Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Dramaturg mahorati fanining vazifasi nima? 
2. Fanni о‘rganshda nimalarga e’tiborni qaratish kerak? 
3. “Dramaturg mahoarti” fanining rivojlanish bosqichlari.


27 
 
3-mavzu: 
Dramaturgiya olami 
1. Dramaturgiya olami tushunchasi nima? 
2. Asarda voqelik tushunchasi 
Dramaturgiya olami rang-barang janrlar asosida bunyodga kelgan qachonki, 
shu janrning beshta qirrasiga amal qilinar ekan shundagina muallif yaratmoqchi 
bо‘lgan sahna asari tо‘la-tо‘kis о‘z aksini topadi. 
1. Voqea. 
2. Qahramonlar xarakteri. 
3. Shu voqea asnosida fikr keltirib chiqarish. 
4. Tomoshaviylik. 
5. Rang-baranglik. 
Shu qoidalarga amal qilish dramaturgning mukammal tomonlarga urg‘u 
berish demakdir. 
Dramaturgiyaning eng muhim shartlari – asoslaridan biri hayotiylik, 
haqqoniylik bilan badiiy barkamollikning omuxta, sintez tarzda, mahorat 
darajasida 
namoyon 
bо‘lishidir. 
Bu 
talab 
dramaturgga 
ham, 
uni 
sahnalashtirayotgan rejissyorga ham barobar taaluqlidir. Hatto bu ikki talabni 
sahnada tо‘la va mahorat darajasida rо‘yobga chiqarish uchun nafaqt dramaturg, 
rejissyor mas’ul, balki ana shu asarni tayyorlab, tomoshabinga yetkazishda ishtirok 
etuvchi aktyordan, rassomdan, hatto chiroq ustasi, rang tasvir yaratuvchi 
elektrikkacha javobgardir, ma’suldir.
Ikkinchi asosi: Dramada mavjud bо‘lgan konfliktning haqqoniyligi, 
hayotiyligi dramatizmni tashkil eta bilish masalasini о‘z ichiga oladi. 
Uchinchi asosi: drama harakat yaratish mahorati, uni tashkil ettirish, 
bо‘ysindirish masalasi. Dramatik harakat (deystviye) sahna asarining, dramaning 
о‘ziga xosligi va estetik xususiyati bо‘lib, spektaklni qon tomiri hamdir.
Asarning muvaffaqiyatida bu omilning о‘rni, ahamiyati kattadir. Harakat faqat 
jismoniy intilish, yurish-turish, yugurish emas, balki ruhiy holat majmuasi bо‘lib, u 


28 
о‘z ichiga monolog, dialogdan tortib, imo-ishora, sо‘zsiz holatlar, mimika, 
intonatsiya, remarka, pantomimalargacha qamrab oladi. Zero, dramada uzviy 
yaxlitlikni saqlash va tо‘la namoyon etishda dramatik harakat spektaklning qon 
tomiri vazifasini о‘taydi.
1
Tо‘rtinchi asosi: dramada xarakter yaratishdan iborat. Chunki, dunyoni, 
tabiatni, olamni, odamni, borliqni anglash, voqelikni tushunish va badiiy ifodalash 
obraz – xarakter yaratish orqali amalga oshadi. Zero, adabiyotni bosh manbai 
inson ekan, uning obrazi, xarakteri qanchalik badiiy jihatdan mukammal chiqsa, 
asardan kuzatilgan g‘oyaviy-badiiy estetik maqsad ham shunchalik samarali 
kechadi. Shu tufayli xarakter yaratish insonshunoslikning yetakchi omili, 
dramaturgiyaning asosiy belgisi sifatida ahamiyatlidir. 
Beshinchi asosi: Dramadagi syujet va kompozitsiyaning muvaffaqiyatli 
amalga oshishi bilin chambarchas bog‘liqdir. Xuddi imoratning, binoning, uy-
joyning inson uchun ixcham, qulay, yorug‘ va shinam bо‘lishida bosh loyiha 
puxtaligi muhim hisoblanganligi kabi drama syujeti va kompozitsiyasi jihatdan 
qanchalik puxta bо‘lsa, asar g‘oyasi va uning ma’rifiy tarbiyaviy qimmati 
shunchalik samara beradi. Zero, dramaturgiyada syujet va kompozitsiyani tashkil 
etish, amalga oshirish zarurati ham muhim omildir. 
Oltinchi asosi: Maqsadga, sifat belgisiga, xususiyatiga erishish. YA’ni komediya, 
tragediya (fojeaviylik), drama kabi tur kо‘rinishlarining о‘zaro, asosiy xususiyatini 
saqlashga erishish va ifoda etishdir. 
Yettinchi asosi: Drama ham har qanday badiiy asar turi kabi til, nutq mahoratini 
talab etadi. Buning ustiga monolog, dialog imkoniyatlaridan mahorat darajada 
foydalanishi zarur. U xuddi shu xususiyati bilan о‘zga adabiy turlardan farqlanadi. 
Sakkizinchi asosi: Drama asarida remarkaning о‘rni, roli. Ana shu asosiy 
belgilarini sahnada (rejissyor, aktyor, rassom kabi) yaxlit, uzviylikda, 
mukamammallikda amalga oshirishni tashkil eta bilish. Va nihoyat eng asosiysi 
dramada ilgari surilgan g‘oyani, maqsad va vazifani, badiiy-estetik jihatdan rо‘yi-
rost, haqqoniy va badiiy yuksak tarzda amalga oshirishni taqazo etadi. Albatta biz 
1
“Драмада ремарканинг роли” бобига қаранг. 


29 
sanagansifat va belgilardan tashqari yana kо‘p asosiy belgilar bо‘lishi mumkin. Bu 
mazkur fandan dars beruvchi о‘qituvchi mahoratiga, bilimi, saviyasi, tajribasiga 
kо‘ra tо‘ldirib borishni taqazo etadi. Xullas, ushbu “Dramaturgiya asoslari” о‘quv 
kursi – qо‘llanma institutda ilk bor yaratilayotganligi tufayli unda bahs – munozara 
talab о‘rinlar bо‘lishi tabiiy. Agar biz shu dastur asosida talabaga chuqur va yetarli 
bilim bera olsak, mazkur kurs о‘z vazifasini oqlagan va foydali deb bilamiz. 
Hozircha, mazkur dasturimiz mundarijasi ancha erkin tarzda tashkil topgan bо‘lib, 
u “Kirish” va “Xulosa” adabiyotlar rо‘yxatidan tashqari uch asosiy bobdan 
iboratdir. Albatta ish bor joyda kamchilik bо‘lishi tabiiy bо‘lganidek, ushbu 
“qо‘llanma”da ham ayrim xato va kamchiliklar, pishib yetilmagan о‘rinlar yо‘q 
emas, albatta. Zero ushbu о‘quv qо‘llanmaga daxldor muassasa va mutaxassislar 
kо‘magida ularni vaqti-soati bilan tо‘ldirib, mukammallashtirib borsa, bо‘ladi deb 
ishonamiz. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling