Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


V.Shekspir “Romeo va Julyetta”


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

V.Shekspir
“Romeo va Julyetta”
Uchinchi parda, birinchi kо‘rinish (qisqartirib olindi) 
Maydon. Merkusio, Benvolio, mahram va xizmatkorlar kirib keladilar. 
Benvolio 
Merkusio, yalinaman, bundan ketaylik: 
Havo qizg‘in, bunda kezar Kapulettilar! 
Uchrab qolsak janjal-nizo bо‘lur muqarrar, 
Issiq chog‘da qon ham jinni bо‘lib qaynaydi... 
(Tebalt va boshqalar kirib keladilar) 
Tebalt
Birga yuring! Bular bilan gaplashmoqchiman! 
Qaysi biri javob bergay, bir og‘iz gap bor! 
Merkusio
Nega bir og‘iz gap? Bu gapni yana biron narsaga qо‘shib qо‘ying! 
Masalan: gap ham zarb ham bо‘lsin! 
Tibalt
Xonasi kelganda, men shu bobda qanchalik zabardast ekanimni kо‘rsatib 
olarman! 
Merkusio 
Xonasi kelmay qolsa-chi? О‘zingiz xonasini keltirolmaysizmi? 
Tibalt
Merkusio, sen Romeoga jо‘r bо‘lib kuylayapsan-a! 
Merkusio 
Jо‘r bо‘lib kuylaymanmi? Sen bizlarni kо‘cha-kо‘ylarda daydib yurgan 
ashulachilarga о‘xshatibsan, shekilli! Undoq bо‘lsa bilib qо‘y, bizning 
muzikamiz senikiga hamohang bо‘lolmaydi. Mana mening g‘ijjagim – u 
sizni hozir о‘yinga tushurib qо‘yar! Bor-e, betamiz! Buning gapini qara: 
jо‘r bо‘lib kuylarmishman! 
(Rameo kirib keladi) 


119 
Tibalt
Sen bilan bas! Mana kelib qoldi gumashtam... 
Merkusio 
Ont ichaman, u sizlarga qulvachcha emas. 
Agar sizdan kechikibroq chiqsa maydonga, u holda, ha, haqqingiz bor 
masxaralashga. 
Tibalt
Ex, Romeo, mening senga bor muhabbatim – 
Hanuzgacha faqat bitta sо‘z topgan: olchoq! 
Romeo 
Tibalt, seni sevishimga bir sabab bordir, 
О‘sha sabab bosib qо‘ydi, menda shu mahal – 
Qilig‘ingga qarshi olov olgan g‘azabni. 
Men sira ham olchoq emas. Alvido senga! 
Meni yaxshi tanimaysan: kо‘rib turibman. 
PARDA 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling