Matluba isokova dramaturg mahorat о‘quv qо‘llanmasi
G R O T E S K K O M YE D I YA
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Isoqova M. Dramaturg mahorat
G R O T E S K K O M YE D I YA
Grotesk – Italyancha (grotto- yer osti sо‘zidan olingan bо‘lib) obrazni haddan tashqari mubolag‘ali tasvirlash usulini anglatadi. Komediyada ham, epik asarlarda ham obraz shu qadar orttirilgan mubolag‘a bilan tasvirlanadiki, u о‘zining real qiyofasini yо‘qotib, fantastik qiyofa kasb etishgacha boradi. Mana shuning uchun ham о‘quvchi yoki tomosha qiluvchi groteskli tasvirni shartli suratda tasavvur qiladi, xolos. Groteskli tasvir juda ham qadimiy bо‘lib, shu asosda tasvirlangan obrazlarni biz hamma halqlarning mifologiyasida ham, sahna 126 asarlarida ham uchratamiz. О‘rta asrlar xalq ijodi janrlarida va Uyg‘onish davri adabiyotida ayniqsa grotesk keng qо‘llanildi. Shuning uchun grotesk termini keyinchalik faqat kulgili bо‘rttirish, mubolag‘alashga nisbatan ishlatila boshlandi. Natijada dunyo halqlari adabiyotida groteskli obrazlar kо‘paydi. Grotesk biror maqsadga yо‘naltirilgan, hajviylik bilan fontastik tasvir uyg‘unlashgan bо‘rttirishdir. О‘zbek halq og‘zaki ijodida groteskli usulda tasvirlangan obrazlar juda kо‘p uchraydi. Masalan, “Alpomish” dostonidagi qalmoq alplarining tashqi qiyofasi grotesk vositasida о‘ta xunuk, badbashara, vahimali qilib tasvirlanadi. Bu bilan qahramon oldida turgan dushmanning dahshatli hamda xavfli ekani ifodalanadi. Qahramonning shunday yovuz dushman ustidan g‘alaba qilishi uning kuch-qudrati, mardlik va jasoratining benihoya cheksiz ekanligini ifodalaydi. Quyida biz keltirgan tasvir “Alpomish” dostonidagi qalmoq alplarining groteskli tasviriga misol bо‘la oladi: Shomurti yoqalab har yoqqa ketgan, Ichida sichqonlar bolalab yotgan, Izidan tushgan pishak oltoyda yetgan. Odam tushmas uning aytgan tiliga, Besh yuz quloch arqon yetmas beliga. Bu qalmoqdir qalmoqlarning ravishi, Oh ursa olamni buzar tovushi, Tо‘qson molning terisidan kovushi... Umuman olganda dramaturg о‘z sahna asarlarida tomoshabinni grotesk tasvirni shartli suratda tasavvur qilishga, hajviylik bilan fontastik tasvirni uyg‘unlashtirgan holda kuzatishga undar ekan, unda bu bо‘rttirishlar muallif tomonidan о‘ta asossiz emas, dalillarga asoslangan, voqelik hayotda sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan qoidalarga amal qilmog‘i kо‘zda tutiladi. Fikrimizning dalili uchun A.P.Chexovning “Ayiq” nomli grotesknoma hazil asaridan о‘quvchi e’tiboriga parcha havola etamiz: A.P.Chexov “Ayiq” 127 (grotesknoma hazildan parcha) Popova g‘azabda, Smirnov asabiy. Popova - ... Yana о‘tirdingizmi? Smirnov – О‘tirdim. Popova – Iltimos qilaman: keting! Smirnov – Qarzingizni... Pulimni bering... (chetga) Uh, rosa jahlim chiqyapti-da! Shunaqayam chiqyaptiki! Popova – Men surbet odamlar bilan gaplashishni xohlamayman!.. Kentasizmi? Yо‘qmi? Smirnov – Yо‘q. Popova – Yо‘qmi? Smirnov – Yо‘q! Popova – Satqayi odam keting! (qо‘ng‘iroq chaladi, Luka kiradi) Luka, mana bu janobni chiqarib yubor! Luka – Janob, ket degandan keyin keting-da! Bu yerda sizga... Smirnov – (sakrab turib) Jim! Kimga gapirayotganingni bilasanmi? Hozir chalpak qilib tashlayman! Luka – (yuragini ushlab) Otaginam!.. Avliyolar!.. (kursiga yiqiladi) Oh, ahvolim chatoq, chatoq!.. Nafasim qisyapti! Popova – Dasha qayerda? Dasha! (chaqiradi) Dasha! Pelagiya! Dasha! (qо‘ng‘iroq chaladi) Luka – Oh! Hammasi yer meva tergani ketgan... Ha hech kim yо‘q uyda... Yomon bо‘lyapman! Suv! Popova – Marhamat qilib yо‘qoling bu yerdan! Smirnov – Bir oz odobliroq bо‘lishingiz mumkinmi? Popova – (mushtlarini qisib, yer tepib turib) Siz mujiksiz! Qо‘pol ayiqsiz! Burbon! Monstr! Smirnov – Labbay? Nima dedingiz? Popova – Ayiqsiz Monstrsiz dedim! Smirnov – (hezlanib) Shoshmang, meni haqorat qilishga qanday xaqqingiz bor? 128 Popova – Ha, haqorat qilyapman... Hо‘sh, nima qilardingiz? Nima, meni qо‘rqadi deb о‘ylaysizmi? Smirnov – Men shunday dilbarman, hammani haqorat qilaveraman, lekin jazo olmayman, deb о‘ylaysizmi? A? Maydonga! Luka – Otaginam... Avlyolar!.. Suv! Smirnov – Otishaman! Popova – Sizning yо‘g‘on qо‘lingiz bilan buqanikiga о‘xshagan bо‘yningizni kо‘rib meni qо‘rqadi, deb о‘ylaysizmi? A? Rо‘daposiz! Smirnov – Maydonga! Men о‘zimni hech kimga haqorat qildirib qо‘ymayman, sizning zaifligingizga ham qarab turmayman! Popova – (ovozini unikidan ham balandroq chiqarishga tirishib) Ayiq! Ayiq! Ayiq! Smirnov – Bas, haqorat uchun faqat erkaklargina qasos oladi, deyilgan eski fikrdan vos kechish kerak, nihoyat! Tenglik, о‘sha qurib ketgur tenglik kerak! Maydonga! Popova – Otishmoqchimisiz? Marhamat! Smirnov – Hozirning о‘zida! Popova – Xо‘p, hozir otishamiz! Erimning tо‘pponchalari qolgan... hozir olib kelaman... (tez-tez yura boshlaydi-da, yana qaytib keladi) Sizning mis, temir peshonangizga jon-jon deb о‘q uraman! Turqingiz qursin! (chiqib ketadi) Smirnov – Men uni jо‘jani otganday otib tashlayman! Men yosh bola emasman, mening uchun zaif xilqat yо‘q!.. Luka – Otaginam, aylana qolay!.. (tiz chо‘kadi) Bir yaxshilik qil, men cholga rahming kelsin, keta qol, bolam! Smirnov – (uning sо‘zini eshitmay) Xotin kishi bilan otishish – tenglikni, erkinlikni kо‘rsatadi. Bunda har ikkala jins ham bab-baravar! Dandonbozlik uchun ham otib tashlayman shu xotinni! Lekin alomat xotin ekanmi? (masxaralab) “Turqingiz qursin... mis, temir peshonangizga о‘q uraman...” zо‘r-a? Qizarib ketdi, kо‘zlari 129 parpirab yondi... otishishga rozi bо‘ldi! О‘lay agar bunaqasini umrimda birinchi kо‘rishim... Luka – Otaginam, keta qol! О‘la-о‘lguncha duoyingni qilay! Smirnov – Mana bu – asl xotin! Men bunga qoyilman! Kiroyi xotin! Ming‘illamaydi, yig‘lamaydi, о‘t, porox, raketa! О‘ldirishga yuraging achishadi! Luka – (yig‘laydi) Otaginam... Tasaddug‘ing ketay, ketaqol! Smirnov – Ammo juda ham yoqib qoldi-da bu menga! Judayam yoqib qoldi. Betlarida kuldirgichi bо‘lsa ham yoqib qoldi! Qarzidan kechishga ham tayyorman... Achchig‘im ham tarqaldi... Ajoyib xotin! Popova – (tо‘pponchalarni kо‘tarib kiradi) Mana tо‘pponchalar... Lekin otishishdan avval, marhamat qilib, buni qanday otishni menga kо‘rsatasiz... Umrim bino bо‘lib qо‘limga tо‘pponcha ushlagan emasman. Luka – Xudoyo о‘zing saqla... (chiqib ketadi) Smirnov – (tо‘pponchalarni tekshirib) Bilasizmi, tо‘pponchalarni bir-necha hili bо‘ladi... Duelda ishlatiladigan kapsyulli Mortimer tо‘pponchasi bor. Bular esa Smit bilan Vession sistemasidagi о‘rta tepkili ekstraktorli tо‘pponchalar ekan... Ajoyib tо‘pponchalar! Bunaqa tо‘pponchaning ikkitasi kam deganda tо‘qson sо‘m turadi. .. Tо‘pponchani mana bunday ushlash kerak... (chetga) Kо‘zlar, o bu kо‘zlar! Olovdek istarasi issiq xotin ekan-da! Popova – Shundaymi? Smirnov – Ha shunday... Keyin tepkisini kо‘tarasiz... Mana bunday qilib nishonga olasiz... Boshingizni picha orqaga tashlaysiz! Qо‘lingizni о‘bdon chо‘zasiz... Mana shunaqa qilib... Keyin mana bu barmog‘ingiz bilan mana bu narsani bosasiz – shu bilan ish tamom... Lekin asosiy qoida esingizda bо‘lsin: qizishmang, shoshilmasdan nishonga oling... Qо‘lingiz titramasin – shunga harakat qiling. Popova – Xо‘p... Uyda otishish noqulay; yurang boqqa chiqaylik. 130 Smirnov – Yuring. Lekin men ogohlantirib qо‘yay: men havoga otaman. Popova – Endi bunisi kam edi! Nima uchun? Smirnov – Shuning uchunki... Shuning uchunki... Bu mening ishim! Popova – Qо‘rqyapsizmi? A? A-a-a! Yо‘q, janob, dumingizni qilpanglatmang! Marhamat qilib yuring bu yoqqa! Peshonangizni kо‘rsam kо‘nglim aynaydigan mana bu... Peshonangizni teshmagunimcha kо‘nglim joyiga tushmaydi! Qо‘rqyapsizmi? Smirnov – Ha, qо‘rqyapman! Popva – Yolg‘on aytasiz! Nima uchun otishmaysiz? Smirnov – Shuning uchunki... Shuning uchunki... Siz menga yoqib qoldingiz. Popova – (achchiq kulib) Men bu kishiga yoqib qolibman! Qaysi bet bilan: yoqib qoldingiz der ekan-a! (eshikka ishora qilib) Marhamat! Smirnov – (indamay tо‘pponchani qо‘yadi, furajkasini olib, eshik tomon yuradi; eshik yonida tо‘xtaydi, ikkovi yarim daqiqagina bir-biriga tikilib turadi; keyin u Popovaga termulib gapiradi) Menga qarang... Hali ham achchig‘ingizdan tushganingiz yо‘qmi?.. Mening ham jaxlim juda yomon chiqib turibdi, lekin men sizga aytsam, qanday deb aytsam ekan... Ha, gap shunaqa, haligi, men sizga aytsam, masala bundoq... (qichqiradi) Axir о‘zingiz yoqib qolganingizdan keyin menda nima ayb? (stulning orqasiga yopishadi, stul qarsillab sinadi) He, qurib ketsin, mebellaringizning hammasiyam sinog‘on ekan! Menga yoqib qoldingiz! Uqdingizmi? Men... Men oshiq bо‘lib qoldim! Popova – Nari turing, deyapman! Smirnov – YO rabbiy, qanday ajoyib xotin-a! Bunaqasini umrim bino bо‘lib kо‘rgan emasman! SHо‘rim quridi! Halok bо‘ldim! Sichqonday qopqonga tushdim! Popova - Nari turing, sizni kо‘rishga kо‘zim yо‘q! Smirnov – Mayli, oting! Shu ajoyib kо‘zlar oldida о‘lish, mana shu kichkina momiq qо‘lcha ushlab turgan tо‘pponcha о‘qi bilan о‘lish naqadar 131 baxt ekanligini anglamaysiz!.. Men esimni yо‘qotib qо‘ydim! Hozir buni о‘ylab, о‘zingiz hal qiling! Nimagaki bu yerdan ketsam, ikkilamchi kо‘rishmaymiz! Hal qiling!.. Men dvoryanman, tuppa- tuzik odamman, yilda о‘n ming daromad olaman... tashlangan chaqani о‘q otib uraman... Uchqur otlarim bor... Menga tegasizmi? Popova – (jahli chiqib, tо‘pponchani siltaydi) Maydonga! Otishaman! Smirnov – Aqlimdan ozdim... Hech nimaga tushunmay qoldim... (qichqiradi) Malay, suv! Popova – (qichqirib) Maydonga! Smirnov – Aqlimdan ozdim, yosh boladay, ahmoq kishiday oshiq bо‘ldim! (uni qо‘lidan changallaydi, u og‘riqdan dodlaydi) Men sizni yaxshi kо‘raman! (tiz chо‘kadi) Shunday sevamanki, umrimda hech vaqt bunaqa sevgan emasman! О‘n ikkita xotinni men tashlab ketganman, tо‘qqiztasi meni tashlab ketgan, lekin shulardan bittasini ham sizchalik yaxshi kо‘rgan emasman... Abgor bо‘ldim... Harob bо‘ldim, Sharmanda bо‘ldim... mana ahmoq odamga о‘xshab tiz chо‘kib turibman, menga teging deb yalinyapman... Sharmanda bо‘ldim, harob bо‘ldim! Besh yildan beri birovga kо‘ngil berganim yо‘q, ont ichgan edim, men endi birovning bо‘yinturug‘iga kallam suqulganday bо‘lib о‘tiribman! Roziligingizni sо‘rayman! Tegasizmi, yо‘qmi? Xohlamaysizmi? Kerak emas! (о‘rnidan turib, eshik tomon tez-tez yurib ketadi) Popova – Tо‘xtang... Smirnov – (tо‘xtaydi) Xо‘sh? Popova – Hech, ketavering, ketavering! Sizni kо‘rishga kо‘zim yо‘q! Yо‘g‘a... Ketmang! Ax, koshki edi jahlim chiqib turganini bilsangiz! Shunaqayam jahlim chiqib turibdiki! (tо‘pponchani stolga tashlaydi) Bu sabil qolgur barmog‘imni toldirib yubordi... (jahlining zо‘ridan dastrо‘molini yirtadi) Nega qaqqayib turibsiz? Yо‘qoling! Smirnov – Alvido! 132 Popova – Xо‘p, xо‘p, ketavering!.. (qichqiradi) Qayoqqa ketyapsiz? Tо‘xtang... Ketavering, mayli. Ax, yomon jahlim chiqyaptida! Yaqin kelmang, yaqin kela kо‘rmang! Smirnov – (uning yaqiniga kelib) О‘zimdan shunaqayam jahlim chiqyaptiki! Gimnaziya talabasiday oshiq bо‘ldim, tiz chо‘kib yalindim... Hamma yog‘imdan sovuq ter chiqib ketdi... (qо‘pol qilib) Sizni yaxshi kо‘raman! Sizni yaxshi kо‘ray, deb о‘lib turgan ekanmanmi! Ertaga protsentni tо‘lashim kerak, pichan о‘rimi boshlandi, bu yerda esa siz... (uning belidan quchadi) Bu aybimni hech mahal kechirmayman!.. Popova – Nari turing! Qо‘lingizni oling! Sizni... Kо‘rishga kо‘zim yо‘q! Ma... Maydonga! (shukuh,li о‘pish) Luka – (kirib, ularning о‘pishib turganini kо‘rgach) Ana xolos! Popova – (yerga qaragancha, mayin ovozda) Luka, otxonadagilarga aytib qо‘y: bugun Tobiga hecham suli berishmasin! PARDA Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling