Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
BUFFONADA
Buffonada aslida italyancha buffonata – tegajaklik, hazilomuz sо‘zidan olingan bо‘lib, voqean jiddiy ravishda oshirib yuborilgan holatda tasvirlash ma’nosini anglatadi. Buffonada dastlab ochiq maydonda ijro etiladigan qadimgi halq teatrlaridan kelib chiqqan bо‘lib, uning elementlari V.Shekspir, J.Molyer, pirandello va N.V.Gogolning drama va komediyalarida kо‘proq uchraydi. Masalan, Gogol’nig “Uylanish” asaridagi Podkolyosinning о‘z qallig‘idan yashirinib, derazadan oshib qochib ketishi buffonadaga yorqin misol bо‘la oladi. Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidagi qiziqchilar bobi ham о‘zbek buffonadasiga yaqqol misoldir. Buffonadada komiklikning imkoniyatlari katta bо‘lganligi uchun u qiziqchi, masxaraboz hamda sirk qiziqchilari ijodida kо‘proq uchraydi. Shu kunga kelib buffonada zamonaviy komediyalarga janr sifatida faol kirib kelayotganligi ham uning ijodiy olamning har bir yо‘nalishiga zarurligidan dalolat beradi. 138 GIPERBOLA Giperbola sо‘zining, ya’ni giperbola atamasinng tub ildizi grek halq sо‘ziga mansub bо‘lib, huperbole – mubolag‘a ma’nosini anglatadi. Giperbola u yoki bu narsa, xususiyat, voqea va belgini о‘ta kuchaytirib, orttirib tasvirlash vositasi hisoblanadi. Mubolag‘a vositasida ijodkor tasvirlayotgan obyektni boshqa obyektlardan ajratib, bо‘rttirib kо‘rsatish, uni goh maqtash; goh masxaralashga erishadi. Shuning uchun giperbola, ya’ni mubolag‘a turli halqlarning qadimgi eposidan tortib hozirgi yozilayotgan asarlargacha keng qо‘llanilib keladi va kelajakda ham qо‘llanishda davom etadi. XOTIMA Insoniyat olami sirli, murakkab voqealarga boy. Shu sirli voqealar asosida roman, qissa, doston va dramalar yaratish, shu bahonada odamlar ma’naviy hayotining taraqqiyotiga hissa qо‘shish ijod dunyosini vakillarining muqaddas burchi hisoblanadi. Nosir ijodkor yaratgan roman yoki qissa, shoir yaratgan she’r yoki doston о‘qish orqali odamlar ongiga о‘z ta’sirini о‘tkazsa, dramatik asarda kuzatish orqali, ya’ni tomosha qilish orqali ta’sirga ya’ni ma’lum bir g‘oyaviy tushunchaga ega bо‘linadi. О‘quvchi, jumladan tomoshabin asrlar davomida ijodkordan siyqasi chiqqan adabiy yoki dramatik asarlar shaklidan qochib, har doim yangi yо‘nalish, yangi shaklda asarlar yozib berishni (matbuot, radio, televideniye orqali) talab qilib kelganlar va bu talablar shu kunga kelib oliy daraja kasb etdi, desak adashmagan bо‘lamiz. Xо‘sh, bu talablarni ijodkor qay yо‘sin, qay darajada amalga oshira oladi? Albatta о‘qish va izlanish, hayotning murakkab tomonlarini sinchkovlik bilan kuzatish orqaligina amalga oshirishi muqarrar. Nasriy asar yaratishda yozuvchi shu asar voqeasidan kelib chiqqan holda (ya’ni davr hayotini e’tiborga olgan holda) shakliy о‘zgarish hosil qilsa, dramaturg yangi yaratadigan sahna asarida davrning murakkab dramatizm va kolliziyaga boy 139 tomonlarini sinchkovlik bilan kuzatgan holda shakliy yangilik yaratishga muvaffaq bо‘ladi. Shu sababli har bir dramaturg (ayniqsa yosh qalam sohibi) hech ikkilanmasdan tesha tegmagan mavzu va voqeani qalamga olishga chog‘lanish bilan birga, uning yangicha tomoshaviylikka yо‘g‘rilgan, о‘ta rang-baranglik hosil qilgan, ayni paytda g‘oyaviy yuksaklik kasb etgan, gо‘zal obrazlar xatti-harakatiga asoslangan, shakli yangi va murakkab drama yoki komediya yaratishga chog‘lanishi shart va zarur. “Hamsa” yaratishda navoiy bobomiz: “Oson ermas bu maydon ichra turmoq, Nizomiy pandasiga panja urmoq”, deb buyuk ijodkorlar asarlari, ya’ni ularning ta’siri orqali besh doston (“Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”. “Saba’iy sayyor”, “Saddi Iskandariy”, “Hayrat ul-Abror”) yaratishga kirishar ekan, unda u eng avvalo о‘sha buyuklarning e’tiboridan chetda qolgan olamshumul voqealarni yangi shakl orqali, fikrlar va g‘oyalarning kengaytirilgan yо‘nalishi orqali rо‘yobga chiqarishga intilganligiga ishonch hosil qilamiz. Biz bо‘lajak dramaturglar esa buyuklar maktablarini chetlab о‘tmagan holda, о‘z ijodimizda uslubiy yо‘nalish borasida, uning yangilikka yо‘g‘rilgan qirralarini mustahkamlash va murakkab yо‘nalishda ularning yechimini barqaror qilish borasida har soniya, har soat atroflicha о‘ylab qalam tebratmog‘imiz muqarrar. Ijodda, jumladan dramaturgiyada yangi shakl yaratish uchun eng avvalo inson hayotining uzviyligiga tayanish va shu uzviy hayotning davriy о‘zgarish holatlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik talab etiladi, zero hayot har doim yangilikka yuz tutish bilan zavqlidir. Har bir ijodkor ha deganda dunyoni lol qoldiradigan mumtoz asar yarata olmaydi, chunki u yashayotgan davr hayoti inqilobiy о‘zgarishlarni boshdan kechirishga muvaffaq bо‘lmagan. Shu sababli asar shakliy о‘zgarishida albatta yangi inqilobiy о‘zgarishlar katta rol о‘ynaydi, ya’ni asar shakliy о‘zgarishida yangi inqilobiy о‘zgarishlar katta ahamiyat kasb etadi. Ammo ijodkor inqilobiy о‘zgarishlar bandasi bо‘lishdan о‘zni asrab, uning g‘alabasini kutmasdan, hatto turg‘un hayot ichidan ham tesha tegmagan voqealar va shu voqealar asnosida yangi 140 shaklga jo bо‘lgan roman, qissa, doston va (ijodiy fontaziyani faol ishga solgan holda) dramalar yaratish uning muqaddas burchiga aylanmog‘i shart va zarur. Qisqagina qо‘llanmada bayon qilingan adabiy yо‘nalishga mansub atamalar, ijod olamiga ta’magirlik bilan emas, jahongirlik shiori ostida kirib kelishga chog‘langan har bir yosh qalam sohibi uchun oz bо‘lsa ham yaratish bobida tayanch vazifasini о‘tashiga ishonch bildiramiz. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling