Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
Xurshid “Layli va Majnun” (musiqali drama) Beshinchi parda, birinchi kо‘rinish Ibn Salomning uyida tо‘y majlisi. Layli bilan Ibn Salom bir tarafda xos о‘tiribdilar. Ziyofat va ichkiliklar qizg‘in davom etmoqda. Ibn Salom shod kuylamoqda. 136 Ibn Salom Ey yuzlari gul, ey sochi sunbul, qadi shamshod, Bulbul kabi hajringda ishim nolau faryod. Sayd о‘ldi kо‘ngil kо‘zlaringga, vah qutulurmu, Bir qushki oning qasdida bо‘lsa iki sayyod. Ul maktab arokim, о‘quding noz ramuzin, Gо‘yoki vafo ilmin unutmish ekan ustod. (qо‘shiqqa yalla va raqs ulanadi) Majnun Bunga senday bevafolardir sabab xо‘b angladim, Chunki yuz oshiqni bir bedardga qurbon ayladi. Layli Dushmanim doim menga ta’n ila aylardi xujum, Endi dо‘stlar g‘am malomat toshin ehson ayladi. YO Qays, men ahdim uzra sobit, Qо‘yma meni bunda sen xalos et! Beklar Chiq, chiq senga endi Layli yotdir. Bunday qilishing juda uyatdir. Bor, boshqani afsun ila yod et! Layli seni istamas, chiqib ket! Layli (ariya) Men ulki Qaysning ilm ila fazlin oshiqiman, Manga ham oshiqu ustod udir na Ibn Salom. Sotilmag‘ayman otau ona rizosi uchun, Saodatim, tilagim Qays udir umidu marom. Salom-salom, shu aziz Qaysgakim, Hayolidaman, Shuni, faqat shuni derman budir kо‘ngildagi kom. 137 (Majnun haydab chiqariladi. Layli yugurib borayotganda uning yо‘lini tо‘sadilar) Tо‘smang meni, Qays ila ketadirman, Jonni yо‘liga nisor etarman. Ibn Salom Layli, nega telbalik qilursan? Biroz uyalish kerak shu eldan. Layli Haq sо‘zni demakka kim qilur or, Haqsizlik etuvchilar bо‘lurlar xor. Mol ila otamni aylading mot, Lekin sotilurmi Layli?! Hayhot. (Qaysning orqasidan ketadi) PARDA Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling