I SH 
 
Dramaturgiya (dramatik asar) aslida badiiy adabiyotning asosiy turlaridan biri 
hisoblanadi. Ammo qissagо‘ylikdan xoli, faqatgina tо‘qnashuvlar asosiga qurilgan 
bu adabiyot turini biz janrlarga ajratgan holda о‘rganamiz. 
Shuni ham eslatib о‘tmoqchimizki, har qanday janrga mansub sahna asari 
rang-baranglik kasb etmas ekan, ya’ni tо‘xtovsiz tomoshaviylikka asoslanmas 
ekan, unda biz “dramatik asar”, deb atagan ijod mahsuli kо‘lam e’tibori bilan 
dramaturgiya qoidalariga tо‘la javob bera olmaydi.
Bizning fikrimizcha, muallif aytmoqchi bо‘lgan ta’bir va g‘oya, о‘sha sahnada 
kо‘rsatilayotgan dramatik asarning qahramonlari tо‘qnashuvi asnosida namoyo 
bо‘lmog‘i muqarrar. Bordi-yu dramaturgiyaning eng katta dushmani bо‘lgan 
bayonchilik mazkur sahna asarida asosiy о‘rinni tashkil qilar ekan, unda biz bu ijod 
mahsulini drama asari, deb atashga haqli bо‘la olmaymiz. 
Shuning uchun biz mazkur qо‘llanmada dramatik janrlar va ularning 
hususiyati, bir-biridan farqi, har bir janr qahramonlari tili, harakterlari, 
tomoshaviylik kasb etishda muallif nimalarga e’tibor qaratishlarini imkon qadar 
sodda va tushunarli yо‘nalishlar orqali bayon etishga harakat qildik va har bir janr 
bayoni sо‘ngida, misol tariqasida shu janrga xos asardan parchalar keltirishni 
ma’qul topdik. 
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki,
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 
О‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi, 
Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini 
yuksaltirishning mustahkam poydevoridir (3 avgust 2017 yil) 
har birimizning 
befarq qoldirmaydi. Jumladan;
Ma’naviy hayotimizni yanada rivojlantirish 
maqsadida keyingi paytda bir qancha muhim hujjatlar, jumladan, kitobxonlik 
madaniyatini oshirish, madaniyat va san’at sohasini takomillashtirish, hududlarda 
ulug‘ san’atkorlarimiz nomi bilan ataladigan ijodiy maktab va markazlar tashkil 
etish tо‘g‘risidagi qaror va farmoyishlar ham qabul qilindi.


11 
Bu haqda gapirganda, Toshkent shahrida Adiblar xiyoboni bunyod 
etilayotgani, u yerda adabiyotimizning buyuk namoyandalariga bag‘ishlab 
yodgorlik majmualari о‘rnatilayotgani, shuningdek, Namangan viloyatida ulkan 
ma’rifatparvar Ibrat domla, Jizzax shahrida atoqli ijodkorlar Hamid Olimjon, 
Zulfiya va Sharof Rashidov, Xorazm viloyatida otashnafas hofiz Komiljon 
Otaniyozov, Nukus shahrida О‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Ibroyim 
Yusupov, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida Erkin Vohidov, 
Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf xotiralarini abadiylashtirish ishlari olib 
borilayotganini qayd etish lozim.
Bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida yosh shoir va adiblar, aktyor, rassom 
va qо‘shiqchilar, jurnalistlarning iste’dodini yuzaga chiqarish, ularga e’tibor va 
g‘amxо‘rlik kо‘rsatish borasida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Birgina misol. 2010 yildan buyon Yozuvchilar uyushmasining “Ijod” fondi 
tomonidan “Birinchi kitobim” seriyasida 1 milliard 300 million sо‘m mablag‘ 
sarflanib, 73 nomda, jami 1 million 220 ming nusxada yosh ijodkorlarning 
kitoblari nashr etildi va ular respublikamizning barcha ta’lim muassasalariga bepul 
yetkazib berilmoqda. 
Biz mana shu о‘ta muhim yо‘nalishdagi ishlarimizni bundan keyin ham 
qat’iyat va izchillik bilan davom ettiramiz – men bu haqda keyinroq batafsil 
gapiraman. Nega deganda, adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor – bu avvalo 
xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, buyuk shoirimiz CHо‘lpon 
aytganidek, adabiyot, madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga 
bizning aslo haqqimiz yо‘q.
Lekin tabiiy bir savol tug‘iladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan bugungi 
keng kо‘lamli islohotlar, yangilanish va о‘zgarishlar jarayonida ijodkor 
ziyolilarimizning о‘rni va hissasi qanday bо‘lmoqda?
Albatta, 
biz 
xalqimizning 
ma’naviy kamol topishida madaniyat 
namoyandalarining ulkan xizmatlari borligini doimo minnatdorlik bilan e’tirof 
etamiz. Yuksak ideallar yо‘lida fidoyilik kо‘rsatib yashash, о‘zligimizni anglash, 
g‘urur va iftixor, milliy manfaatlarimizni himoya qilish uchun bel bog‘lab 


12 
maydonga chiqish – siz, ijod ahliga xos ezgu fazilat ekanini hammamiz yaxshi 
bilamiz va buni yuksak qadrlaymiz.
Lekin, qо‘limizni kо‘ksimizga qо‘yib xolisona aytaylik: ijodkor 
ziyolilarimizning bugungi faoliyati jamiyatimizni, eng avvalo, el-yurt taqdiri uchun 
doimo kuyunib, yonib yashaydigan, bedor qalb egalari bо‘lgan sizlarning 
о‘zingizni qoniqtiradimi?
О‘ylaymanki, hozirgi kunda madaniyat va san’at ahlida faollik, yangi-yangi 
ijodiy g‘oya va tashabbuslar bilan yashash, izlanish ruhi yetishmayotganini 
о‘zlaringiz ham his qilib turibsiz.
Yurtimizdagi bugungi ijodiy muhitni kuzatsak, u qandaydir turg‘unlikka 
tushib, bir joyda depsinib turganday, kо‘pchilik ijodkorlarimiz о‘z tashvish va 
muammolari bilan о‘ralashib qolganday taassurot qoldiradi. Holbuki, madaniyat va 
san’at arboblari hamisha jamiyatning eng oldingi saflarida bо‘lishi, о‘z asarlari, 
faol grajdanlik pozitsiyasi bilan odamlarni ezgu maqsad va marralar sari boshlashi, 
ilhomlantirishi kerak emasmi?
Azal-azaldan xalq ijod ahliga juda katta hurmat va ishonch bilan qarashi 
sizlarga yaxshi ma’lum. Ruscha ibora bilan aytganda, ularga “vlastiteli dum”, ya’ni 
“jamiyat tafakkurining egalari” degan yuksak baho berib kelinishi albatta bejiz 
emas. Chunki, sizlarga Yaratganning о‘zi shunday noyob iste’dod va salohiyat ato 
etganki, bunday xususiyat, bunday fazilat har kimga ham nasib etmaydi.
Adabiyot va san’atning naqadar qudratli kuchga ega ekani haqida sizdek 
zukko insonlar huzurida sо‘z yuritishga, ochig‘ini aytsam, men biroz tortinaman. 
Lekin mana shunday buyuk, ilohiy kuchdan biz mamlakatimiz, el-yurtimiz ravnaqi 
yо‘lida oqilona va samarali foydalanyapmizmi? Yoki ulug‘ adibimiz Abdulla 
Qahhor aytganidek, atomning kuchini о‘tin yorishga sarflayapmizmi?
Albatta, san’atkorlarimiz о‘rtasida xalqimiz oldidagi ma’naviy va ijtimoiy 
burchini, farzandlik qarzini chuqur anglab, о‘zini ayamasdan mehnat qilayotgan, 
jamiyatimizning oldingi saflarida bо‘lib kelayotgan insonlar oz emas.
Zamon bilan hamnafas ijod qilib, boshqalarga о‘rnak va namuna 
kо‘rsatayotgan fidoyi, faol ziyolilarimizning aksariyat qismini bugungi davramizda 


13 
kо‘rish shaxsan menga katta xursandchilik bag‘ishlaydi. Ularning ijodiy izlanish 
va yutuqlari, xususan, О‘zbekistonning bugungi hayotiga bag‘ishlangan 
sermazmun asarlari haqida uzoq gapirish mumkin va buning uchun biz ulardan 
minnatdormiz. Lekin, bunday asarlar asosan shoir yoki adib, rassom yoki rejissyor, 
bastakorning shaxsiy tashabbusi bilan yaratilayotgani sir emas. Ularning dunyoga 
kelishida ijodiy jarayonlarni muvofiqlashtirib, san’at ahlini har tomonlama qо‘llab-
quvvatlab, haqiqiy tayanch va suyanch bо‘lishi zarur bо‘lgan ijodiy 
uyushmalarimiz va davlat idoralarining о‘rni va ta’siri yetarlicha sezilmayapti. 
Ijodiy tashkilotlarimiz shiddat bilan о‘zgarayotgan zamonga hamqadam bо‘lib 
yashash, о‘z faoliyatini samarali tashkil etishda davr talablaridan orqada 
qolmoqda.
Tahlillar shuni kо‘rsatmoqdaki, ijodiy uyushmalarning bugungi faoliyatida 
tadbirbozlik, shunchaki xо‘jakо‘rsinga ishlash, sustkashlik va loqaydlik 
kayfiyatlari tobora yaqqol kо‘zga tashlanmoqda. Ijodiy tashkilotlar rahbarlarining 
aksariyati faqat yuqoridan buyruq kutib ishlashga о‘rganib qolgani, ularning 
faoliyatida umumiy maqsad uchun jon kuydirish, tashabbus va tashkilotchilik 
sezilmayotgani albatta achinarli hol.
Men bugungi uchrashuvga tayyorgarlik kо‘rish jarayonida ijodiy 
tashkilotlarimizning Nizomlari bilan tanishib chiqdim. Qarang, bugun biz 
qо‘yayotgan savollar, dolzarb vazifalarni amalga oshirish aslida bu tuzilmalarning 
Nizomlarida aniq belgilab qо‘yilgan ekan. Demak, ijodiy tashkilotlarimiz о‘z 
faoliyatining poydevorini tashkil etadigan asosiy hujjat – Nizom talablariga amal 
qilmayapti, desak, tо‘g‘ri bо‘ladi.
Misol uchun, О‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Bastakorlar uyushmasi kabi 
tashkilotlarda ana shu talablarga e’tibor qilmaslik, xususan, syezd va saylovlarni 
о‘z vaqtida о‘tkazmaslik holatlari ham shundan dalolat beradi.
Bastakorlar uyushmasining qurultoyi 1995 yildan sо‘ng – oradan о‘n 
yildan ortiq vaqt о‘tib, nihoyat 2014 yilda, shunda ham yuqori tashkilotlarning 
talabi bilan о‘tkazilganini qanday baholash mumkin? Holbuki, bugungi kunda 


14 
barcha davlat va nodavlat tashkilotlar uchun xalq bilan doimiy muloqot qilish, xalq 
oldida hisobot berish eng asosiy talab sifatida qо‘yilmoqda.
Yoki biz bir paytlar katta umid bilan tashkil etgan Badiiy akademiya 
faoliyatini oladigan bо‘lsak, bu yerda 2003 yildan buyon saylov о‘tkazilmaganini 
qanday izohlash mumkin? Hozirgi vaqtda akademiyada 10 ta haqiqiy a’zolik о‘rni 
bо‘shab qolgani holda, nega yangi saylov о‘tkazilmayotganini tushunish qiyin.
Bu albatta mazkur uyushmalarda mas’uliyat tuyg‘usi, ishchanlik va ijodiy 
muhit yо‘qolib borayotganining natijasidir.
Ayni paytda, adabiy-badiiy jarayonlarda kо‘zga tashlanayotgan salbiy 
tendensiyalar, xususan, madaniyat sohasida tijoratlashuv, shaxsiy manfaatning 
birinchi о‘ringa chiqayotgani, g‘oyaviy-badiiy jihatdan sayoz asarlarning bozori 
chaqqon bо‘lib borayotgani tashvish uyg‘otmasdan qolmaydi. Afsuski, ijodiy 
uyushmalar tomonidan bunday holatlarga prinsipial baho berilmayapti, ularni 
bartaraf etish bо‘yicha har tomonlama asoslangan amaliy takliflar о‘rtaga 
qо‘yilmayapti.
Nima uchun madaniy hayotimizda tanqidiy ruh sezilmaydi? Sog‘lom tanqid, 
bahs va tortishuv bо‘lmagan joyda chinakam ijod bо‘lishi mumkinmi о‘zi? Bu 
borada Madaniyat vazirligi, “О‘zbekkino” agentligi, Bastakorlar uyushmasi, 
“О‘zbekkonsert” va boshqa ijodiy tashkilotlar qoshidagi badiiy kengashlarning 
faoliyati deyarli sezilmayapti.
Yaratilayotgan asarlar, film va spektakllar, kо‘rgazma va konsert 
dasturlariga prinsipial va malakali baho berish, matbuotda xolis va haqqoniy 
retsenziyalar, xulosalar bildirish tobora kamyob hodisaga aylanib bormoqda. 
Yana bir tashvishli holat – ijodiy uyushmalar о‘rtasida hamkorlik aloqalari 
yaxshi yо‘lga qо‘yilmagan. Badiiy akademiya, Bastakorlar, Yozuvchilar, 
Jurnalistlar, Kino arboblari uyushmalari va boshqa tashkilotlarning о‘zaro ijodiy 
munosabatlari deyarli tо‘xtab qolgan, ularning har biri о‘z yog‘iga о‘zi qovrilib 
yotibdi. Vaholanki, ushbu tuzilmalar faoliyatida birgalikda hal etilishi lozim 
bо‘lgan kо‘plab ijodiy va ijtimoiy muammolar tо‘planib qolgan.


15 
Bu haqda gapirganda, avvalambor, adabiyot va san’at, madaniyat, ommaviy 
axborot 
vositalari 
faoliyati 
bо‘yicha 
mavjud 
huquqiy-normativ 
bazani 
takomillashtirish, sohaning moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash, ijod 
ahlining mashaqqatli mehnatini moddiy va ma’naviy jihatdan munosib 
rag‘batlantirish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan qayta kо‘rib chiqish va isloh 
qilish kabi bir-biridan muhim va dolzarb masalalar ijodiy uyushmalar e’tiboridan 
chetda qolib kelayotganini ta’kidlash lozim.
Bugungi kunda ziyolilar davrasida yengil-yelpi kitoblar, sayoz, oldi-qochdi 
gazeta-jurnallar, tele-radio stansiyalar kо‘payib borayotgani tо‘g‘risida haqli 
e’tirozlarni eshitish mumkin.
Hozirgi paytda yurtimizda turli mulk shakliga ega bо‘lgan 1513 ta ommaviy 
axborot vositasi, shuningdek, 122 ta nashriyot faoliyat olib bormoqda. Ammo 
ularning barchasi ham bizning milliy g‘oyamizni rivojlantirish, xalqimiz 
ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilyaptimi, degan savol kо‘ndalang turibdi. 
Xususiy nashriyotlarning kо‘pchiligi bir vaqtlar viloyatlarda ham nashriyotlar 
bо‘lsin, degan notо‘g‘ri yondashuv bilan tashkil etilgani, ularning moddiy-texnik 
bazasi, kadrlar salohiyati nihoyatda nochor ekani kitob degan mо‘tabar 
tushunchaning qadrini tushirishga olib kelayotgani hech kimga sir emas. Lekin bu 
muammoni qonuniy asosda qanday hal qilish mumkinligi haqida amaliy takliflar 
deyarli uchramaydi. 
Boshqalarga qanday, bilmadim-u, ammo mening nazarimda, bunday salbiy 
holatning bosh sababi mamlakatimiz axborot bozorining tartibga solinmagani bilan 
bog‘liq. Bu borada son emas, sifat va samara muhim. Mayli, nashriyotlar soni 122 
ta bо‘lmasin, ozroq bо‘lsin, lekin talabga javob beradigan bо‘lsin.
Biz bugun kitobxonlik madaniyatini oshirish, ilmiy, badiiy, siyosiy 
adabiyotlarni kо‘paytirish masalasiga alohida e’tibor beryapmiz. Ammo bu ishlarni 
har tomonlama puxta о‘ylab amalga oshirishimiz, boshlagan olijanob 
harakatimizni obrо‘sizlantirishga yо‘l qо‘ymasligimiz shart.
Afsuski, matbuot va axborot sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda 
vakolatli va mas’ul organ vazifasini bajarishi kerak bо‘lgan О‘zbekiston Matbuot 


16 
va axborot agentligi bu borada faqat kuzatuvchi bо‘lib о‘tiribdi. Shuning uchun 
yaqinda Matbuot va axborot agentligiga yangi rahbar tayinlandi. Shu bilan birga, 
ushbu tashkilot faoliyatini tubdan qayta kо‘rib chiqish bо‘yicha Prezident qarori 
tayyorlanmoqda.
Necha yillardan beri masala qо‘yamiz – zamonaviy qahramon 
obrazini yarataylik, deb. Lekin birorta jiddiy natijaga erisha oldikmi?
Albatta, bu borada qandaydir intilish va harakatlar kо‘zga tashlanayotganini, 
badiiy va publitsistik asarlar, pyesa va kinolentalar paydo bо‘layotganini inkor etib 
bо‘lmaydi. Ammo ularning kо‘pchiligi yurakdan chiqmagan, zо‘rma-zо‘raki 
urinishlar bо‘lib, hali madaniy hayotimizda voqea bо‘ladigan yetuk va mukammal 
asarlar yaratilgani yо‘q, desak, bu ham haqiqat bо‘ladi.
Ochig‘ini aytganda, ba’zi ijodkorlarga bu masala biroz g‘alati tuyulishi, ular 
buyurtma bilan yaxshi asar, tо‘laqonli obraz yaratib bо‘lmaydi, degan fikrni 
bildirishi ham mumkin. Lekin men о‘ylaymanki, san’atkor – agar u haqiqiy 
iste’dod egasi bо‘lsa – ijtimoiy buyurtma asosida ham yetuk asar yaratishga qodir 
bо‘ladi. G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Turob Tо‘la, Jumaniyoz Jabborov va 
boshqa atoqli shoirlarimiz ijodidan bunga kо‘plab misollar keltirish mumkin. 
“Alisher Navoiy”, “Tohir va Zuhra”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Mahallada duv-duv 
gap”, “Yor-yor” kabi mashhur filmlarimiz ham о‘z vaqtida davlat buyurtmasi bilan 
yaratilgani sizlarga yaxshi ma’lum.
Yoki О‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhordek talabchan adib ham 
bir paytlar Mirzachо‘lga borib, ikki-uch oy chaylada yashab, buyurtma bilan 
“Shohi sо‘zana” degan gо‘zal asar yozganini, u dunyoning kо‘plab mamlakatlarida 
sahnaga qо‘yilib, shuhrat qozonganini hammamiz bilamiz.
Bugungi imkoniyatdan foydalanib, siz, azizlarga bir taklif bilan murojaat 
qilmoqchiman. Eng iste’dodli va mas’uliyatli yozuvchilarimiz, kino, teatr, musiqa 
va tasviriy san’at arboblariga ijtimoiy buyurtma berish masalasini tizimli asosda 
yо‘lga qо‘ysak, ularni yurtimizning turli hududlariga ijodiy safarlarga yuborib, 
yangi asarlar yaratishga rag‘batlantirsak, nima deysizlar?


17 
Masalan, taniqli shoirlarimiz Anvarь Obidjon Farg‘ona vodiysida, Mahmud 
Toir Toshkent viloyatida, Sirojiddin Sayyid Surxon vohasida bо‘layotgan bugungi 
ulkan о‘zgarishlar haqida yangi asarlar yozib bersa, qanday yaxshi bо‘lardi.
Yoki hurmatli shoiramiz Halima Xudoyberdiyeva bugungi yosh о‘zbek 
qizlari hayoti, ularning orzu-intilishlari haqida bir asar – mayli, bu doston 
bо‘ladimi, drama yoki ssenariy bо‘ladimi – yozib bersalar, ayni muddao bо‘lardi. 
Mana shunday asarlarni biz Oydin Hojiyeva, Enaxon Siddiqova, Sharifa Salimova, 
Xosiyat Bobomurodova, Farida Bо‘tayeva, Gulaysha Yesemuratova, Zulfiya 
Mо‘minova, Zulfiya Qurolboy qizi va boshqa faol ijodkor ayollarimizdan ham 
kutib qolamiz.
Mana shu davrada о‘tirgan, joylarda bizni eshitayotgan barcha ijodkor 
dо‘stlarimizning ham ijodiy rejalari bо‘lsa, biz ijodiy uyushmalarimiz orqali 
bunday takliflarni kо‘rib chiqishga tayyormiz. Agar Abdulla Qahhor chaylada 
yashab asar yozgan bо‘lsa, biz sizlar uchun barcha sharoitlarni yaratib, kerak 
bо‘lsa, gonorarini oldindan, 5-10 hissa qilib tо‘lab berishga ham tayyormiz. 
Shu о‘rinda meni kо‘pdan buyon о‘ylantirib kelayotgan yana bir masala 
bо‘yicha sizlar bilan fikrlashmoqchiman.
Barchamiz, ayniqsa, bu yerda yig‘ilgan ijodkor ziyolilarimiz, bizning qanday 
buyuk va shonli о‘tmishimiz, qanday ulug‘ ajdodlarimiz borligini yaxshi bilamiz 
va bu bilan hamisha faxrlanamiz. Misol uchun, bironta jangda yengilmagan buyuk 
sarkarda Sohibqiron Amir Temurni olamizmi, algebra faniga asos solgan Al-
Xorazmiyni olamizmi, Kolumbdan 500 yil oldin Amerikani kashf etgan Beruniy 
bobomizni olamizmi, о‘rta asrlarda tibbiyot fanining poydevorini yaratgan Ibn 
Sinoni olamizmi, astronomiya sohasida beqiyos kashfiyotlar qilgan Mirzo 
Ulug‘bekni olamizmi – jahon sivilizatsiyasi va madaniyatiga ulkan hissa qо‘shgan 
bunday ulug‘ ajdodlarimizning har biri haqida soatlab gapirishimiz mumkin.
Lekin, xolisona aytganda, keyingi paytda ana shunday ulug‘ zotlar, ular 
qatorida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Burhoniddin 
Marg‘inoniy, Abu Mо‘in Nasafiy kabi aziz-avliyolarimiz, Alisher Navoiy, Bobur 


18 
kabi shoir va mutafakkirlarimiz xotirasini kino ekranlarida aks ettirish uchun 
biron-bir arziydigan ish qildikmi? Tan olish kerakki, yо‘q.
Bu mavzularda bundan qirq-ellik yil oldin ustoz kino ijodkorlarimiz 
tomonidan ba’zi bir asarlar yaratilgan bо‘lib, ular hozirga qadar ekranlardan 
tushmay kelmoqda. Mustabid tuzumning og‘ir sharoitida shunday kinofilmlar 
yaratganlari uchun ulardan albatta minnatdormiz. Lekin bu asarlar о‘z davrining 
mafkurasi bilan sug‘orilgani, ularning ayrimlarida tarixiy haqiqat buzilganidan 
ham kо‘z yumib bо‘lmaydi.
Albatta, yaqin о‘tmishimizda ham taniqli rejissyorlarimiz tomonidan bu 
borada ba’zi bir harakatlar bо‘lganini e’tirof etish lozim. Masalan, atoqli 
adiblarimiz Oybek hamda Pirimqul Qodirovning romanlari asosida taniqli 
telerejissyor Maqsud Yunusov “Alisher Navoiy” va “Bobur” videofilmlarini 
yaratganini, ularda mashhur aktyorlarimiz mahorat kо‘rsatganini yaxshi bilamiz. 
Ammo bu filmlarni suratga olishda moddiy-moliyaviy va texnik imkoniyatlar 
nihoyatda cheklangani yaqqol sezilib turadi. Keyinchalik “О‘zbekfilm” studiyasi 
“Buyuk Amir Temur” badiiy filmini yaratdi. Lekin, ming afsuski, bu asar kutilgan 
natijani bermadi, uni “Mana bizning Sohibqiron bobomiz!” deb faxrlanib, kо‘z-
kо‘z qilib kо‘rsatishning imkoni bо‘lmadi.
Ijodkorlarimiz tarixiy mavzuga qо‘l urar ekanlar, kо‘lamni kengroq olishga, 
marrani baland qо‘yishga alohida e’tibor qaratishlarini istardik. Chet ellarda 
Spartak, Gannibal, Aleksandr Makedonskiy, Napoleon, Leonardo da Vinchi, 
Betxoven, Lev Tolstoy kabi buyuk shaxslar haqida tarixiy va badiiy jihatdan 
mukammal qanday yetuk asarlar yaratilgan!
Holbuki, bizning ulug‘ bobolarimiz ham ulardan ziyod bо‘lsa ziyodki, lekin 
aslo kam emas. Agar biz ajdodlarimiz xotirasini ulug‘lamoqchi, shu asosda о‘zbek 
nomini, О‘zbekiston nomini butun dunyoga tarannum etmoqchi ekanmiz, bu ishni 
birinchi navbatda kino san’ati orqali amalga oshirishimiz kerak. Aynan kino san’ati 
orqali jahon ekranlarini zabt etishimiz, shu yо‘l bilan dunyo ahlining diqqat-
e’tiborini qozonishimiz mumkin. 


19 
Shundan kelib chiqqan holda, davlat buyurtmasi asosida buyuk tarixiy 
ajdodlarimiz haqida har tomonlama yetuk badiiy filmlar yaratish uchun maxsus 
ijodiy guruhlar tashkil etish, о‘ylaymanki, maqsadga muvofiq bо‘lar edi.
Misol uchun, hurmatli adibimiz Muhammad Ali kо‘p yillardan buyon Amir 
Temur bobomiz haqida qancha-qancha kitoblar, romanlar yaratdi. Mana shu asarlar 
asosida kino rejissyorlarimiz, aytaylik, muhtaram Shuhrat Abbosov yoki Zulfiqor 
Musoqov, yuksak xalqaro mezonlarga javob beradigan filmni nima uchun yaratishi 
mumkin emas?
Yoki, masalan, atoqli rejissyorimiz Bahodir Yо‘ldoshev ham necha yillardan 
buyon Mirzo Ulug‘bek haqida mukammal bir asar yaratish orzusi bilan yurganini 
men yaxshi bilaman. Taniqli olim, Astronomiya institutining direktori Shuhrat 
Egamberdiyev ham Mirzo Ulug‘bekning о‘lmas merosini butun dunyoda targ‘ib 
qilib yuribdi. Ularning mana shunday say-harakatlarini rо‘yobga chiqarish uchun 
zarur sharoit yaratib bersak, men о‘ylaymanki, jahon kino ekranlariga chiqa 
oladigan gо‘zal bir badiiy film vujudga kelgan bо‘lardi.
Mana, bugun davramizda Rixsivoy Muhammadjonov, Hilol Nasimov, 
Yolqin Tо‘ychiyev kabi iste’dodli ssenarist va rejissyorlarimiz о‘tiribdi. Ayni 
vaqtda, Bahodir Odilov, Abduxalil Mengnorov, Ayub Shaxobiddinov, Mansur 
Abduxoliqov singari taniqli rejissyorlarimiz ham faol ijod qilyapti.
Men sezib turibman, bu gaplarni eshitib, kо‘pchilik ijodkorlarda “Ey, janob 
Prezident, siz aytayotgan takliflarni amalga oshirish uchun juda katta mablag‘ 
kerak, eng zamonaviy kino apparatlar, tarixiy liboslar kerak, qancha chet 
mamlakatlarda syomka ishlarini olib borish kerak, ming-minglab odamlarni bu 
jarayonlarga jalb etish kerak”, degan fikr tug‘ilishi tabiiy.
Bizning nafaqat tariximiz, balki bugungi va ertangi hayotimiz uchun g‘oyat 
muhim ahamiyatga ega bо‘lgan bu vazifani amalga oshirish uchun biz katta 
miqdordagi mablag‘larni, kerak bо‘lsa, erkin muomaladagi valyuta mablag‘larini 
ham topib berishga, kinochilarimizni chet davlatlarga ijodiy safarlarga yuborishga 
ham tayyormiz. Xudoga shukur, bugungi iqtisodiy ahvolimiz bunga imkon beradi.


20 
Aziz dо‘stlar, mening bu sо‘zlarimni buyruq yoki topshiriq deb emas, 
iltimos deb, ijodga da’vat deb qabul qilishingizni istardim. Agarki, biron kishiga 
“davlat buyurtmasi” degan sо‘z boshqacha tuyuladigan yoki malol keladigan 
bо‘lsa, marhamat, buni hozirgi moda bо‘lgan tilda “davlat granti” deb 
ataylik. Muhtaram anjuman qatnashchilari!
Biz uchun hech qachon kun tartibidan tushmaydigan yana bir о‘ta muhim 
masala borki, unga alohida tо‘xtalib о‘tishni zarur deb bilaman. U ham bо‘lsa, 
unib-о‘sib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog‘liqdir.
Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek, bu masala biz uchun 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling