Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- AFSONAVIY DRAMA
TARIXIY DRAMA
Dramatik asarda dialoglar, voqealar, obrazlar silsilasi, xatti-harakat manbalariga tayangan holda о‘tmishni, о‘tmish shaxslar hayotini aks ettirgan sahna asari tarixiy mavzuda yaratilgan drama deb atashga asos bо‘la oladi. Tarixiy drama drama qonuniyatlarining barcha kompanentlariga tayangan holda yaratiladi. Mumtoz adabiyotlarda (adabiy asarlarda) mashhur kishilarning о‘limi, ularning о‘sha davrdagi ziddiyatli hayoti kо‘proq bayoniy uslubda aks ettirilgan bо‘lsa, tarixiy dramada о‘sha hayotning keskin tо‘qnashuvlar, rang-barang hayotiy tomoshalar, uzliksiz kurashlari saxnaviy talqin orqali, qisqa va lо‘nda jonli voqealar orqali hal etiladi. Tarixiy dramada ham kо‘pgina sahna asarlarida uchraganidek, qadimiy voqealar va ularning qahramonlariga bag‘ishlangan hikoyaviy halq qо‘shiqlari, halq og‘zaki ijodi orqali asrdan-asrga о‘tib kelayotgan xalq terma va aytishuvlari ham mantiqiy asosda mavjud bо‘lishi mumkin. Eng muhimi tarixiy dramada qanchalik tomosha, rang-barang yaratilganligidan qat’iy 133 nazar, uning syujet yо‘nalishi risolalarda kо‘rsatilgan hayot va mantiqdan yiroqlashmasligi talab etiladi. Qisqa qilib aytganda, qadimiy voqealar asosida, manbalarga qunt bilan e’tiborni qaratib, tо‘qnashuvlar zamirida sahna asari yaratilishi tarixiy drama zaminini tashkil etadi. AFSONAVIY DRAMA Afsonaviy drama janri (termini) zamirida biror tarxiy xodisa yoki kechmish voqeani fantastik, ya’ni hayoliy tarzda tasvirlash fikri mujassam. Afsona (afsonaviy drama) qadimgi epik adabiyotning dastavval xalq og‘zaki ijodining janrlaridan biri hisoblanadi. Qadimgi afsonalarning kо‘pi qahramonlik afsonalari bо‘lib, ular xalqning chet-el bosqinchilariga qarshi kurashi zaminida vujudga kelgan. Shu kurashlar, voqealar, hodisalar va qо‘shiqlarga tayangan xolda sahna asari yaratish borasida esa dramaturglar qadim davrlardan toki hozirgacha qalam tebranib kelganlar. Afsonaviy drama yozishga chog‘langan har bir dramaturg dastavval shu asarning о‘ta bо‘rttirilgan poetik, ijro etish tomonlariga alohida e’tibor qilishlari talab etiladi. Mazkur sahna asarining har bir kо‘rinishi, har satr va dialoglarida о‘ta kо‘tarinkilik ustin kelmog‘i muqarrar. Afsonaviy drama qahramoni hali hayotda hech kim egallamagan mardlik va jasorat chо‘qqilarini egallashi, yuz botmon yoyni kо‘tarib dushmanlari tomoniga о‘q otishi, u mingan ot (Alpomish Boychibari) qanot chiqarib uchgancha uch oylik yо‘lni bir soatda bosib о‘tishi, barcha-barchasi afsonaviy drama qoidalariga mos keladi. Har bir dramaturg afsonaviy drama yozishga chog‘lanar ekan, (xoh she’rda, xoh nasrda bо‘lsin) unda u albatta yuqoridagi qoidalarga asoslangan holda qalam tebratmog‘i shart va zurur. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling