Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Glossariy  Asarning g‘oyasi -


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Voqea
Glossariy 
Asarning g‘oyasi - muallifning jamiyatni о‘zgartirish (yaxshilash)ga 
yо‘naltirilgan faol fikri. Asar shu uchun yoziladi. 
Aktyor – spektaklda markaziy figura. 
Badiiy obraz – real voqelikning yaxlit konkret aksi shaklida о‘ziga xos 
estetik sifatlarida namoyon bо‘la olishi. 
Buffonada – aslida italiancha buffonata – tegajaklik, hazilomuz sо‘zidan 
olingan bо‘lib, voqean jiddiy ravishda oshirib yuborilgan xolatda tasvirlash 
ma’nosini anglatadi. Buffonada dastlab ochiq maydonda ijro etiladigan qadimgi 
halq teatrlaridan kelib chiqqan. 
Voqea – san’at asarlaridagi, jumladan dramaturgiyadagi struktura(tuzim)ni 
yuzaga keltiruvchi asos. 
Voqealar rivoji – tugun bо‘lib qolgan muammolarni hal bо‘lishi yо‘lidagi 
hatti-harakat va kurashlar bu voqealarning rivojidir. 
Giperbola – atamasining tub ildizi grek halq sо‘ziga mansub bо‘lib, 
huperbole – mubolag‘a ma’nosini anglatadi. Giperbola u yoki bu narsa, xususiyat, 
voqea va belgini о‘ta kuchaytirib, orttirib tasvirlash vositasi hisoblanadi. 
Mubolag‘a vositasida ijodkor tasvirlayotgan obyektni boshqa obyektlardan ajratib, 
bо‘rttirib kо‘rsatish, uni goh maqtash; goh masxaralashga erishadi. 
Grotesk – italiancha (grotto- yer osti sо‘zidan olingan bо‘lib) obrazni haddan 
tashqari mubolag‘ali tasvirlash usulini anglatadi. Komediyada ham, epik asarlarda 
ham obraz shu qadar orttirilgan mubolag‘a bilan tasvirlanadiki, u о‘zining real 
qiyofasini yо‘qotib, fantastik qiyofa kasb etishgacha boradi 


141 
Dekoratsiya – dekorativ jihozda mujassam bо‘lgan fikrning muallif
stilistikasiga, asarning xarakteri va janriga mosligi 
Dramaturgiya – teatr san’atining asosi.
Drama – grek halq iborasiga mansub, uning asil ma’nosi “harakat” demakdir. 
Jiddiy, murakkab va о‘tkir xarakterlar konflikti. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling