Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/45
Sana23.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1384369
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
Bog'liq
Isoqova M. Dramaturg mahorat

K O M Y E D I YA 
Komediya grekcha comos – xushchaqchaq olomon va oide – qо‘shiq 
sо‘zlaridan olingan bо‘lib, dramatik turga mansub janrlardan biri hisoblanadi. 
Komediyada asosan butun voqealar, xarakterlar, kolliziya kulgi fonida tasvirlanadi. 
Kulgi, komizm
inson va jamiyat hayotidagi ziddiyatlar ustidan hajv qilish yoki 
yengil yumor vositalaridan biridir. 
Komediya dastlab Gretsiyada eramizdan oldingi V-IV asrlarda yuzaga 
kelgan bо‘lib, uning asoschisi Aristofandir. Qadimgi Rimda esa Terensiy, Plavtlar 
kо‘plab komediyalar yaratdilar. Keyinchalik Italiya va boshqa G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlarida komediya keng tarqaldi. Rus dramaturgiyasida komediya XVIII 
asrning ikkinchi yarmida paydo bо‘ldi. Bu davrda rus komediyanavislarining 
kо‘zga kо‘ringan namoyandalari Y.B.Knyajin, V.V.Kapnist, I.A.Krilov, 
D.I.Fanvizinlar edilar. XIX asr rus realistik komediyasining gullagan davri bо‘lib, 


120 
A.S.Greboyedovning “Aqllilik balosi”, N.V.Gogolning “Revizor” kabi asarlari 
yuzaga keldi. 
XX asrga kelib о‘zbek komediyasi haqiqiy janr sifatida yuzaga keldi. 
Tо‘g‘ri, о‘zbek komediyasi ham xalq о‘rtasida muqallid, taqlid kabi janrlar sifatida 
juda uzoq zamonlardan mavjud edi. Biroq haqiqiy komediya janri XX asrning 
boshlarida dramaturg sifatida ijod maydoniga chiqqan Hamza Hakimzodaning 
komediyalarida mukammallik kasb etdi. Uning “Tuxmatchilar jazosi”, “Bugungi 
qozilar yoxud Maysaraning ishi” kabia sarlari о‘zbek dramaturgiyasida komediya 
janriga asos soldi.
Komediyalar kulgining xarakteriga qarab satirik va yumaristik turlarga 
bо‘linadi. N.V.Gogolning “Revizor”, H.H.Niyoziyning “Maysaraning ishi”, 
B.Rahmonovning “Yurak sirlari”, A.Qaxxorning “Sо‘nggi nusxalar – tobutdan 
tovush” kabi asarlari satirik komediya bо‘lsa, S.Axmadning”Kelinlar qо‘zg‘aloni”, 
E.Vohidovning “Oltin devor”, H.G‘ulomning “Toshbolta oshiq” kabi asarlari 
yumoristik komediya hisoblanadi. 
Talaygina 
ijodkorlarga 
ma’lum bо‘lganidek, komediya janriga 
bayonchilik uslubi butunlay yot uslub hisoblanadi. Imkon boricha voqealar tizmasi 
kulgili xolatlarni kasb etgan, shu voqealar asnosida aytilmoqchi bо‘lgan fikr va 
g‘oya yarq etib kо‘zga tashlangan asarlargina chin ma’nodagi satirik yoki 
yumoristik komediya hisoblanadi. 
О‘quvchi yaxshi tushunib olmoqlari kerak-ki, bachkana qiliqlar, keraksiz 
bayoniy, jimjimador sо‘zlar evaziga yaratilgan qoralama aslo-aslo ham satirik yoki 
yumoristik komediya, deb atalishdan yiroq bо‘ladi. Qachonki, zamirida zalvorli 
voqea yotsa, shu zalvorli voqea yо‘nalish jihatdan notabiiylik yokim soxtagarchilik 
kasb etib, insonda zaharxandalik yokim achinish hislatlarini uyg‘otsagina u asar 
hiqiqiy satirik yoki yumoristik komediyadir. Yuqoridagi fikrlarimizga esa 
N.V.Gogolning “Revizor” satirik komediyasi yaqqol misol bо‘la oladi. 
N.V.Gogol 
“Revizor” 
Ikkinchi parda 


121 
VIII – majlis 
Xlestakov, Hokim va Dobchinskiy, Hokim bо‘sag‘adan о‘tib tо‘xtaydi. 
Ikkovi ham qо‘rqqanidan bir-biriga qarab baqraygancha turishibdi. Xlestakov ham 
sal qо‘rquv va taajjubda. 
Hokim sal о‘zini tutib olgach, soxta tabassum bilan Xlestakovga 
yuzlanadi. 
Hokim - S...Sog‘liq tilaymiz. 
Xlestakov – (ta’zim qilib) Marhamat. 
Hokim – Afv etsinlar. 
Xlestakov – Zarari yо‘q. 
Hokim – Men bu shaharni hokimi bо‘lganligim uchun musofirlarga va hamma 
olijanob kishilarga aziyat yetmasligidan xabardor bо‘lib turishni vazifam 
deb bilaman... 
Xlestakov – (avval bir oz tutiladi, keyin baland ovoz bilan) Qandoq qilay... Haqini 
beraman... Qishloqdan menga pul yuborishadi. (Bobchinskiy eshikdan 
boshini tiqib qaraydi) Ayb о‘zida: bergan gо‘shti yog‘ochga о‘xshaydi; 
shо‘rva deb allanima baloni beribdi, derazadan tо‘kib tashladim. Kun 
bо‘yi menga ovqat bermay ochlikdan tirishtiradi... Choydan bо‘lsa-ku 
baliq hidi kelib turadi. Men buni nimasiga... shunaqa ham bо‘ladimi! 
Hokim – (qо‘rqib) Kechirasiz, ayb menda emas. Mening bozorlarimda hamma 
vaqt yaxshi gо‘sht bо‘ladi. Gо‘shtni xolmogorlik savdogarlar olib 
kelishadi, hammasi ham eslik, yaxshi odamlar, bilmadim, bu bunaqa 
gо‘shtlarni qayerdan olar ekan. Agar undoq bо‘lsa... Ijozat bering, sizni 
boshqa uyga eltib qо‘yay. 
Xlestakov – Hech keragi yо‘q. Bilaman u boshqa uyni, boshqa uy turma bо‘ladi. 
Nima haqqingiz bor? Qanday jur’at qilasiz?.. Men... Peterburgda xizmat 
qilaman? (dadil bо‘ladi) Men, men, men... 
Hokim – (chetga) Obbo xudo urdi, jahli yomon ekan-ku! Hammasini bilibdi, 
la’nati savdogarlar hammasini yetkazibdi! 


122 
Xlestakov – (dadil bо‘lib) butun yasovullaringiz bilan kelganda ham bormayman. 
Tо‘g‘ri ministrga arz qilaman! (stolga mushtlaydi) Bu qanday gap? Bu 
qanday gap? 
Hokim – (g‘oz turadi, vujudi titraydi) Rahm qiling, xarob qilmang. Xotinim bor, 
yosh bolalarim bor... Bir odamni baxti qora qilmang. 
Xlestakov – Yо‘q, dedim, yо‘q! Gapini qara-yu! Menga nima? Bola-chaqangiz 
bor, deb men turmaga boraymi, ana gap-u! (Bobchinskiy eshikdan 
boshini tiqib qaraydi va qо‘rqib darrov bekinadi) Yо‘q, bormayman! 
Qulluq! 
Hokim 
– 
(Qaltirab) 
Tajribasizlik, 
azbaroyi 
xudo, 
tajribasizlik. 
Kambag‘alchilikdan... О‘zlari о‘ylab kо‘rsinlar: podsholik beradigan 
oylik choy bilan qandga ham yetmaydi. Pora olgan bо‘lsam ham juda oz, 
uncha-muncha ovqat-u, bitta-ikkita kiymga yarasha olganman, xolos. 
Marhum 
unter-ofitserning savdogarlik 
qilib 
yuradigan 
xotinini 
urganligim tо‘g‘risidagi gap quruq tuhmat, xudo ursin, tuhmat!bu gap 
mening dushmanlarimdan chiqqan; bu odamlar meni о‘ldirib qо‘yishga 
ham tayyor. 
Xlestakov – Qо‘ysangizchi! U odamlar bilan mening nima ishim bor... (о‘ylab) 
Bilmadim, menga sizning dushmanlaringiz-u unter-ofitser xotinining 
nima dahli bor... Unter-ofitserning xotini butkul boshqa odam, lekin meni 
urolmaysiz, qо‘lingiz kaltalik qiladi... Gapini qara-yu! Tavba!.. Haqini 
beraman dedim beraman, lekin hozir pulim yо‘q, yonimda bir tiyinim 
bо‘lmagani uchun ham shu yerda о‘tiribman-da. 
Hokim – (chetga) Ustaligini qara-Y. bu gapning zamiriga uncha-muncha odam 
yetolmaydi! Nimadan daromad qilishingni ham bilmaysan! Har nima 
bо‘lsa ham bir urinib kо‘ray, tavakkal, bir urinib kо‘ray. (Baralla) Agar 
pulga yo boshqa biron narsaga zoriqqan bо‘lsalar, xizmatlariga 
tayyorman. Musofirlarga yordam berish mening burchim. 
Xlestakov – Bering, menga qarz bering! Mayxonachining haqini hoz,ir beraman. 
Menga biron ikki yuz sо‘m, hatto undan kamroq bо‘lsa ham yetadi. 


123 
Hokim – (pulni uzatib) Rosa ikki yuz sо‘m, ovora bо‘lib sanamasalar g‘am bо‘ladi. 
Xlestakov – (pulni olib) Qulluq, rahmat. Qishloqqa borishim bilanoq yuboraman... 
Pulim birdan shunaqa... Juda olijanob ekansiz. Mana bunday bо‘pti. 
Hokim – (chetga) Xudoga shukur, pulni oldi. Endi ish jо‘nashib ketadiganga 
о‘xshaydi. Ikki yuz sо‘m deb tо‘rt yuz sо‘m qistirdim. 
Xlestakov – Hoy, Osip! (Osip kiradi) mayxona hizmatkorini chaqir! (hokim va 
Dobchinskiyga) Nega tikka turibsizlar, marhamat qilinglar, о‘tiringlar! 
(Dobchinskiyga) qani, о‘tirsinlar. 
Hokim – Mayli, tikka tursak ham bо‘laveradi. 
Xlestakov – Marhamat qiling, о‘tiring. Juda ochiq, mehmondо‘st odam ekansizlar. 
Rostini aytsam, men avval sizlar meni... (Dobchinskiyga) о‘tiring. 
(Hokim bilan Dobchinskiy о‘tiradi. Bobchinskiy eshikdan boshini tiqib 
qaraydi va quloq soladi) 
Hokim – (chetga) Dadilroq bо‘lish kerak. Bilib qо‘y, men mahfiy revizorman 
demoqchi-da! Xо‘p, о‘zimizni anqovlikka solamiz: Bu odam kim 
ekanligini 
bilmagan 
bо‘laylik. 
(Baralla) 
Biz 
shahrimizning 
pomeshchiklaridan Pyotr Ivanovich Dobchinskiy bilan birga mahkama 
ishi bilan aylanib yurgan edik, musofirlardan ham xabar olgani kirdik
chunki men hech narsa bilan ishi yо‘q boshqa hokimlarday emasman; о‘z 
vazifamdan tashqari insonparvar Xristian bо‘laginm uchun har bir 
odamga yaxshilik qilishni istayman; buni qarangki, tole siz bilan 
kо‘rishmoqni nasib etdi.
Xlestakov – Men ham nihoyatda xursandman. Siz kirmaganingizda bu yerda 
о‘tiraverar edim: qarzni qanday qilib uzishni bilmay о‘tirgan edim. 
Hokim – (chetga) Bu gapni kimga gapirayotibsan! Qarzni qanday qilib uzishni 
bilmay о‘tirgan emish! (Baralla) Sо‘rashga haddim sig‘adimi: qaysi 
tomonga va qayerlarga boradilar? 
Xlestakov – Men Saratov guberniyasiga, о‘z qishlog‘imga ketayotibman.
Hokim – (chetga istehzoli bir qiyofada) Saratov guberniyasiga emish! Qip-qizil 
yolg‘on gapirib, qizarmaydi ham! О‘hо‘, bu bilan gaplashganda juda 


124 
xushyor bо‘lish kerak ekan. (Baralla) juda yaxshi niyat qilibsiz. Yо‘l 
tо‘g‘risida shuni aytayki, bir tomondan, bekatlarda otga mahtal bо‘lib 
qoladi kishi deyishadi, lekin, ikkinchi tomondan, sayohat kishining 
bahrini ochadi. Siz kо‘proq sayr-u sayohat uchun yо‘lga chiqqan 
bо‘lsangiz kerak? 
Xlestakov – Yо‘q, padarimiz chaqirtirdilar... Peterburgda xizmat qilib shu 
mahalgacha 
biron 
mukofotga 
sazovor 
bо‘lmading deb xafa 
bо‘layotibdilar. Peterburgga bordingmi, darrov kо‘kragingga Vladimir 
osib qо‘yadi deb о‘ylaydilar-da. О‘zlari xizmat qilib kо‘rsalar bilar 
edilar.
Hokim – (chetga) Buning nayrangini qara-ya! chol otasini ham о‘rtaga soldi-ku! 
(Baralla) U yerda qancha turadilar? 
Xlestakov – О‘zim ham bilmayman. Otam о‘larday qaysar, miyasini yegan bir 
chol. Men: “Nima desangiz deng, Peterburgdan ketolmayman” dedim. 
Rost-da, nega endi umrimni mujiklar orasida bekorga о‘tkazar ekanman! 
Ilgarigi zamon о‘tib ketgan: men ma’rifat talab odamman. 
Hokim – (chetga) Yolg‘onni qiyvoradi-ya! Shuncha yolg‘on gapirib biron marta 
tutilsa-chi! О‘zi kо‘rimsiz, pakana, tirnoq bilan bossang qirs etguday holi 
bor-u. Shoshmay tur hali! Tilingdan tutilasan! Men seni bir gapga solay. 
(baralla) Haq gapni gapirdingiz. Qishloq joyda nima qiladi kishi? Mana 
bu yerni oling: kechalari uxlamaysan, vatan deb joning halak, hech 
narsangni ayamaysan, lekin mukofotdan darak yо‘q. (xonaga razm 
soladi) Xonangiz zaxroq shekilli? 
Xlestakov – Rasvo xona, kanasini ayting, umrimda bunaqa kanani kо‘rgan 
emasman: xuddi itday talaydi.
Hokim – Buni qarang-a! Shunday ma’rifatlik mehmon bir behuda, dunyoga 
kelmasa ham bо‘ladigan maxluqdan aziyat tortib о‘tirsa-ya! Qorong‘u 
ham ekan-ku? 


125 
Xlestakov – Ha, juda qorong‘i. Mayxonachi sham bermaydigan qiliq chiqardi. 
Ba’zan biror ish qilsammi, о‘qisam yoki ilhom kelganda biron narsa 
yozsam deyman. Iloj yо‘q: qop-qorong‘i. 
Hokim – Bir iltimos qilsam haddim sig‘armikin... Yо‘g‘ye-ye, men kim-u, siz 
kim... 
Xlestakov –Nima edi? 
Hokim – Yо‘q! Yо‘q! Men kim-u... Menga kim qо‘yibdi! 
Xlestakov – Nima, nima axir? 
Hokim – Haddim siqqanda... Mening hovlimda juda yaxshi, yorug‘, tinchgina, siz 
bop bir uy bor edi... Yо‘g‘-ye, bunday sharafga loyiq emasligimni о‘zim 
sezib turibman... Tag‘in xafa bо‘lmang, azbaroyi ochiqligimdan aytdim. 
Xlestakov – Aksincha, jonim bilan. Bu qovoqxonada turgandan kо‘ra sizning 
uyingiz yaxshiroq. 
Hokim – Boshim osmonga yetar edi! Xotinimning xursand bо‘lishini ayting! 
Mening tabiatim shu: bolaligimdan mehmondо‘stman, xususan mehmon 
ma’rifatli odam bо‘lsa... yana xushomadgо‘ylik qilayotibdi deb 
о‘ylamang; yо‘q, bunaqa kasalim yо‘q, chin kо‘nglimdan aytayotibman. 
Xlestakov – Tashakkur, tashakkur. О‘zim ham munofiq kishilarni yomon 
kо‘raman. Sizning ochiqligingiz, mehmondо‘stligingiz menga juda yoqib 
qoldi. Rostini aytsam, sadoqat-u xurmatdan boshqa hech narsani 
istamayman. 
PARDA

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling